Termiz muhandislik-texnologiya instituti


-mavzu. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKChILIKNING ShAKLLANIShI. O’ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANIShI



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə17/43
tarix13.08.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#63109
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
2022 O\'ZB tarix ma\'ruza matni

6-mavzu. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKChILIKNING ShAKLLANIShI. O’ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANIShI.
REJA:

  1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning O’zbekistonga xos yo’li.

  2. Mustaqil O’zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashuvi va taraqqiyoti.

  3. Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi.




  1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning O’zbekistonga xos yo’li.

Iqtisodiyotni modernizasiya qilish konsepsiyasi. Jahon amaliyoti tahlili ko’rsatishicha, milliy iqtisodiyotni modernizasiyalash va tarkibiy o’zgarishlar dasturini amalga oshirish orqali aksariyat rivojlangan mamlakatlar innovasion omillarga asoslangan barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlaganlar. Bu borada Yaponiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyotni modernizasiyalash strategiyalarini amalga oshirish asosida barqaror iqtisodiy o’sish sur’atiga erishgan hamda iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirgan. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiyotni modernizasiyalash va uning tarkibini diversifikasiyalash asosida innovasion taraqqiyot yo’liga o’tish vazifalari hal etilmoqda.
O’zbekistonda 2000 yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichida iqtisodiyotga davlat aralashuvi darajasining pasayishi hamda xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati kafolatlarini kuchaytirish va ularni nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. 2002 yildan boshlab import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ishlabl chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yildagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag’larini kengroq jalb qilishni yo’lga qo’yish tadbirlari va bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to’g’ridan-to’g’ri balaansiga berish mexanizmi belgilab berildi. Mazkur korxonalarni modernizasiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investisiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obyektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida “tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiyalash va diversifikasiyalash hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish” ustuvor vazifa sifatida ta’kidlangan.
O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllaniishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar yuz berdi. Bu o’zgarishlar iqtisodiy hayotimizni ham qamrab oldi. Respublikaning boy imkoniyatlari, geosiyosiy sharoitidan kelib chiqib, O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalaridan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish masalasi dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi sifatida belgilandi.
O’tish davrida bozor iqtisodiyoti tushunchasi, unga o’tish zarurati, bozor iqtisodiyotiga o’tishning “O’zbekiston yo’li” kabi masalalarning tub mohiyatini anglash eng dolzarb vazifalardan biri edi.
Ma’lumki hozirda rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya)ning deyarli barchasi bozor iqtisodiyoti yo’lini tanlagan bo’lib, shu asosda iqtisodiy taraqqiyotini belgilab kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish XX asrga xos bo’lgan umumjahon voqyelikdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish kishilarning xohish-irodasi emas, balki obyektiv zaruratdir.
Bozor iqtisodiyoti deganda, tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shakllana boshlagan va ming yillar davomida rivojlanib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish – bu shunchaki maqsad emas, balki iqtisodda bozor munosabatlarini shakllantirish, jamiyatni yangilash yo’lidir, ya’ni iqtisodiy faoliyat erkinligiga, mulkchilikning xilma-xilligiga, narx erkinligiga, raqobat kurashiga, shaxsiyo huquq va erkinliklarning qaror topishiga, daromadning cheklanmaganligiga erishish demakdir. Faqat bozor munosabatlari zaminidaginaishlab chiqarishni barqaror rivojlantiirish, ko’plab sifatli mahsulotlar yaratish, ularga bo’lgan talabni qondirish, tejamli xo’jalik yuritish, to’kinchilik yaraatib, xalqning farovon turmushini ta’minlash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolat o’rnatish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti – jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmuidir. Xalqaro tajribada bozor iqtisodiyotiga o’tishning bir qancha mmodellari mavjud bo’lib, ularni umumlashtirib, bozor iqtisodiyotiga o’tishning uch turga yoki modelga bo’lishimiz mumkin:

  1. G’arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlaar yo’li.

  2. Mustamlakachilikdaan ozod bo’lib, mustaqil taraqqiyot yo’liga kirib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari yo’li.

  3. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari yo’li.

O’zbekistonda davlaatlashtirilgan, o’ta markazlashtirilgan va yayagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni taqozo etdi:

  1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning huquqiy asoslariini yaratish, ya’ni uni ta’minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratiish;

  2. Bozor infrastrukturasini shakllantirish. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni o’rnatishga ko’mak beruvchi, ya’ni bozorga xizmat ko’rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish;

  3. Mulkchilik va xo’jalik yuritish usullarini xususiylashtirish;

  4. Narx-navoni liberallashtirish, narxlarni erkin qo’yib yuborish, narx ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni boshqariish va takomillashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xilligi bo’lishi bilan bir qatorda har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlaridaan kelib chiquvchi yo’li mavjuddir. Bunda uning xo’jalik tuziilishi va shart-sharoitlari, joylashgan yeri, tabiati va iqlimi, milliy keliib chiqishi, rasm-rusumlari, an’ana va milliy xarakteyeri va boshqa omillar sabab bo’ladi.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin