9-mavzu. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
REJA:
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o’rni va roli.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari.
Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar.
O’zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash sohasidagi o’zgarishlar.
Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. Ta’lim sohasida halqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilishi: yutuqlar va kamchiliklar
1.Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o’rni va roli.
Har qanday mamlaktning kuchi uning fuqarolarining ma’naviy etukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Jamiyat taraqqiyoti, milliy faravonlik hamisha yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan bog’liq bo’lib kelgan. Shu boisdan ham istiqlolimizning ilk qadamlaridan boshlab, mamlakatimizda yangi zamon avlodni tarbiyalash, ular dunyoqarashini yangicha qadriyatlar asosida shakllantirish ishi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Jamiyat rivojining eng muhim poydevorlaridan biri bu -ta’lim tizimidir.Chunki zamon talablariga javob beradigan, ilg’or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini o’zlashtirgan yuksak saloxiyatli kadrlarni etishtirmasdan turib, jamiyatni yuksaltirib bo’lmaydi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan 1992 yil 2 iyulda “Ta’lim to’g’risida” gi qonun qabul qilindi.Respublikamizda ta’limning yangi tizimni amalga oshirish, ta’limni isloh qilish dasturi tayyorlandi.Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiytexnika bazasi, zamon va davr talablari darajasiga ko’tarish va O’zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi.
1997 yil 29 avgustda respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida Birinchi prezident I.A.Karimovning «Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poyodevori»ma’ruzasi asosida «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Mazkur dasturning maqsadi-ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Shuningdek, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko’rsatildi:
-uzluksizlik;
-mutaxassislarga talab istiqbolini o’rganish;
-o’qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;
-o’quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, ma’naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash;
-korxonalardan maktabinstitutlar bazasini mustahkamlashda foydalanish;
-chet el sarmoyalaridan foydalanish.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Shaxs. Kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va uni amalga oshiruvchidir.
Davlat va Jamiyat ta’lim va kadrlar milliy tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlari , kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat muhitini o’z ichiga oladi.
Ta’lim to’g’risidagi yangi qonunga ko’ra, uzluksiz ta’lim bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi zarur:
Maktabgacha-oila va bog’cha tarbiyasi.
Boshlang’ich ta’lim, 1-4 sinflar.
Umumiy ta’lim majburiy bo’lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash shakllanadi.
Majburiy-ixtiyoriy tusdagi o’rta-maxsus bilim va kasbhunar o’quv yurtlari: 3 yilga mo’ljallangan akademik litseylar, maxsus kasb-hunar kollejlari.
Oliy ta’lim: bakalavr-4 yil, magistratura-2 yil o’qish muddati, keyinchalik ilmiytadqiqot ishlarini olib borish uchun aspirantura-3 yil, doktorantura-2 yil muddatga belgilangan.
Ta’limtarbiya, ilmfan sohasidagi islohotlar bosqichmabosqich amalga oshirilishi zarur.
1997-2001 yy. O’tish davri
2000-2005 yy. Islohotni keng miqyosda amalga oshirish davri.
2005 yildan keyin kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish davri.
1997 yildan boshlab 1400 dan ortiq kasb-xunar kolleji va 200 ga akademik litsey bunyod etildi. Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang’ich sinflarda o’quv-tarbiya ishlarga e’tibor kuchaytirilib, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000 boshlariga kelib, mamlakatimizda 59 ta oliy, 258 ta o’rta-maxsus o’quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talabalar bilim olmoqda. Iqtidorli yoshlarga e’tibor kuchayib, ularning xorijiy mamlakatlardagi etakchi o’quv yurtlarida ilmfan cho’qqilarini egallashini tashkil qilish uchun «Ulug’bek» (1993 y.), «Kamolot» (1996 y.), («Umid» 1997 yildan keyingi «Iste’dod» jamg’armasiga qo’shib yuborilgan) jamg’armalari tashkil etildi. Prezidentnin 2004 yildagi farmoni asosida 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy davturi qabul qilindi. Dastur asosida maktablar qurilib, moddiy texnik baza yangilandi.Ta’limning barcha bosqichlarida davlat ta’lim standartlari yaratildi.Maktab darsliklari yangilandi.O’zbekiston respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuniga muvofiq umumiy o’rta ta’limning to’qqiz yil etib belgilanishi munosabati uni bitirgan o’quvchilar o’rta maxsus yoki kasb-xunar kollejlarida o’qishni davom ettirdilar.O’tgan qisqa davr ichida «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini» amalga oshirishdagi natijalar ancha quvonchlidir. Ta’lim - taraqqiyot bosqichidagi eng muhim tizim.Jamiki o’zgarishlar, yangilanishlar bevosita ta’lim rivoji bilan bog’liq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev iborasi bilan aytganda, «Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz»4.
Islohotlar amalga oshirilgan yillarda umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, 12 yillik majburiy ta’limga o’tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bugungi kun talabalariga javob bermasligini va tubdan islohqilishga muhtoj ekanligini ko’rsatadi.2017 yil umum ta’lim va o’rta maxsus kasb-xunar tizimida tub isloxotlar yili bo’ldi.Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, ilg’or xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, malakali va mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi barcha qatlamlarining ehtiyojlarini hisobga olish va bandligini oshirish maqsadida 2018 yil 25 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimini, tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmon bilan:
2018-’2019 o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta ta’lim uzluksiz 11 yillik ta’lim negizida amalga oshirilmoqda.
2019-2020 o’quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o’qishga qabul qilish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo’lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo’lgan ta’lim muddatlarida amalga oshirilishi yo’lga qo’yilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda 97 mingta maktabda 5,2 million o’quvchi ta’lim oladi, o’quv-tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi. O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 17 iyul kuni umumiy o’rta ta’lim tizimini islohqilish va rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishida o’qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi. Ta’lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko’tarish maqsadida 2018 yil 5 sentyabrda davlatimiz rahbarining «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni, shuningdek, qator qarorlar qabul qilindi. 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab maktablarda faoliyat olib borayotgan 450 mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Ular uchun maxsus davlat mukofoti ta’sis qilindi. O’qituvchini boshqa ishlarga jalb etish, maktablar asossiz tekshiruvlar o’tkazish amaliyotiga chek qo’yildi.
2019 yilnig 29 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi farmonga imzo chekdi. .
Dostları ilə paylaş: |