Termiz muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə34/43
tarix13.08.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#63109
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
2022 O\'ZB tarix ma\'ruza matni

Ta’limga e’tibor - kelajakka e’tibor. Ta’lim - taraqqiyot bosqichidagi eng muhim tizim. Jamiki o’zgarishlar, yangilanishlar bevosita ta’lim rivoji bilan bogliq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev iborasi bilan aytganda, «Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bug’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz»5. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi davrda ta’lim-tar­biya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qiladigan bir necha muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Prezidentimizning 2017 yil 30 sentyabrda qabul qilingan qaroriga muvofiq, yurtimizda birinchi marta Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Qisqa davrda ushbu tizimda tub o’zgarishlar amalga oshirildi, 980 dan ortiq bog’cha qurilib, ishga tushirildi. Bu maskanlarda ta’lim-tarbiya ishlari eng ilg’or usul va vositalar yordamida olib borilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlab o’tganidek, «Davlat- xususiy sheriklik asosida barpo etilayotgan xususiy maktabgacha ta’lim maskanlari so’nggi bir yilda ikki barobar ko’paydi va 568 tani tashkil etmoqda. Yana mingta shunday bog’cha ochish bo’yicha amaliy ishlar boshlangan»6. Albatta, maktabgacha ta’lim o’sib kelayotgan avlodning kelgusida jamiyatga faol qo’shilib ketishiga poydevor yaratadi.
Davlatimiz raxbarining 2018 yil 30 sentyabrda qabul qilingan «Maktabgacha ta’­lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini yagona uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo’g’ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustaukamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy dastur va texnologiyalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirishga xizmat qilmoqda.Qarorga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshida Axborot va pedagogika texnologiyalarining innovatsion markazi, Ixtisos- lashtirilgan loyiha-izlanish instituti, Infratuzilmani rivojlantirish bo’yicha injenering kompaniyasi, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi.
Oliy ta’lim tizimining takomillashtirilishi.
Ta’lim tizimining keyingi boskichi - oliy ta’lim sohasida ham ulkan islohotlar olib borildi. 1992 yil fevralda prezident farmoni bilan 8 ta pedagoka institutlarga universitet maqomi berildi. 1992 yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi davlat universitetlari tashkil qilindi. Shuningdek, Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Mudofa vazirligi qoshidagi Harbiy akademiya Bank Moliya akademiyalari tashkil etildi.Bir qator chet el universitetlarining fiiallari ochildi. Jumladan, Xalqaro Vestminstr universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va boshqa bir qancha oliy o’quv yurtlari ochildi.
1992 yil respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasida test sinovi asosida o’qishga qabul qilish tajribadan o’tkazildi. 1994 yilda DTM tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy o’quv yurtlariga kirish test orqali joriy etildi. 2013 yilda Yuridik instituti universitet maqomida qayta tashkil etildi. 2014 yilda Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis etildi.
IZOH: 2017 yilgi xolatga ko’ra mamlakatimizda 80 dan ortiq oliy o’quv yurti, jumladan, 19 ta universitet, 37 ta institut, 6 ta akademiya, 13 ta oliy ta’lim filiallari, 7 ta xorijiy davlat OTM larining filiallari faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yil 7 fevraldagi “ O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmoniga muvofiq, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. 2017 yil 16 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriyatiga kirish test sinovlarini o’tkazish tartibini takomillashtirish to’g’risida” gi qarori qabul qilindi. 2018-2019 o’quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san.at, dizayin, musiqiy ta’lim,sport sohasidagi ta’lim yo’nalishlarida test sinovlari o’tkazilmaydi. Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, tibbiyot sohasidagi ta’lim 7 yildan 6 yil va tibbiy proflaktika yo’nalishlarida 6 yildan 5 yil etib belgilandi.
Respublikada oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish ilmiy –tadqiqot faoliyatini tubdan isloh qilish maqsadida bir qancha islohotlar amalga oshirildi.
2017 yilning 1-iyulidan boshlab oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog’onali tizimi joriy etildi. Birinchisi –dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog’i bo’yicha falsafa doktori PhD) ilmiy darajasini berish nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi –dissertatsiya himoya qilish va

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin