Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, MahmudQoshg’ariy, Zamahshariy kabilar tilga, lug’atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag’ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzug aloqador fikrlar bildirdilar.
Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o’zining «Geodeziya» asarining kirish qismida fanlarning paydo bo’lishi va tarmoqlanib ko’payishi haqida so’z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir.

Inson nutqi o’z tuzilishi materialiga ko’ra rostni ham, yolg’onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko’plab munozaralarga sabab bo’ladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg’ondan ajratadigan «mezon» ni yaratadi. Bu mantiq fani edi. Inson nutqida shubhali o’rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni o’rganmaganlarga: «Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog’lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o’lchovi) va mantiq (logika) ni mutolaa qilganda edi, so’z zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bo’lardi», - deydi.
Demak, Beruniy nutqning ikki xil - nasr, nazm ko’rinishi borligini ko’rsatadi. Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi. SHakl mazmunga xizmat qilishi kerak. Mazmunsiz har qanday chiroyli shakl ham el orasida e’tibor qozonmaydi. Nutqning nasriy shaklida ham nazmiy shaklida ham mazmun bosh mezondir.