Izotermik protsessuchun T const ekanligidan, U1 U2 bo’ladi. Demak sistemaga berilgan issiqlik miqdori gazning kengayish ishi bajarishi uchun sarf bo’ladi:
Q A P*(V2-V1), (5.5)
IDEAL GAZNING ICHKI ENERGIYASI VA ISSIQLIK SIG’IMI
Ideal gaz molekulalari bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashmaydilar. SHu sababli bunday gazning ichki energiyasi ayrim molekulalar energiyalarining yig’indisiga teng bo’ladi. Biz bir mol gaz uchun ichki energiyani shunday yozamiz:
U . (6.1)
U holda ixtiyoriy massali gaz uchun ichki energiya quyidagicha bo’ladi:
U . (6.2)
Ichki energiya bilan issiqlik sig’imi bog’langan. Biror jismning issiqlik sig’imi deb shu jismning temperaturasini bir gradus Kelvinga oshirish uchun kerak bo’ladigan issiqlik miqdoriga aytiladi. Birligi J/K.
Modda massasi birligining issiqlik sig’imisolishtirma issiqlik sig’imideyiladi. Birligi 1J/(K*kg). Gazlarda issiqlik sig’iminianiqlaganda isitish sharoitiga qaraladi. Agar isitish vaqtida gaz hajmi o’zgarmasa, bunday issiqlik sig’imio’zgarmas hajmdagi issiqlik sig’imiSvdeyiladi. Agar isitish vaqtida bosim o’zgarmasa, o’zgarmas bosimdagi issiqlik sig’imiSr deyiladi.
Bir mol gazning issiqlik sig’imiSv quyidagiga teng: