Termodinamika predmeti va qonunlari



Yüklə 24 Kb.
tarix02.01.2023
ölçüsü24 Kb.
#78256
Termodinamika


TERMODINAMIKA PREDMETI VA QONUNLARI.
Andijon viloyati Jalaquduq tumani 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi oliy toifali fizika fani o'qituvchisi Sultonova Dilnozaxon Abdusattarovna telefon nomer-90-540-79-42
Anotatsiya:Ushbu maqolada Termodinamikaning ta'rifi,Termodinamika qonunlari,Termodinamik tizim,Termodinamik muvozanatlar xaqida ma'lumotlar keltirilgan.Termodinamikaning xar bir qonunlariga alohida to"xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar:Termodinamika,energiya saqlanish qonuni,issiqlik energiyasi,atom,molekula,R.Mayer,R.Klauzius,Termodinamik potential.
Termodinamika (yun. termo issiq, dynamis — kuch) — termodinamik muvozanat holatida turgan makroskopik tizimlarning umumiy xossalariga bu holatlar orasidagi o'tish jarayonlari toʻgʻrisidagi fan. T. fundamental qonun va tamoyillar asosida quriladi.Termodinamikaning birinchi bosh qonuni tizimning energiya saqlanish qonuni boʻlib, unga, asosan, tizim oʻzining ichki energiyasi yoki qandaydir tashqi energiya manbai hisobiga ish bajarishi mumkin. Bu qonunni Yu. R. Mayer taʼriflagan. G. Gelmgolts aniqroq shaklga keltirgan (1874). Termodinamikaniing ikkinchi bosh qonuni quyidagicha: issiqlik energiyasi ishga aylanish jarayonida toʻliq miqdorda ishga aylanmaydi, issiqlik sovuq tizimdan issiq tizimga oʻzoʻzidan oʻta olmaydi. Bu qonunni R. Klauzius taʼriflagan (1850). Bu qonunga asosan, har qanday mashina uzatilgan issiklikni toʻliq ishga aylantira olmaydi, issiklikning maʼlum qismi sovitkichda qoladi.Termodinamikaning uchinchi bosh qonuni entropiyaning mutlaq qiymatini aniqlaydi; Nernstning issiqlik qonuni deb ham ataladi. Bu qonunga koʻra, ixtiyoriy tizimning entropiya S si mutlaq nolga intiladigan har qanday temperatura Termodinamikada bosimga, zichlikka bogʻliq boʻlmagan eng oxirgi chegaraviy qiymatiga erishadi. 1911-yilda M. Plank bu qonunni quyidagicha ifodalagan: temperatura mutlaq nolga intilganda tizim entropiyasi ham nolga intiladi.Termodinamika umumiy yoki fizik Termodinamikaga, Termodinamika qonunlarini issiqlik texnikasiga tatbiq qiluvchi texnik Termodinamikaga, Termodinamika qonunlarini kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarga tatbiq qiluvchi kimyoviy Termodinamikaga, Termodinamika qonunlari yordamida qaytmas jarayonlarni oʻrganuvchi qaytmas jarayonlar Termodinamikasiga boʻlinadi.Termodinamik tizim - oʻzaro taʼsirlashayotgan va energiya almashayotgan issiqlik harakatidagi koʻp sondagi zarralar — atom va molekulalardan tashkil topgan fizik tizim. Ixtiyoriy issiqlik mashinasi. Termodinamik tizimga misol boʻla oladi. Termodinamik tizimning holati hajm, bosim, temperatura kabi makroskopik parametrlar bilan aniqlanadi.Termodinamik muvozanat - termodinamik tizim holati; bunda tizimni tavsiflovchi barcha parametrlar aniq qiymatlarga ega boʻlib, bu qiymatlar tashqi muhit oʻzgarmasa, istagancha vaqt davomida oʻzgarmay qolaveradi. Termodinamik muvozanat holatiga oʻtgan tizimda issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya kabi har qanday qaytmas jarayonlar toʻxtaydi.Tizimning tashqi muhit bilan oʻzaro munosabatiga qarab, uning
Termodinamik muvozanat holatiga oʻtganligini turli fizik kattaliklarning kuzatilayotgan sharoitdagi erishgan chegaraviy qiymatlari orqali aniqlash mumkin. Mac, tashqi muhitdan adiabatik tarzda ajratilgan tizimda entropiya oʻzining erishishi mumkin boʻlgan eng katta qiymatga ega boʻladi; termostatdagi tizim uchun erkin energiya eng kichik qiymatni oladi; oʻzgarmas tashqi bosim taʼsirida boʻlgan termostatdagi tizim uchun Gibbs termodinamik potensiali eng kichik qiymatga erishadi.
Qaytar jarayonlar — avval bir yoʻnalishda, soʻngra teskari yoʻnalishda sodir boʻlib, sistema oʻzining boshlangʻich holatiga qaytib kelganida tashqi muhitda hech qanday oʻzgarish yuzaga kelmaydigan fizik jarayonlar. Ideal (ishqalanishsiz va noelastik urilishsiz) sharoitda sodir boʻladigan hamma sof mexanik jarayonlar qaytuvchan boʻladi. Mutlaqo ishqalanishsiz hamda mutlaq elastik tarzda roʻy beradigan urilishlarsiz sharoitda energiyaning maʼlum qismi issiqlik energiyasiga aylanadi.Cheksiz sekinlik bilan oʻtadigan issiklik harakatiga bogʻliq boʻlgan jarayon ketmaket muvozanatli holatlarning uzluksiz qatoridan iborat va qaytuvchan boʻladi. Real sharoitlarda esa har qanday jarayon chekli tezlikda yuz beradi va energiyaning sochilishi tufayli susayib borish bilan kechadi. Qaytar jarayonlar nazariyasi statistik fizikada oʻrganiladi.
Qaytmas jarayonlar — muvozanat buzilganda sistemada oʻz-oʻzidan faqat bitta yoʻnalish boʻyicha sodir boʻladigan fizik jarayonlar. Diffuziya, issiqlik oʻtkazuvchanlik, gazning muayyan hajm boʻyicha kengayishi va boshqalar hodisalar Qaytmas jarayonlarga misol boʻladi. Hamma Qaytmas jarayonlar ketmaket muvozanatsiz holatlarning uzluksiz qatoridan iborat. Sistemalarda Qaytmas jarayonlar sodir boʻlgan boʻlsa, uni tashqi muhitda hech qanday oʻzgarish yuzaga keltirmasdan boshlangʻich holatiga qaytarish mumkin emas. Umuman, tabiatda sodir boʻladigan hamma real jarayonlar Qaytmas jarayonlardan iborat. Berk sistemalarda shunday Qaytmas jarayonlar sodir boʻlishi mumkinki, natijada sistema entropiyasi faqat ortib boradi.
Xulosa:Ushbu maqolada Termodinamikaning ta'rifi va qonulari xaqida,Termodinamik tizimda atom va molekularning o'zaro issiqlik ta'sirida xarakati va Termodinamik muvozanat xaqida ma'lumotlar berilgan.Undan tashqari qaytar va qaytmas jarayonlar xaqida ma'lumotlar berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Fizika darslik M.M.Shaxmayev,S.N.Shaxmayev,D.Sh.Shodiyev
2.www.ziyonet internet sayti.
Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin