Teshiklarni jilvirlash. Teshiklarni xoninglash. Teshiklarni ishqalash (dovodkalash)


Teshiklarni ishqalash (dovodkalash)



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü65,54 Kb.
#185558
1   2   3
Маъруза №5

Teshiklarni ishqalash (dovodkalash).


Ishqalash jarayonining mohiyati shundan iboratki, cho`yandan yoki misdan tayyorlangan ishqalagich yordamida toza ishlov berilgan sirtdan g`adir-budirlikni yo`qotish tushinaladi.

11.4.–rasm. Cho’yan pritirli kallak
Ishqalsh pritirni davriy ravishda oldiga va orqaga yarim aylantirish bilan bir vaqtda uni teshik o’qi bo’ylab ilgarilanma–qaytma xarakatlantirish orqali amalga oshiriladi. Ishlatish vaqtida pritirga kerosin quyib turiladi.
Ishqalsh teshikning ovalligini va konussimonligini yo’qota olmaydi, lekin yuza tozaligini 9-11 sinfga yetkazadi. Ishqalsh samaradorligi past bo’lgan usul bo’lib mashinasozlikda kam qo’llaniladi.


Kichik diametrli teshiklarni hosil qilish usullari.


3 mm gacha qalinlikdagi po`latdan tayyorlangan yassi detallarda 3,5 mm gacha diametrli teshiklar va 5 mm gacha qalinlikdagi rangli metallardan tayyorlangan detallarda 3,5 mm gacha diametrli teshiklar xosil qilishda quyidagi usullar qo`llaniladi:
1. Konduktor bo`yicha parmalash.
2. Dastlab kernlab olib, so`ng parmalash.
3. Shtamplarda teshik hosil qilish.
Yuqorida ko`rsatilgan usullarda xosil qilingan teshiklarning diametr bo`yicha aniqligi va o`qlararo masofalarining aniqligiga Yuqori talab qo`yilgan bo`lsa bu teshiklar yakuniy o`lchami olingunga kadar shtamplarda kalibrlanadi.
Konduktor bo`yicha parmalash yuqorida ko`rsatilgan kichik diametrli teshiklarni hosil qilish usullaridan unumdorligi pastligi va quyi aniqlikka erishishi bilan farq qiladi. Konduktor bo`yicha parmalashda konduktorni o`rnatishga yoki unga detalni joylashtirishga, maxkamlashga va parmalab bo`lingandan keyin detalni olishga vaqt ko`p sarf bo`ladi. Yo`naltiruvchi vtulka va parma orasida tirqish mavjudligi tufayli xosil bo`ladigan xatolikka konduktorni tayyorlash xatoligi ham qo`shilib xosil qilingan kichik diametrli teshikning aniqligi past bo`ladi. Konduktor bo`yicha parmalanganda koordinataga markazlararo masofa aniqligi 0,05 mm ga erishiladi.
Dastlab kernlab olib, so`ng parmalash kernlovchi shtamplar yordamida seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Kernlovchi shtamplar detallardagi parmalanadigan joylarini aniq belgilash uchun xizmat qiladi. Ular kimmatbaxo konduktorni almashtirgan holda mayda seriyali ishlab chiqarishda ham qo`llanishi mumkin.
Kern bo`yicha parmalashda markazlararo masofa aniqligi konduktor bo`yicha parmalashga nisbatan yuqori bo`ladi, aniqlik koordinataga 0,03 mm ga etadi.
Parallel o`qli kam sonli teshikli detallarda kern bo`yicha parmalash kichik parmalash dastgohlarida amalga oshiriladi; agar detalda teshiklar soni ko`p bo`lsa, kern bo`yicha parmalashda Yuqori unumdorli ko`p shpindelli parmalash yarim avtomat va avtomatlar qo`llaniladi. Bitta parmalovchi 4-5 ta dastgohga xizmat ko`rsatishi mumkin. Detalda bir paytda, detal o`lchamiga qarab, 2 tadan 25 tagacha teshik hosil qilish mumkin.
Biroq, hozirgi masshtabdagi ishlab chiqarishda yassi detallarda parallel o`qli kichik diametrli teshiklar xosil qilish uchun unumdorli va aniq usul - shtamplarda teshik hosil qilish usuli qo`llanilmokda.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, teshik o`yuvchi shtamp yordamida bir paytning o`zida (polzunning bir marta Yurishida) ko`p sonli teshiklar (20 ta va undan ortiq) hosil qilinadi. Bunda konduktor bo`yicha va kern bo`yicha teshik xosil qilishga nisbatan markazlararo masofa Yuqori aniqlikka erishiladi.
Yassi detallarda teshiklar o`qlarining parallelligi yoqori aniqlikda olinishi talab qilinsa (diametri bo`yicha 0,005 mm, markazlararo masofalari bo`yicha 0,0075-0,01 mm) parmalash operatsisidan yoki teshik hosil qilingandan keyin yakunlovchi operatsiya - shtamplarda teshiklarni kalibrlash operatsiyasi qo`llaniladi.

Teshiklarga qirindi olmasda ishlov berish silliqlovchi sharik yoki dorn (proshivka) yordamida teshiklarni kalibrlash, shuningdek teshiklarni dumalatish jarayonidir.





12.1.–rasm. Teshiklarga qirindi olmasdan ishlov berish sxemalari.
a- silliqlovchi proshivka, b– sharik bilan kalibrlash, v– rolik bilan dumalatish

Silliqlovchi proshivkalar (12.1.–rasm, a) kesuvchi tig’larga ega bo`lmaydi, ular kesib ishlov bermaydi, balki yuzani mustahkamlaydi. Metalni silliqlaydi va teshik shuning hisobiga kalibrlanadi.
Sharik bilan kalibrlashda (12.1.–rasm, b) press yordamida toblangan po`lat sharcha tozalab ishlov berilgan teshikdan o`tkaziladi. Sharikning diametri teshikning diametridan belgilangan miqdorda katta bo`lishi talab etiladi. Bu jarayonda plastik va elastik deformatsiya ro`y beradi va yuza elastik qayta tiklanishi mumkin. Sharik bilan kalibrlashga mo`ljallangan maxsus presslarda sharikni avtomatik qaytib kelishi ko`zda tutilgan. Kalibrlash tezligi 2–7 m/min.
Dumalatish silliq va zichlangan yuza hosil qilish uchun qo`llaniladi va bochkasimon shaklli jilvirlangan toblangan po`lat roliklar (12.1.–rasm, v) yordamida amalga oshiriladi. Roliklar (10-12 dona) po`lat korpusga mahkamlanadi va korpus roliklar uchun tayanch vazifasini o`taydi.
Dumalatish jarayonida ishlov berilayotgan yuzaga asbob tomonidan ko`rsatiladigan katta bosim aniq tsilindrik teshiklar olishga to`sqinlik qiladi. Shuningdek detal materialining bir xilmasligi va teshik devorining yupqaligi ham o`lcham va shakl aniqligini ta`minlashga to`sqinlik qiladi. Bularning natijasida detal deformatsiyalanishi mumkin. Dumalatish 200 m/min tezlikda va 5 mm/ayl gacha surishda bajarilishi mumkin.
Dumalatish jarayonida ko`p miqdorda moylash talab etiladi. Dumalatish jarayonida zautsentsalarni teshik devoriga deformatsiyalab ketilishi kuzatiladi natijada detalni ishlatish jarayonida noqulay holat yuzaga keladi. Shuning uchun dumalatishdan oldin teshikni tozalab razvertkalash zarur.
Teshiklarni tozalab ishlov berishning boshqa turlari rivojlanishi natijasida dumalatish jarayoni unchalik keng tarqalmadi.

Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin