Odatda massiv elementlarining indeksi 0 dan boshlanadi.
2-ta’rif: Massivning elementiga murojaat qilish uchun zarur bo’ladigan birqiymatli indekslar soni massivning o’lchami deyiladi.
int Array[10]; // butun sonli bir o’lchamli massiv, hajmi 10 ga teng;
// elementlar indeksi – 0 dan 9 gacha.
double Array[12][15]; // haqiqiy sonli 2 o’lchamli massiv,
// hajmi 12 ga 15 (12x15);
// elementlar indeksi satr bo’yicha — 0 dan 11 gacha,
// ustun bo’yicha – 0 dan 14 gacha;
Ba’zi bir dasturlash tillarida ko’p o’lchamli massivlar bir o’lchamli massiv asosida tashkil etiladi.
Masalan, bir indeksli massiv bir o’lchamli, 2 indeksli bo’lsa, ikki o’lchamli massiv bo’ladi va h.k. Odatda bir o’lchamli massivlar matematikadagi vektorga, ikki o’lchamli massivlar esa matritsaga mos keladi.
3-ta’rif: Aniq turga tegishli qiymatlarning chekli sondagi tartibsiz majmuasi – to’plam deyiladi.
Bu tuzilma matematikadagi to’plam ob’ektini tadbiq qilishda qo’llaniladi. Dasturlash tillarida to’plamlar ustida bajariladigan standart amallar qaraladi.
50. Statik ma’lumotlar tuzilmasi: Yozuv va jadval tuzilmalariга таъриф беринг, улардан дастурлашда фойдаланишга оид мисоллар келтиринг.
4-ta’rif: Qiymati har xil turga tegishli bo’lgan, maydon deb ataluvchi chekli sondagi elementlardan tashkil topgan tuzilma yozuv deyiladi.
5-ta’rif: Yozuvning chekli majmuasi jadval deyiladi.
51. Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi: bog’langan ro’yxatlar (bir va ikki bog’lamli)га таъриф беринг, уларнинг мантиқий тасвирланишини тушунтириб беринг.