146. Eng qadimgi davrlardagi ma’naviy madaniyatimiz, xususan, bolalar tarbiyasi tizimini o‘rganishda asos bo‘lgan manbani ayting. A «Avesto».
B Quro‘ni Karim.
D Ibn Sino. «Axloq haqida risola».
E Ma’rifatparvarlarning ish asarlari.
147. Xalq ommasi tomonidan yaratilgan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo‘llanib kelingan usul, vosita, ko‘nikma va malakalar birligini ifodalovchi tajribalar asosida to‘plangan bilim va ma’lumotlar yig‘indisi. A Xalq pedagogikasi.
B Pedagogika.
D Tarbiya nazariyasi.
E Didaktik.
148. «Axloq-odob, rasm-rusum, kasb-hunar, odat va irodani hosil qilish uchun insondan zo‘r kuch va qudrat talab qilinadi. Bu ikki yo‘l bilan, ya’ni ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatlarni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir. Ta’lim so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishdir» Bu ta’rifning muallifi kim? A Forobiy.
B Al-Xorazmiy.
D Beruniy.
E Ibn Sino.
149. Sog‘likni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo‘lib, keyin ovqat tadbiri va uyqu tadbiri bo‘lganidan, so‘zni badantarbiyadan boshlaymiz. Badantarbiyaga odam ish jarayonida qiladigan harakatlari va maxsus badantarbiya harakatlari kiradi. Bu yerda biz keyingisi ustida to‘xtalamiz, Chunki shu keyingisi badantarbiya bo‘lib, undan keladigan manfaatlar tufayli u bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Badantarbiyaning turlariga kelsak, ular quyidagilardan iborat: tez harakatli, nozik va yengil, kuchli badantarbiya turlari. Mazkur fikrning muallifi kim? A Ibn Sino.
B Beruniy.
D Davoniy.
E A.Navoiy.
150. «As-sahih» to‘plami qaysi muhaddis – vatandoshimiz ijodiga mansub? A Imom Ismoil al-Buxoriy.
B Imom Ismoil al-Nishopuriy.
D Imom ibn Mojj.
E Imom ibn Iso at-Termiziy.
151. Isrof – o‘rinsiz va foydasiz ishlarga pul va mol sarf qilishdir. Isrof natijasida yo‘qchilik, keyin har kimning mol-davlatiga ta’ma va hasad qilish kelib chiqadi. Ushbu pandning muallifi kim? AAbdulla Avloniy.
B Dovoniy.
D Abdurahmon Jomiy.
E Alisher Navoiy.
152. Ushbu satrlar qaysi otinning qalamiga mansub va undan ta’lim jarayonida nima uchun foydalanilgan? “Ul nadurkim, poyi yo‘q, yursa boshi birla yurar, yurganda xok surmay ancha ustolik qilar”. A Anbar otin.
B Jahon otin.
D Dilshod otin.
E Samar otin.