5.«Soliqlar va soliqqa tortish» fanining vazifalari: Soliqlarning mohiyatini, ularning zarurligini, soliq elementlari va funksiyalarini, soliq siyosatini, soliqqa tortish va to‘lash tartiblarini, xorijiy mamalakatlar soliq tizimlarini, soliq tizimining nazariy jihatlarini o‘rgatish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirsh
Iqtisodiy islohotlar sharoitida yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliq va to‘lovlar, ularni hisoblash va to‘lash masalalarini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganadi
Soliqlarni tuzilishi, soliq ma’murchiligi va soliqqa tortish ishlarini tahlil qilish ishlarini o‘rganadi
Soliq qonunchiligi va undan kelib chiqadigan burch va ma’suliyat masalalarini rezident va norezident yuridik va jismoniy shaxslarga tadbiqan o‘rganish
6.Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi. Meditsina va sanitariya qoidalariga oid fanlar bilan aloqador
Madaniyat va sportga oid fanlar bilan aloqador
Iqtisodiyot nazariyasi, tarmoqlar iqtisodiyoti, moliya, buxgalteriya hisobi, soliq nazariyasi, davlat budjeti
Kimyo, fizika, matematika, geometriya va geografiya fanlari bilan aloqador
7.Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini aniqlang. Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarida namoyon bo‘ladi
Davlatning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda namoyon bo‘ladi
Sohalar o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlashda namoyon bo‘ladi
Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslarini tashkil etishda namoyon bo‘ladi
8.«Soliq» tushunchasiga ta’rif bering. Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi
Yuridik shaxslar tomonidan budjetga undiriladigan to‘lovlar tushuniladi
Jismoniy shaxslar tomonidan budjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar tushuniladi
Muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi