Test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida oferta shartnomasi


 Ijrochining huquq va majburiyatlari



Yüklə 232,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix30.07.2023
ölçüsü232,72 Kb.
#138040
1   2   3
of uz

5. Ijrochining huquq va majburiyatlari: 
Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida va lozim darajada 
bajarilishini talab qilish. 
Arizachi tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinmagan taqdirda xizmat 
ko‘rsatishni to‘xtatib turish. 
Mazkur shartnomada ko‘rsatilgan tartib va shartlarga rioya qilgan holda xizmat 
ko‘rsatish. 
Abituriyentning taklif va shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish. 
6. Test sinovlarida qatnashish uchun haq to‘lash tartibi 
Ushbu xizmat uchun haq to‘lash miqdori 100% oldindan to‘lov sharti bilan amaldagi 
qonun hujjatlarida belgilangan toifadagi abituriyentlar uchun bazaviy hisoblash 
miqdorining 0,5 barobari miqdorida haq undiriladi. 
Abituriyent – jismoniy shaxs quyidagi usullar orqali xizmat haqini to‘lashga haqli: 
Dasturda ko‘rsatilgan to‘lov tizimlaridan foydalangan holda bank kartasi orqali; 
Dasturda joylashtirilgan to‘lov topshiriqnomasi orqali. 
Ijrochining hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgan sana to‘lov amalga 
oshirilgan sana bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 705-moddasiga binoan, mijozning 
aybi bilan ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun to‘langan to‘lov, shuningdek, mijozlarga 
xizmatlarni taqdim etish boshlanganidan keyin (Abituriyent 
ruxsatnomasi 


shakllantirilgandan so‘ng) rad etilgan taqdirda, to‘lovlar qaytarilmaydi. Boshqa barcha 
holatlarda, xizmatlar narxini to‘liq yoki qisman qaytarish Ijrochi tomonidan asosli deb 
e’tirof etilganda Abituriyentning yozma arizasi yoki qonuniy kuchga kirgan sud qarori 
asosida amalga oshiriladi. 
7. Nizolarni hal etish tartibi va taraflarning javobgarligi 
Taraflar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik va nizolar muzokaralar orqali hal 
etiladi. 
Agar Taraflar o‘zaro maqbul yechimni topa olmasalar, Taraflar nizoni hal qilish 
uchun O‘zbekiston Respublikasining tegishli sud organlariga murojaat qilishadi. 
Ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada 
bajarilmagan taqdirda, Taraflar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 
8. Fors-major 
Taraflar o‘zlarining irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari yoki 
ijtimoiy-iqtisodiy holatlar sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan 
majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va 
kutilmagan holatlar oqibatida shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligini isbotlab bergan taqdirda, Taraflar mazkur shartnoma shartlarini 
bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan holatlarga ishora qiluvchi vaziyatlarda bir Taraf yengib 
bo‘lmas kuchlar holati yuzaga kelgan kundan boshlab 5 (besh) ish kunidan kechiktirmay 
boshqa Tarafni ushbu holatlarning boshlanishi va tugatilishi to‘g‘risida yozma ravishda 
xabardor qilishi shart. 
Agar fors-major holatlariga duch kelgan va boshqa Tarafni xabardor qilmagan yoki 
ogohlantirmagan taraf ushbu Shartnomaning majburiyati buzilganligi uchun 
javobgarlikdan ozod qilinmaydi. 
9. Shartnoma muddati va uni bekor qilish tartibi 
Ushbu shartnoma Abituriyent tomonidan akseptlangan vaqtdan kuchga kiradi va 
Ijrochi tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilgan vaqtgacha amal qiladi. 
10.Boshqa shartlar 
Abituriyent Shartnoma shartlariga roziligini “shartnoma shartlarini qabul qilish” 
tugmasini bosish orqali bildiradi. 
Taraflar ushbu shartnomani tuzish va ijro etish uchun barcha huquq va vakolatlarga 
ega ekanligini kafolatlaydi. 

Yüklə 232,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin