Test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida oferta shartnomasi



Yüklə 232,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix30.07.2023
ölçüsü232,72 Kb.
#138040
  1   2   3
of uz



Test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida oferta 
 
shartnomasi 
Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 
huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi o‘rinlarda Ijrochi deb 
yuritiladi) rasmiy taklifi (oferta) bo‘lib, test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish 
bo‘yicha barcha zarur shartlarni o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasi 4-bandiga muvofiq, 
Ofertada keltirilgan shartlarni qabul qilish va zarur hollarda haq to‘lash orqali jismoniy 
shaxs ushbu taklifni qabul qiladi va abituriyent dab hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda 
Abituriyent deb yuritiladi). Ijrochi va Abituriyent shartnomaning taraflari hisoblanadi 
(keyingi o‘rinlarda Taraflar deb yuritiladi). 
1. Shartnomada qo‘llanilgan atamalar 
Oferta
— bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq 
bo‘lgan va taklifni kiritgan shaxsning o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs 
bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif. 
Aksept
— Abituriyentning ofertani to‘liq va pisandasiz qabul qilganligi haqidagi 
javobi bo‘lib, taraflar tomonidan shartnomaning yozma nusxasini imzolamasdan 
shartnoma tuziladi. Shartnomani ofertada ko‘rsatilgan shartlardan boshqacha shartlar 
asosida tuzish to‘g‘risidagi javob aksept hisoblanmaydi. 
Test sinovlari
— ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun tashkil etiladigan 
kirish imtihonlari. 
Avtorizatsiya ma’lumotlari
— Abituriyent(buyurtmachi)ni aniqlash va uning 
hisobiga uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirishdan himoya qiluvchi login (noyob 
identifikator) va parol (belgilar to‘plami) dan iborat saytga kirish va xizmatdan foydalanish 
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar. 

Yüklə 232,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin