Ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilgandan so‘ng (zarur hollarda to‘lov to‘langandan keyin)
Abituriyentga test sinovida qatnashish uchun Ruxsatnoma taqdim etiladi.
4. Abituriyentning huquqlari va majburiyatlari:
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida bir vaqtning o‘zida, o‘qitishning
istalgan shakli
doirasida beshtagacha oliy ta’lim muassasasi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari)ni
davlat
granti yoki grant-to‘lov kontrakti ustuvorligi asosida tanlash; bunda bir nechta oliy ta’lim
muassasasi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari)ni tanlashda imtihon
topshiriladigan fanlar
majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lishi shart.
Belgilangan muddatda (20-iyundan 20-iyulga qadar) ro‘yxatdan o‘tish.
20-iyul kuni soat 23:59 ga qadar ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish.
Ro‘yxatdan o‘tish paytida Oferta bilan tanishish va uning shartlarini qabul qilish.
Xizmat uchun belgilangan tartibda haq to‘lash.
Ijrochining saytida ro‘yxatdan o‘tish, ariza shaklini to‘ldirish
va test sinovlari
jarayonidagi talablarini sidqidildan va vijdonan bajarish.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar
to‘g‘risida” O‘RQ-547-son Qonuni talablari doirasida shaxsga doir ma’lumotlardan
foydalanishga va ishlov berishga rozilik bildirish.
Abituriyent ro‘yxatdan o‘tish jarayonida kiritilgan o’ziga tegishli ma’lumotlarning
to’g’riligi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: