Testlar tarqatilmasin!!! Zoologiya har bir bob bo’yicha testlar


SUTEMIZUVCHILAR. 2-VARIANT



Yüklə 354,01 Kb.
səhifə25/45
tarix15.03.2022
ölçüsü354,01 Kb.
#53787
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
7-sinf-mavzulashgan-test

SUTEMIZUVCHILAR. 2-VARIANT

1. Go‘shtdor sigir zotlarini ko‘rsating.

1) Yaroslavl 2) Simmental 3) Gereford 4) Shortgorn 5) Qizil dasht 6) Xolmogor 7) Kostroma

A) 1, 2, 3 B) 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 5, 6, 7


2. Hayvon va o‘simliklarning turli sistematik guruhlariga kiruvchi vakillari orasida qon-qardoshlik borligini namoyon qiluvchi shakllarni ko‘rsating.

1) suvo‘tlari bilan qirqquloqlar o‘rtasida 2)umurtqasizlar bilan

umurtqalilar o‘rtasida 3)baliqlar bilan suvda ham quruqda yashovchilar o‘rtasida 4) qirqquloqlar bilan ochiq urug‘lilar o‘rtasida 5) sudralib yuruvchilar bilan qushlar o‘rtasida 6) sudralib yuruvchilar bilan sutemizuvchilar o‘rtasida 7) o‘simliklar bilan hayvonlar o‘rtasida

a) panja qanotli baliqlar b) arxeopteriks v) psilofitlar g)urug‘li paporotniklar d) yashil evglena y) lansetnik j) yirtqich tishli kaltakesak

A) 7-d, 1-v, 6-j, 2-y, 4-g, 5-b, 3-a

B) 7-d. 4-v, 6-a, 1-g. 5-b. 3-j, 2-y

C) 1-d, 7-v, 6-j, 5-b, 4-g, 3-v, 2-a

D) 4-g, 5-b, 6-j, 7-d, 1-v, 2-a, 3-y


3. Hayvonlarning qaysi tip vakillarida qon aylanish sistemasi ochiq (1), qaysi birida yopiq (2)? a) molluskalar b) halqali chuvalchanglar v) bo‘g‘im oyoqlilar g) xordalilar d) yumaloq chuvalchanglar A) 1b, d 2a,v B) 1a,d 2g, d C) 1b,v 2a,g D) 1a,v 2b,g
4. Hazm vakuolasi bo‘lmagan organizmlarni ko‘rsating?

1) ichburug‘ amyobasi 2) nozema 3) bezgak paraziti 4) infuzoriya 5) aktniya 6) gidra

A) 1,2,6,4 B) 1,4,5,6 C) 2,3 D) 2,3,5
5. Hazm qilish sistemasida jig‘ildonga ega bo‘lgan organizmlarni belgilang.

A) suqsun, nematoda

B) churrak, qalqon tumshuq

C) askarida, nereida

D) kuyka, yomg‘ir chuvalchangi
6. Hid bilishi yaxshi rivojlangan(a) va rivojlanmagan(b) organizmlar

1. sezarka 2. korsak 3.yenotsimon it 4. kana 5. ilvirs 6.yaguar

A)a-2,3,4 b-1,5,6 B)a-1,2,3,4 b-5,6

C)a-5,6 b-1,2,3,4 D)a-2,3 b-5,6


7. Hidni yaxshi sezmaydigan organizmlarni ko‘rsating?

1) kuyka 2) korsak 3) yenotsimon it 4) ilvirs 5) ko‘ryalak 6) qizil to‘sh 7) tulki

A) 1,2,4,5 B) 1,4,5,6 C) 2,3,7 D) 1,3,7
8. Hidni yaxshi sezuvchi, o‘ljasini ta'qib qilib tutib oluvchi hayvonni aniqlang.

A) korsak B) gepard C) yaguar D) silovsin


9. Hind karkidonining oyog‘ida nechta barmog‘i bo‘ladi?

A) 3 juft B) 1 juft C) 1 ta D) 3 ta


10. Honakilashtirilgan parrandalar orasida eng yirigi qaysi?

A) tovuq B) g‘oz C) o‘rdak D) kurka


11. Hozirgacha ma'lum bo‘lgan umurtqalilar turlarining dеyarli yarmini ... tashkil etad.

A) qushlar B) sut emizuvchilar

C) bosh skеlеtsizlar D) baliqlar
12. Ichagi kloakaga ochiladigan organizmlarni ko‘rsating?

1) kuyka 2) korsak 3) kojan 4) sterlyad 5) gavial 6) yexidna 7) triton 8) kashalot

A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,8 C) 1,5,6,7 D) 1,2,3,4
13. Ichagi kloakaga ochilamaydigan organizmlarni ko‘rsating?

1) kuyka 2) korsak 3) kojan 4) sterlyad 5) gavial 6) yexidna 7) triton 8) kashalot

A)1,2,3,4 B) 2,3,4,8 C) 1,5,6,7 D) 1,2,3,4
14. Ichki urug‘lanish qaysi hayvonlar uchun xos emas?

a) baliq, b) baqa, c) ilon, d) triton, e) kaptar, f) timsoh, j) salamandra

A) a,b,c d B) a,b,d,j C) c,e,f D) c,d,e,f
15. Ichki urug‘lanish xos? a) baqaga, b) baliqqa, c) ilonga, d) timsohga,

e) kaptarga A) a,c,d B) b,c,e C) c,d,e D) a,b


16. Ikkita qon aylanish doirasi va uch kamerali yurakka ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating?

1) itbaliq 2) triton 3) alligator 4) gavial 5) kojan 6) kaputsin 7) gekkon

A) 1,2,6,7 B) 3,4,5,6 C) 2,7 D) 3,4,5,7
17. Ilvirsga vahmaqushning o‘xshashligi(a) va farqi(b)

1. to‘rt kamerali yurak 2. ikki qon aylanish doirasi, issiqqonli 3. hid bilishi yaxshi rivojlanmagan 4. qovurg‘alari harakatchan birikkan 5. yurakdan chiqqan aorta tomiri o‘ng tomonga yo‘naladi

A)a-1,2,3 b-5 B)a-1,2 b-5

C)a-1,2 b-4 D) a-1,2 b- 3,5


18. It yurganda nimaga tayanadi?

A) oldingi oyoqlariga B) oyoq muskullariga C) barmoqlariga D) baquvvat tanasiga


19. Itga xos belgilar – 1. quloq suprasi harakatchan 2. ter bezlari bolmaydi 3. bel umurtqasi 6 ta 4. chanoq suyagi 3 ta suyakdan iborat 5. o‘mrov suyagi rivojlanmagan 6. tana harorati -37-38 C 7. so‘rg‘ichlar soni -8 ta 8.

urg‘ochilari 3-8 ta bola tug‘adi

A)1,5,6,7,8 B)1,2,3,5,6,7,8

C)1,5,6,7 D)barchasi


20. Itlar nechtadan bola tug‘ishi mumkin?

A) 1-4 B) 2-6 C)3-8 D) 5-6


21. Itlarda oldingi oyoq kamari qanday suyaklardan tashkil topgan?

A) kurak suyagi va ko‘krak-tirgak suyagidan

B) ikkita kurak suyagi ko‘krak-tirgak suyagi va o‘mrov suyagidan

C) ikkita kurak va ikkita yelka suyagining qo‘shilashidan

D) ikkitadan kurak, yelka, ko‘krak-tirgak suyaklaridan
22. Itlarning oldingi oyoq kamari qanday suykalardan tashkil topgan?

A) 1 ta kurak, 2 ta o‘mrov, 2 ta ko‘krak tirgak B) 2 ta kurak, 2 ta o‘mrov

C) 2 ta ko‘krak tirgak va 2 ta kurak suyagi

D) 1 ta to‘sh, 2 ta kurak, 2 ta ko‘krak tirgak


23. Jayra qaysi turkumga mansub va u qayerda yashaydi?

A) kemiruvchi suv havzalarining sayozliklarida

B) yirtqich sohil yaqini va botqoqliklarda

C) kemiruvchi yaylov va dashtlarda

D) kemiruvchi tog‘ etaklari va cho‘llarda
24. Kalimantan va Sumatra orollarida tarqalgan odamsimori maymunni aniqlang.

A) kaputsin B) shimpanze

C) orangutan D) gorilla
25. Karkidon, zebra, qulonlar qaysi turkumga mansub?

A) toq tuyaqlilar B) juft tuyoqlilar

C) xartumlilar D) kemiruvchilar
26. Kasatkaning tishi qanday vazifani bajaradi?

A) oziqni tutish va chaynash

B) tishi bo‘lmaydi

C) chaynashda qatnashadi

D) oziqni ushlab turishga yordam beradi
27. Kashalotlarga xos

1. boshi tanasining uchdan bir qismiga teng 2. tishlari bir xil tuzilgan 3. tishlari bo‘lmaydi 4. hech qachon quruqlikka chiqmaydi 5. dumi va oldingiz suzgichlari yordamida suzadi 6. yuragi to‘rt kamerali

A)1,2,4,5,6 B)2,4,5,6 C)3,4,5,6 D)2,5,6
28. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga xos bo‘lmagan xususiyatlarni ko‘rsating?

1)bo‘yni kalta 2) qoziq tishi kuchli rivojlangan 3) kurak tishi kuchli rivojlangan 4) oshqozoni bo‘limalarga bo‘lingan 5) dumi uzun 6) oshqozoni 1 kamerali

A) 1,3,4 B) 3,4,5 C) 3,5,1 D) 1,2,6
29. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga xos bo‘lmagan belgilarni aniqlang.

A) kurak tishi kuchli rivojlangan

B) qoziq tishlari kuchli rivojlangan

C) oshqozoni bo‘lirnlarga bo‘linmagan

D) bo‘yin, oyoqlari va dumi kalta
30. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarning ,,,,,,,tushlari ,,,,,,, rivojlangan?

A) kurak, sust B) qoziq, sust

C) qoziq, kuchli D) oziq, kuchli
31. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarning ba'zi xarakterli belgilarini aniqlang? 1) qoziq tishlari rivojlangan 2) oziq tishlari rivojlangan 3) oshqozoni to‘rt kamerali 4) oshqozoni bo‘lmalarga bolinmagan 5) bo‘yin, dum, oyoqlari kalta 6) bo‘yin, oyoqlari uzun

A) 1,4,5 B) 2,4,6 C) 1,3,5 D) 2,3,6


32. Kavsh qaytaruvchilar hazm sistemasining qaysi bo‘limida mikroskopik organizmlar kletchatkani hazm bo‘lishiga yordam beradi?

A) Ingichka ichakda B) oshqozonda

C) yo‘g‘on ichakda D) ko‘richakda
33. Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beruvchi organizmlarni aniqlang.

A) bakteriya va infuzoriya B) sporalilar va soxta oyoqlilar

C) infuzoriya va nozema D) bakteriya va xivchinlilar
34. Kavsh qaytaruvchilar qatoriga kiruvchi hayvonlarni aniqlang.

A) ohu, suv ayg‘iri B) jayron, qulon

C) zubr, zebra D) xongul, g‘izol
35. Kemiruvchilarning vakillari bilan oziqlanuvchi sudralib yuruvchilar (I) va qushlar (II) ni belgilang

1. chipor ilon 2. kapcha ilon 3. tuvaloq 4. tuyaqush 5. kalxat 6. sariq ilon 7. gekkon 8. ko‘lvor ilon

A)I-1,2,8 II-3,5 B)I-1,2,6,7,8 II-3,4,5

C)I-2,7,8 II-3,4 D)I-1,2,7 II-4,5


36. Kemiruvchu turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?

A)bo‘rsiq, nutriya B)suvsar, ko‘k sug‘ur

C) nurtiya, ko‘k sug‘ur D)olaqozan, chiyildoq sichqon


Yüklə 354,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin