Texnologiya ta’limida texnologik xaritadan nima uchun qo‘llaniladi? *Ishni boshlash va tugallashni tartibga soluvchi hujjat.
O‘qituvchi texnologiya darsning yakuniy qismida qanday ishlarni amalga oshiradi? *O‘quvchilarni amaliy faoliyatini baholaydi, uyga vazifa beradi.
“Bayram tabriknomasi tayyorlash” mavzusi qaysi ish turiga kiradi? *Qog’oz va karton bilan ishlash turiga kiradi
Texnologiya darsining necha qismi amaliy ishga ajratiladi? *Darsning 3/4 qismi
O‘quvchilarni texnologiyaga ruhiy tayyorlash vazifasi qaysi qatorda to‘g’ri ko‘rsatilgan? *O‘quvchilar-ning yoshiga mos keluvchi ongli va ijodiy sifatlarni tarkib toptirish.
2-3-sinf texnologiya darsligi qaysi yilda nashr etilgan? *2012 yil
Darsga qo‘yiladigan maqsadlarini belgilang? *Ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlartiruvchi maqsad
Uzluksiz ta’lim tizimi qaysi javobda to‘g’ri ko‘rsatilgan? *Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim, professional ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, qayta tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’lim.
Kichik guruhlarda ishlash shaklini aniqlang?
*Bunda, o‘quvchilarning hammasi bir xil topshiriqni bajarishdan iboratdir, shuning uchun o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida butun gruppa ishiga rahbarlik qila oladi.
O‘qitishning yakka holda ishlash shaklini aniqlang. *Hamma o‘quvchilar har xil ishni bajaradi, o‘quv jarayonni boshqarish o‘quvchilarning hammasini zarur materiallar bilan ta’minlash qiyin bo‘ladi.
Qaychidan foydalanish talablar. *Qaychini uzatganda teskarisini qilib uzat, harakatlanganingda ishlatma.
Og’zaki bayon qilish metodi qanday amalga oshiriladi? *Monologik va dialogik bayon qilinadi.
Suhbat metodining maqsadi. *O‘qituvchi to‘g’ri qo‘yilgan savollar bilan o‘quvchilarga ilgari o‘zlashtirgan bilimlarni esga tushiradi va shu asosda mustaqil ravishda yangi bilimlar hosil qilishga undaydi.