«texnalogik jarayonlarni avtomatlashtirish fanidan»


I BOB Texnologik jarayonlarda diskret chiqishli datchiklar va ularni ulanish sxemalari



Yüklə 111,24 Kb.
səhifə4/9
tarix16.12.2023
ölçüsü111,24 Kb.
#182311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
56-18 Shamsiddinov Donyor Texnologik jarayonlarda diskret chiqishli datchiklar va ularni ulanish sxemalari

I BOB Texnologik jarayonlarda diskret chiqishli datchiklar va ularni ulanish sxemalari

    1. Texnologik jarayonlarda diskret chiqishli datchiklar va ularni ulanish sxemalari turlari

Нozirgi davrda xalq xo‘jaligi sohalarini avtomatlashtirish jarayonlarida 3000 dan ortiq fizik kattaliklar va texnologik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish kerak bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligini avtomatlashtirishda barcha nazorat qilinadigan kattaliklar va ko‘rsatkichlar asosan besh guruxga bo‘linadi: teploenergetik ko‘rsatkichlar; elektroenergetik ko‘rsatkichlar; mexanik ko‘rsatkichlar; kimyoviy tarkibi va fizikaviy tuzilishi. Тeploenergetik ko‘rsatkichlarga: xarorat, bosim, satx va sarf kabi kattaliklar, elektroenergetik ko‘rsatkichlarga: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok va kuchlanish, aktiv reaktiv va to‘la quvvat, quvvat koeffitsiyenti, chastota, izolatsiya qarshilig, mexanik ko‘rsatkichlar: burchak tezlanish, deformatsiya, kuch, aylanish momentlari, detallar soni, materiallar qattiqligi, tebranish, massa, kimyoviy ko‘rsatkichlar: konsentratsiya, kimyoviy tuzilishi va tarkibi va fizikaviy kattaliklar: namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik, yumshoqlik, yoritilganlik va kabilar kiradi. Nazorat qilinadigan kattaliklar bilan o‘zgartirgichlar va signallarning strukturaviy bog‘lanish sxemasi 1.1- rasmda keltirilgan. Bajariladigan vazifalariga qarab avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik ximoya, avtomatik boshqarish, avtomatik rostlash. Avtomatik nazorat o‘z navbatida avtomatik signalizatsiya, avtomatik o‘lchash, avtomatik saralash va avtomatik axborotni yig‘ishga ajratiladi. Avtomatik signalizatsiya xizmatchilarni, texnologik jarayon ko‘rsatkichlari chegaraviy ko‘rsatkichlarga yaqinlashganlik haqida axborot beradi. Avtomatik o‘lchash texnologik jarayonni asosiy ko‘rsatkichlarini maxsus asboblarga uzatib berishga xizmat qiladi. Avtomatik saralash maxsulotni og‘irlik o‘lchamlari, rangi va boshqa fiziko-mexanikaviy xususiyatlariga qarab ajratishga xizmat qiladi. Avtomatik axborotni yig‘ish texnologik jarayon o‘tishi, maxsulotni sifati, soni va boshqa ko‘rsatkichlari xaqida ma‘lumot yig‘ishda xizmat qiladi. Avtomatik ximoya normal va xalokat xolatlarida qo‘llaniladi. Bu holda himoya vositalari jarayonni to‘xtatib yoki avtomatik ravishda ushbu xolatlarni chetlashtirishga xizmat qiladi.
Хar xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari xaqida ma‘lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo‘llaniladi. Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan o‘zgartirgichlar asosan olti guruxga bo‘linadi: mexanik; elektromexanik; issiqlik; elektrokimyoviy; optik va elektron - ion. Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik, sarf va x.k.) mexanik chiqish ko‘rsatkichlarga ( aylanish chastotasi, bosim va x.k.) o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujini, balka kabilar) poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi. Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilar) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik va kabilar) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga (yoki datchiklarga) bo‘linadi. Parametrik datchiklarda chiqish ko‘rsatkichini elektr zanjir kattaliklari (qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik, elektr sig‘imi va kabilar) tashkil topadi. Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanishi sifatida chiqish signalini olish uchun ularni maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differensialli) ulash hamda allohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak . Generator datchiklarida bevosita sezgir elementda kirish signali Х chiqish signali U o‘zgartiriladi. Ushbu o‘zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga bo‘ladi va chiqish signali E.YU.K. ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Generator datchiklari juda oddiy bo‘ladi, chunki ular qo‘shimcha energiya manbaisiz ulanadi. Aniqlik darajasi bo‘yicha datchiklar 0,24; 0,4, 0,6; 1; 1,5; 2,5; 4 aniqlik sinflariga muvofiq bo‘lishlari lozim. Ish prinsipi bo‘yicha elektrik datchiklar rezistivli, elektromagnitli, sig‘imli va taxometrik (generatorli) ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.

Elektrik datchiklarning turlanishi.

Yüklə 111,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin