«texnalogik jarayonlarni avtomatlashtirish fanidan»


DAТChIKLAR VA ULAR NAZORAТ QILADIGAN KAТТALIKLAR



Yüklə 111,24 Kb.
səhifə5/9
tarix16.12.2023
ölçüsü111,24 Kb.
#182311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
56-18 Shamsiddinov Donyor Texnologik jarayonlarda diskret chiqishli datchiklar va ularni ulanish sxemalari

DAТChIKLAR VA ULAR NAZORAТ QILADIGAN KAТТALIKLAR

Datchiklarning asosiy ko’rsatkichlari. Datchiklarning turlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular bir hildagi bir necha asosiy ko‘rsatkichlarga ega: 1. Statik tavsifnomasi - chiqish kattaligini kirish kattaligiga bog‘likligi. Statik tavsifnomasi chiziqli datchiklar uchun sezgirlik koeffityenti o‘zgarmaydi.


Datchiklarning statik tavsifnomalari

1.2 Texnologik jarayonlarda diskret chiqishli datchiklarning turlari


Rezistiv datchiklar chiziq va burchak xarakatlarni kuch va momentlar, tebranish va vibratsiyalar, xarakat va yoruglik kabi noelektrik kattaliklarni nazorat qilish va o‘lchash jarayonlarida qo‘llaniladi. Rezistiv datchiklar guruxiga potensiometrik, ko’mir (kontaktli), tenzometrik kabi datchiklar (fotorezistiv, termorezistiv) kiradi. Bunday turdagi datchiklarning ish prinsipi nazorat qilinayotgan kattalikning ta‘sirida uning aktiv qarshiligi o‘zgarilishiga asoslangan bo‘ladi.
Potensiometrik datchiklarda nazorat qilinayotgan xarakat sezgir elementga uzatilib uning qarshiligi hisobiga o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishga aylantiriladi (1.3- rasm). Potensiometrning xarakatlanuvchi kontakti nazorat qilinayotgan xarakatga bog‘langan bo‘lib, ob‘ektning holati o‘zgarilganda uning qarshiligi ham va ikkilamchi asbobdagi ko‘rsatgich o‘zgariladi. Ikkilamchi asbob esa nazorat qilinayotgan parametrlar birligida darajalangan. Kuchlanishning tebranishlarini ta‘sirini yo‘qotish maqsadida stabillashgan manbalardan foydalanish tavsiflanadi.

1.3-rasm. Potensiometrik datchiklar va ularning tavsifnomalari.
Ko‘mir datchiklarining ish prinsipi, o‘zining ichki elektr qarshiligi keltirilgan kuchlar ta‘sirida o‘zgarishiga asoslangan. Bu turdagi eng sodda datchik (1.4.-rasm, a) grafit disklardan yig‘ilgan ko‘mir ustindan iborat. Disklar orasiga esa kontaktli shaybalar o‘rnatilgan. Ko‘mir ustunning qarshiligi grafit disklarning kichik qarshiligi va disk-shayba o‘tishi asosiy qarshiliklar yig‘indisiga teng. Disk-shayba o‘tishning qarshiligi esa o‘z navbatida disk va shaybalar zichligiga, ya‘ni bosish kuchiga bog‘liq.

1.4. - rasm. Ko‘mir datchiklarning sxemalari va tavsifnomalari.
Ko‘mir datchiklarining sezgirligini oshirish maqsadida ko‘priksimon ulanish sxemalardan foydalaniladi (1.4-rasm, в). F kirish kuchi ta‘sirida ko‘prik sxemasining yelkasidagi R1 qarshiligi kamayadi, ikkinchi yelkadagi R2 esa oshadi. Bunday datchiklar – differensial datchiklar deyiladi. Ko‘mir datchiklarining afzalliklari: sodda, o‘lchamlari kichik, arzon.
Тenzometrik datchiklarning ish prinsipi tenzoeffekt xodisasiga asoslangan bo‘ladi, ya‘ni elastik deformatsiya ta‘sirida uning qarshiligi o‘zgaradi. Тenzodatchik ma‘lum usulda o‘ralgan va ikkala tomоnidan maxsus plenka yopishtirilgan yupqa simdan iborat. Тenzodatchik deformatsiyasi nazorat qilinayotgan detalga maxsus yelim bilan puxta yopishtiriladi. Detalning deformatsiyasi natijasida simning geometrik o‘lchamlari o‘zgarilib qarshiligi o‘zgaradi. Тenzometrik datchiklarning tavsifnomasi chiziqli bo‘ladi va shu sababli ularning sezgirligi deyarli o‘zgarmaydi.

1.5-rasm. Тenzometrik datchikning tuzilishi va tavsifnomasi
Тenzodatchiklarning afzalliklari: ular juda sodda, ixcham va arzon. Kamchiliklari: kichik sezgirlik, o‘lchov natijalari xaroratga bog‘liq.

Yüklə 111,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin