Texnologik xarita - ayrim turdagi qishloq xoʻjaligi. mahsulotini yetishtirish bilan bogʻliq texnologik ishlar majmui. Ishlab chiqarish. resurslariga boʻlgan ehtiyojlar, ulardan foydalanish va boshqa ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, shuningdek, belgilangan ishlab chiqarish. dasturini bajarish boʻyicha tashkiliy iqtisodiy tadbirlar aks etgan normativ reja hujjati. Texnologik xarita jadval shaklida boʻlib, unda ketma-ketlikda (odatda xronologik tartibda) barcha turdagi ishlar (qabul qilingan texnologiyaga muvofiq), asosiy agrotexnik tadbirlar, mashina, mexanizm va agregatlar tarkibi, urugʻlik materiallar sarfi normalari, bajariladigan ishlar hajmi, baholari va boshqa koʻrsatiladi, shuningdek, mahsulot tannarxini hisoblashda qishloq xoʻjaligida qabul qilingan uslubiyat boʻyicha xarajatlar turlari aks ettiriladi.
Texnologik xarita asosida barcha mahsulotlar boʻyicha bevosita xarajat (sarf)lar, boʻlinmalardagi doimiy va mavsumiy xodimlar soni, texnika, urugʻlik, ozuqa va boshqa moddiy resurslarga boʻlgan ehtiyojlar aniqlanadi. Texnologik xarita yordamida boʻlinmalar ishlab chiqarish. topshiriklari shakllantiriladi, zarur xarajatlar limiti hisob kitob qilinadi, mahsulotning reja tannarxi hisoblanadi, mahsulot birligiga narx belgilanadi, rejalashtirilgan ishlarni bajarilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Texnologik xarita barcha ekin turlari, chorva turlari yoki turdosh ekinlar va chorva mollari guruxlari yoki ayrim ish turlari (oʻtloq va yaylovlarni yaxshilash va boshqalar) boʻyicha tuziladi. Texnologik xaritalarni xoʻjalik mutaxassislari (iqtisodchi tashkilotchilar, agronomlar, zootexniklar, muhandismexaniklar va boshqalar) xoʻjalikdagi konkret sharoitlarni xisobga olgan holda namunaviy shakllar asosida ishlab chiqadilar.
Tarbiya san`ati va texnologiyasi Kishining maqsadga muvofiq harakati shu faoliyatdan olinishi mumkin bo’lgan natijalarni rejalashtirilishiga bog’liqligi oldindan aniqlangan. Asrlar davomida pedagog o’zining kundalik ta’lim berish va tarbiyalash amaliyotida turli-tuman qarorlarni qabul qilishga to’g’ri kelgan va bu aynan uning shu kabi qarorlarning oqibatlarini yakka tartibda rejalashtirishiga, uning oldingi amaliy tajribasi ostida ishlab chiqilgan kasbiy his-tuyg’usiga asoslangan. O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarining asarlarida, jumladan, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Muhammad Tarag’ay Mirzo Ulug’bek, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiylarning asarlarida, shuningdek, qadimgi yunon faylasuflari Aristotel, Sokrat, Platonning asarlarida, hozirgi kunda ham biz uchun g’oyat darajada qiziqarli bo’lgan, xususan, ta’lim - tarbiyaning maqsadi va vazifasi, mazmuni va usullariga oid tashhisiy mulohazalar va fikrlar mavjud. Abu Ali ibn Sino, ulug’ qomusiy olim, inson mohiyati va mohiyaviy kuchi muammosini tadqiq qilar ekan, abstrakt