Transformatorlar ko’p bo’lishiga qaramay ularda bo’ladigan elektromagnit jarayonlar umumiy o’xshashlikka ega bo’lib , ularning ishlash pirinsipi bir xildir
5,2 rasmda bir fazali ikki cho’lg’amli transformatorning sxemasi va shartli belgilari ko’rsatilgan . Transformator po’lat o’zak 1 dan ikkita mis cho’lg’amlar 2 dan iborat . Po’lat o’zakning induksion toklar xisobiga qizib ketishini kamaytirish maqsadida u qalinligi 0.35_0.5 mm bo’lgan elektrotexnik po’lat plastinkalardan iborat bo’ladi .plastinkalarning ikki tomonigA Izolyatsiyalangan lok surtiladi yoki ular tegishlicha qizdiriladi
Po’lat o’zakga mis cho’lg’am o’raladi va sgu o’raglan qismi sterjen deyiladi . Transformatorning manbaga ulangan qismi birlamchi ,istemolchiga ulangan qismi esa ikkilamchi deyiladi.shuning uchun ham bazi bir belgilashlarda birlamchi cho’lg’amga tegishli kattaliklar 1 indekisga ega . Transformatsiya koeffitseyinti
K=E1/E2=w1/w2;
Transformatorlar turli sohalarda qo’llaniladi xususan istemolchilarga tokni yetkazib bergan paytimizda istemolchilarga tok tarqaladigan yerlarda o’rnatiladi . Masalan mahallarda fuqarolarga tok transformatorlar orqali tarqaladi , sanoat korxonalari bo’lishi mumkin bazida foydalanuvchilar , maktablar yoki oliy talim muasasalari bo’lishi mumkin . Chunki u yerlarga tok juda uzoq masofadan keladi va uning bazibir xususiyatlari kamayib ketadi , transformatorlar esa bu toklarni manbadan olib istemolchilarga o’zlari uchun kerakli bo’lgan qiymatda yetkazib beradi. Transformatorlarning asosiy 2 xil turi mavjud birinchisi kuchaytiruvchi ikkinchisi esa kamaytiruvchi . Birinchisi kelgan tokni istemolchiga yetadigan darajada ko’tarib beradi bizda asosan shundan foydalaniladi istemolchilarni tok bilan taminlash uchun. Ikkinchisi esa katta tokni istemolchining istemol darajasiga qadar tushirib beradi . Traansformatorlar elektr toki bilan ishlanadigan barcha sohalarda qo’llaniladi.