Har qanday elektr mashinalardagi kabi transformatorlarning ham keltirilgan energiyaning bir qismi uning o’zida isrof bo’ladi bu quvvat isroflari quyidagilardan iborat
Har qanday elektr mashinalardagi kabi transformatorlarning ham keltirilgan energiyaning bir qismi uning o’zida isrof bo’ladi bu quvvat isroflari quyidagilardan iborat:;
Tokning issiqlik tasiri tufayli mis cho’lg’amlarda yuzaga kelgan quvvat isrofi
Magnit oqimining o’zgaruvchanligi tufayli vujudga keladigan po’lat o’zakdagi gesterezis va uyurma toklarga sarf bo’ladigan quvvat isrofi P=P1+P2 . Bu quvvat isrofi po’lat o’zakning materialiga bog’liq .
Transformatorning konstruksiyasiga bog’liq bo’lgan quvvat isrofi P1.
Bulardan Pm va Pn asosiy isroflar hisoblanadi . Mis cho’lg’amlardagi quvvat isroflari nagruskalarga bo’g’liq bo’lgani uchun o’zgaruvchan,po’lat o’zakdagi quvvat isroflari Pn esa transformatorning ishi jarayonida o’zgarmasdiz.
Transformatorning foydali ish koeffitseyinti
Bizga ma’lumki, o‘zgarmas tok mashinasining stator va yakorlarining magnit o‘zaklari ferromagnit materiallardan tayyorlanadi. O‘zgarmas tok mashinasining yakorini aylantirilganda, qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami hosil qilgan asosiy magnit maydon kuch chiziqlari bilan kesishgan yakorr cho‘lg‘amlarida elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi. Yakor cho‘lg‘amidagi elektr yurituvchi kuchning yo‘nalishi o‘ng qo‘l qoidasi yordamida aniqlanadi. Magnit maydon o‘zgarmas bo‘lganligi sababli cho‘lg‘amdagi elektr yurituvchi kuch aylanish elektr yurituvchi kuchi deb ataladi. Yakor cho‘lg‘amining bitta o‘tkazgichidagi elektr yurituvchi kuch
bu yerda: V - havo bo‘shlig‘idagi magnit maydon induksiyasi; l - o‘tkazgichning uzunligi; V = 2rn - o‘tkazgichning chiziqli tezligi.
Oddiy o‘zgarmas tok mashinasining sxematik ko‘rinishi 31-rasmda ko‘rsatilgan. O‘zgarmas tok mashinalari asosan ikki qismdan iborat: qo‘zg‘almas qismi stator va aylanadigan qismi yakordan iborat. Stator o‘z navbatida yarmodan, asosiy qutb o‘zagidan, qo‘zg‘atish cho‘lg‘amidan, qo‘shimcha qutblardan, qo‘shimcha qutb cho‘lg‘amlardan va boshqa konstruktiv elementlardan iborat. O‘zgarmas tok mashinalarining asosiy qutblarini magnit o‘zagi asosan qalinligi 0,5 1 mm bo’lgan elektrotexnik po‘latdan yig‘iladi ba’zi hollarda konstruktiv po‘latlardan рam tayyorlanishi mumkin. Elektr mashinalarning magnit o‘zaklari issiq holda juvalangan E41, E42, E43 markali yoki sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq po‘latlardan tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashinalarning magnit o‘zaklarini tayyorlashda sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali po‘latlar keng qo‘llanilmoqda.
. Elektr mashinalarining cho‘lg‘amlari ham asosiy elementlardan hisoblanib, mis, alyuminiy va ularning qotishmalaridan iborat bo‘lgan elektrotexnik materiallardan tayyorlanadi. Cho‘lg‘amlarni himoyalash maqsadida, turli elektr himoyalash materiallardan foydalaniladi. Elektr mashinalar generator va dvigatel rejimida qo‘llanilishi mumkin. Elektr mashinalarida energiyaning o‘zgarishi quvvat isroflari bilan bog‘lıq, shuning uchun elektr mashinalarining foydali ish koeffisientlari 100% dan kichik bo‘ladi. Katta quvvatli elektr mashinalarining FIK i 9899,5% ga teng bo’lib, quvvati 10 Vt gacha bo‘lgan elektr mashinalariniki 2040 % gacha bo‘ladi. Elektr mashinalarni quvvatlariga nisbatan quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 0,5 kVt gacha juda kichik mashinalar yoki mikromashinalar; 0,5¸20 kVt - kichik quvvatli mashinalar; 20¸250 kVt o‘rtacha quvvatli mashinalar va 250 kVt dan ortiq quvvatli mashinalarga katta quvvatli mashinalar.
Elektr mashinalar yordamida mexanik energiyani elektr energiyasiga va aksincha elektr energiyani mexanik energiyaga shuningdek, elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirish mumkin. Mexanik energiyani elektr energiyaga o‘zgartirish maqsadida elektr generatorlardan foydalaniladi. Generatorlarni bu, gidravlik va gaz turbinalar, ichki yonar dvigatellar va boshqa dvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. Ko‘pincha elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiya yana turli mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun mexanik energiyaga aylantiriladi. Bunday maqsadlarda elektr dvigatellardan foydalaniladi.
Elektr yuritma, ishlab chiqarish mashinasining ijro organiga mexanik energiyani keltirib berib, uning harakatini hosil qiladi. Shuning uchun, EYu ga qo‘yiladigan talablar IO larning harakat yo‘nalishi va uni ko‘rsatgichlarini o‘zgarishiga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqadi. EYu ijro organlari harakatini tarmin etish bilan birgalikda texnologik jarayonlar va operasiyalarni avtomatlashtirishning turli vazifalarini ham bajaradi. Shuning uchun jadvalning 4 ustunida, yuritma uchun tez-tez vujudga keladigan va hal qilinadigan, shu bilan birga keng tarqalgan vazifalari ham ko‘rsatilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar 1 Elektrotexnika va elektronika asoslari . A Karimov 2 Elektronika . X.K.Aripov, A.M. Abdullayev