Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash


Andozalar asosida milliy ko‘ylakning bichish va tikish



Yüklə 5,4 Mb.
səhifə20/22
tarix28.11.2023
ölçüsü5,4 Mb.
#169382
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
2.3. Andozalar asosida milliy ko‘ylakning bichish va tikish
«Milliy ko‘ylakning bo‘laklariga ishlov berilgan» dan keyin, yig‘ish, ishlari boshlanadi. Avval adib-astar koketkaga biriktirib, avra va astar o‘ngini-o‘ngiga qo‘yib, bir yo‘la yoqani, yoqa o‘miziga o‘tkaziladi. Yoqani yoqa o‘miziga o‘rnatilganda kertim berishni unutmaslik kerak. Chunki kertim bergandan so‘ng yoqa koketkada yaxshi yotadi. Kaketka o‘ngiga ag‘dariladi, bo‘rt ziylari qiya qirma qaviqlar bilan ko‘lanadi va dazmollanadi. Yoqaga o‘rnatilgan kaketka yordamchi andoza yordamida tekshirib olinadi, ortiqcha joylari qirqib tashlanadi. Kaketka etakga yaxshi o‘rnashishi uchun uning avra va astar kaketkalarining yelka, kaketka ochiq qirqimlari ko‘klanadi.
Kaketkaning ochiq qirqimlari etakning yuqori ya’ni burma terilgan qirqimiga ulanadi. Koketkaning etakka ulangan chokini maxsus mashinalarda yo‘rmalanadi va yotqizib dazmollanadi.
Tayyorlab olingan ko‘ylakni yeng o‘miziga yeng o‘ranatiladi. Yengni o‘rnatayotganda to‘g‘nag‘ichlar yordamida kertimlarini to‘g‘rilab o‘mizga to‘g‘nab chiqiladi. Avval ko‘klab tikiladi so‘ng mashina chokida biriktiriladi. Biriktirilgan choklar yo‘rmalanadi, dazmollanadi.
Etak va yeng uchlari bukib mahkamlanadi. Oxirgi ishlov beriladi va NII bajariladi.
O‘zbekcha milliy ko‘ylakning bo‘yi (uning kaketkadan pastki qismi) to‘g‘ri endan tikilib gazlamaning gullari butunligicha saqlanadi. Ko‘kragi burmali to‘g‘ri ko‘ylak to‘la va nozik (ozg‘in) gavdali ayollarga ham juda yarashadi.
Ko‘ylakning asosiy chizmasi uchun quyidagi o‘lchovlar kerak (sm hisobida) :
Bo‘yin aylanasi- 18
Ko‘krak aylanasi- 48
Oldingi yeng o‘mizining uzunligi- 30,5
Orqa koketkaning kengligi - 17
Orqa yeng o‘mizining uzunligi - 19
Koketka oldining kengligi - 15
Ko‘ylakning umumiy uzunligi - 115
Yengning uzunligi - 60
To‘g‘ri burchak chizib, burchak uchiga A harfi qo‘yiladi . A nuqtadan pastga, chiziq bo‘yicha uzunligi ko‘ylakning uzunligiga teng keladigan chiziq tushiriladi va chiziq uzunligiga H nuqta qo‘yiladi.
Orqa yeng o‘mizining uzunligni A nuqtadan pastga o‘lchab, Гnuqta qo‘yiladi.Koketga orqasining kengligi A nuqtadan o‘ngga ixtiyoriy uzunlikda chiziq tortiladi: so‘ngra shu chiziq bo‘yicha 19 sm o‘lchab, shunuqta C harfi bilan belgilanadi. Ko‘ylakning ko‘krak qismi kengroq bo‘lishi uchun Гnuqtadan o‘ngga uzunligi 54 sm keladigan chiziq chizib Г1 nuqta qo‘yiladi.
C nuqtadan pastga to‘g‘ri chiziq tushiriladi va uning ГГ1 chiziqni kesib o‘tgan joyi C1 bilan belgilanadi. So‘ngra A nuqtadan o‘ng tomonga 54 sm uzunligida chiziq chizib chiziq uchiga A1 harfi qo‘yiladi. A1, Г1 va H1 nuqtalar to‘g‘ri chiziq yordamida o‘zaro tutashtirilsa, ko‘ylak oldining markaziy chizig‘I hosil bo‘ladi.
Orqadagi yoqa o‘mizi. A nuqtadan o‘ngga 6sm o‘lchab P harfi qo‘yiladi. P nuqtadan yuqoriga uzunligi 2sm keladigan tik chiziq chiqarib P1 harfi qo‘yiladi. P1 nuqta A nuqtaga salgina egri chiziq bilan tutashtiriladi, natijada orqadagi yoqa o‘mizi hosil bo‘ladi.
Orqadagi yelka qiyaligi. Yelka chizig‘ining qiyaligi yelkaning past balandligiga bog‘liq. Agar yelkaning balandligi normal bo‘lsa chiziqning qiyaligi 3 sm, yelka baland bo‘lsa 2 sm, yelka past bo‘lsa 4 sm qilib olinadi. C nuqtadan pastga 3 sm o‘lchab Пnuqta qo‘yiladi: Пnuqta P1 nuqtaga tutashtiriladi. P1 Пchiziq o‘ng tomonga 1sm o‘zgartiriladi, chiziq uchigaП1 harfi qo‘yiladi.
Yengning orqa o‘mizi. C1 nuqtadanГГ1 chiziq bo‘yicha 3 sm o‘lchabГ2 nuqta qo‘yiladi; C1 nuqtadan 1 sm pastga C2 nuqta qo‘yiladi. C2 nuqtadan o‘ngga ixtiyoriy uzunlikda chiziq tortiladi. C1 nuqtadan 6 sm yuqoriga C3 nuqta qo‘yiladi. C2 burchakning qoq o‘rtasidan 3 sm uzunlikdagi chiziq chiqarib, chiziq uchiga C4 nuqta qo‘yiladi, so‘ngra П1, C3, C4 vaГ2 nuqtalar egrichiziq yordamida - rasmda ko‘rsatilgandek birin- ketin o‘zaro tutashtiriladi.
Yon chok. Г2 nuqtadan pastga etak chizig‘I bilan tutashadigan qilib to‘g‘ri chiziq tushiriladi. Ikkala chiziqning kesishgan nuqtasi H2 bilan belgilanadi.
Ko‘ylakning oldingi yarmi. Ko‘ylakning oldingi yarmi bilan orqa yarmining chiziqlari bir-biri bilan bog‘liq bo‘lganligidan ularning andozasi ham bitta bo‘ladi. Oldingi yeng o‘mizi. C1 nuqtadan o‘ngga 12sm o‘lchab B nuqta qo‘yiladi. B nuqtadan pastga 1 smlik chiziq tortib, chiziq uchiga B1 nuqta qo‘yiladi. B1 nuqta C2 nuqtaga tutashtiriladi. Oldingi yoqa o‘mizi. A nuqtadan 3 sm pastga B2 nuqta qo‘yiladi. B2 nuqta B1 nuqtaga egrichiziq yordamida tutashtiriladi. Oldingi yelka qiyaligi. B nuqtadan yuqorigi AA1 chiziqni kesib o‘tadigan qilib tik chiziq chiqariladi, chiziqlarning kesishgan nuqtasi E bilan belgilanad. E nuqta bilan B1 nuqta tutashtiriladi. B1 nuqtadan chapga 14 sm o‘lchab shu nuqta E1 harfi bilan belgilanadi.B1 nuqtaning qoq o‘rtasidan yuqoriga 2 sm uzunligida chiziq chiqarib, chiziq uchiga B2 nuqta qo‘yiladi. B nuqtadan yuqoriga B1E chizig‘I bo‘yicha 4 sm o‘lchab, B3 nuqta qo‘yiladi C2B1 chizig‘I ikki teng qismga bo‘linadi, bo‘lish nuqtasi B4 bilan belgilanadi: so‘ngra E1, B3 B2 vaГ2 nuqtalar egri chiziq yordamida birin ketin tutashtiriladi.
2
.10-rasm Ko‘ylakning asos chizmasi 2.11-rasm. Мilliy ko‘ylak andazalari



Yüklə 5,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin