Texnik jixatdan tartibga solish


 YUridik shaxslarning metrologik xizmati



Yüklə 121,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü121,13 Kb.
#164666
1   2
9-Amaliy mashg\'ulot

 
9.2. YUridik shaxslarning metrologik xizmati 
YUridik shaxslarning metrologik xizmati 
–o‘lchashlar birliligini 
ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajaruvchi va ushbu korxonada (tashkilotda) 
metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi metrologik xizmat. 
YUridik shaxslarning metrologik xizmati o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologik tekshiruvni o‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda 
tashkil etiladi. 
Bunda bosh, tayanch metrologik xizmatlar tadbirkorlik sub’ektlarida o‘z 
faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruv 
idoralari tomonidan tashkil etiladi. 
YUridik shaxslarning metrologik xizmatlarining huquqlari va majburiyatlari 
davlat metrologik xizmati idoralari bilan kelishilgan nizomlarda belgilanadi. 


YUridik shaxslarning metrologik xizmati Namunaviy nizomi O‘z RH 51-011-
93 “O‘z O‘DT. O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxsning metrologik xizmati 
to‘g‘risida namunaviy nizom” da keltirilgan. 
Ba’zi vazirliklar, idoralar yoki firmalarda ilmiy-tadqiqot, loyiha-
konstruktorlik yoki texnologik tashkilotlar qatoridan “O‘zstandart” agentligi bilan 
kelishuv bo‘yicha ular tomonidan aniqlanadigan metrologik xizmatning bosh va 
tayanch tashkilotlari tuziladi. 
Metrologik xizmatning bosh va tayanch tashkilotlari tarmoq metrologik 
ta’minoti dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda faol ishtirok 
etadilar. 
Idoraviy metrologik xizmatlar DMX bilan yaqin aloqaga ega, bu erda ushbu 
xazmatlarning respublika metrologik xizmati tarkibidagi vazifalari, huquqlari va 
majburiyatlari ko‘rsatiladi. Idoraviy metrologik xizmatlar faoliyati ustidan 
tekshiruvni Davlat metrologik xizmati joylarda amalga oshiradi. 
Nazorat savollar 
1.
“O‘zstandart” agentligining faoliyati xaqida so‘zlab bering? 
2.
Metrologik xizmat o‘zi nima?
3.
YUridik shaxslarning metrologik xizmati nima? 
4.
Metrologik xizmat tuzilmasini tashkil etuvchilarini sanab bering?
5.
O‘zstandart agentligi metrologik xizmatni amalga oshirish bo‘yicha qanday 
vakolatlarga ega?

Yüklə 121,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin