Po`latlar. Uglerodli po`latlar ishlatilishiga ko`ra konstruksion va asbobsozlik po`latlariga bo`linadi.
Konstruksion po`latlar tarkibida 0,02 dan 0,8 foizgacha uglerod bo`ladi. Bunday po`latlar mashina va agregat detallari, qurilma konstruksiyalari, temir yo`l transporti vositalari, relps, truba, sim va boshqa buyumlar ishlab chiqarish uchun asosiy materiallar hisoblanadi.
Uglerodli po`latlar oddiy va sifatli po`latlarga bo`linadi.
Oddiy sifatli po`latlar uch xil (ГОСТ 360-60) guruhga bo`linadi:
• A - guruh po`latlari (Bu guruhdagi po`latlarning mexanik xossalari kafolatlanadi. Ular Ст harfi, 0, 1, 2 va hokazo raqamlar bilan belgilanib, qizdirib ishlov berilmaydigan buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Raqam qanchalik katta bo`lsa, po`latning mustahkamligi yuqori, plastikligi esa kichik bo`ladi);
• Б - guruh po`latlari (Bu guruhdagi po`latlarning kimyoviy tarkibi kafolatlanadi. Ular МСм0,MСм1кп, KСт1кп, MСм3, KСм4кп, MСм4, MСм6, MСм7 kabi markalanadi. Marka boshidagi M- marten, K-konvertor usulida po`lat olingani bildiradi. Marka oxiridagi кп-po`lat qaynovchi, сп-chala qaynovchi va hech qanday belgi bo`lmasa qaynamaydigan po`lat bo`ladi. Bu po`latlardan qizdirish yo`li bilan turli buyumlar tayyorlanadi);
• В - guruh po`latlari (Bu guruhdagi po`latlarning mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi kafolatlanadi. Ular faqat Marten usulida olinadi va ВМСм1, ВМСм2 kabi markalanadi. ВМСм1 po`latning mexanik xossalari Ст1, kimyoviy tarkibi MСм1 po`latniki kabidir. Bu po`latlardan payvandlash yo`li bilan konstruksiyalar yasaladi).
Sifatli po`latlar: bunday po`latlarning kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari qafolatlanadi.
Tarkibidagi marganets miqdoriga ko`ra sifatli po`latlar ikki guruhga bo`linadi.
Birinchi guruh po`latlarida marganets miqdori 0,8 foizdan oshmaydi. Bu guruh po`latlari raqamlar va tegishli sonlar bilan markalanadi. Masalan 05, 05 кп, 08, 08 кп, 10 кп, 30, 40, 85 va shu kabilar.
Ikkinchi guruh po`latlari raqamlar hamda Г harfi bilan 15Г, 20Г, 70Г kabi ko`rinishlarda markalanadi. Sonlar yuzga bo`linsa, po`lat tarkibidagi o`rtacha uglerod miqdorini, Г harfi esa po`lat tarkibida margenets miqdorining oshirilganini bildiradi. Bu po`latlardan o`q, gayka, truba, biriktirish muftasi, tross, prujina, ressor, prujina va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Asbobsozlik po`latlari tarkibida uglerod miqdori 0.05 foizdan 1,35 foizgacha uglerod bo`ladi. Ular У7, У7A, У8, У13A kabi markalanadi; «У» harfi asbobsozlik po`lati ekanligini anglatadi, raqamlar 10 ga bo`linganda hosil bo`ladigan qiymat uning tarkibidagi o`rtacha uglerod miqdorini bildiradi. Marka oxiridagi A harfi po`lat tarkibidagi oltingugurt va fosfor elementlarining juda ham kam miqdorda ekanligini ko`rsatadi. Bu po`latlar zarb ta’cirida ishlaydigan: zubilo, shtamp, iskana, duradgorlik asboblari, freza, parma, metchik, plashka, egov, o`roq va shu kabi asbob-uskunalar yasashda ishlatiladi. Legirlangan po`latlar: legirlovchi elementning miqdoriga ko`ra po`latlar uch xil:
• kam (umumiy legirlovchi elementlar miqdori 2,5 % gacha);
• o`rta (umumiy legirlovchi elementlar miqdori 2,5 -10% gacha);
• yuqori (umumiy legirlovchi elementlar miqdori 10 % dan ko`p)
ligerlangan po`latlarga bo`linadi.
Legirlovchi elementlar harflar bilan quyidagicha belgilanadi: A-azot, Б-niobiy, В-volpfram, Г-marganets, D-mis, E-selen, K-kobalpt, Н-nikelp, M-molibden, П-fosfor, Р-bor, С-kremniy, T-titan, Ф-vannadiy, X-xrom, Ц-sirkoniy, Ч-kamyob elementlar, Ю-alyuminiy va shu kabilar.
Po`latlarda ko`pincha legirlovchi elementlar sifatida nisbatan arzon va ko`p uchraydigan Mn, Si va Cr elementlari ishlatiladi. Og`ir sharoitlarda ishlaydigan po`latlar qimmabaho va kamyob bo`lgan nikelp, molibden, volpfram, niobiy kabilar bilan legirlanadi.
Kam legirlangan po`latlar qurilishda, o`rta legirlangan po`latlar esa mashinasozlikda ishlatilmoqda.
Legirlangan po`latlar sanoatning mashinasozlik, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik kabi sohalarida keng qo`llaniladi. Legirlangan po`latlardan og`ir, murakkab sharoitlarda ishlovchi metall konstruksiyalar va ularning elementlari, xususan qishloq xo`jalik mashinalari, traktor va avtomobillar, dastgohlar, asbob-uskunalarning detal va qismlari tayyorlanadi.
Avtomobilsozlik, traktorsozlik, dastgohsozlik hamda asbobsozlikda 18XГT, 25XГТ po`latlari ko`p ishlatiladi. Xrommarganetsnikelli (20ХГНM) po`latlarning mustahkamligi va toblanish chuqurligi yaxshi bo`lib, ular avtomobilsozlikda ishlatiladi.
Sanoatda 20XГР, 20XГНР po`latlari ishqalanish sharoitlarida ishlaydigan detallar tayyorlashda ishlatiladi.
Po`latlarni kam miqdorda ko`p elementlar bilan legirlash yo`li bilan nisbatan arzon, juda yaxshi mexanik xossalarga ega bo`lgan 30XГСA, 35XГСA singari po`lat materiallari olish mumkin. Bu po`latlar yaxshi payvandlanadi, kesib ishlanadi va plastik deformatsiyalanadi; toblanish chuqurligi 25-40 mm bo`lib, avtomobilsozlik va qishloq xo`jaligi mashinasozligida ko`p ishlatiladi.
Muhandislik amaliyotida va maxsus tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanadiki, tishlarning kontakt mustahkamligi bo`yicha ruxsat etilgan kuchlanishlar asosan material qattiqligi orqali aniqlanadi. Ma’lumki, yuqori qattiqlik, kichik o`lchamli va massali tishli g`ildiraklarini termik ishlov berilgan po`latlardan tayyorlash orqali olish mumkin. Po`lat hozirgi vaqtda tishli g`ildiraklarni tayyorlash uchun asosiy material hisoblanmoqda.
Qattiqligiga bog`liq ravishda po`lat tishli g`ildiraklar ikki asosiy guruhga bo`linadi: HB350 – tishli g`ildiraklar, termik ishlovi normallashtirilgan yoki yaxshilangan; HB>350 – hajmiy toblash, ЮЧТ (yuqori chastotali tok)da toblash, sementatsiyalash, azotlash va boshqalar. Bu guruhlar texnologiyasi, yuk ko`taruvchanlik va ishlashib ketish xususiyati bo`yicha turlicha bo`ladi.
Tishli g`ildiraklar tayyorlashda ishlatiladigan po`latlarning asosiy mexanik xossalari 2.1- jadvalda keltirilgan.
Shuningdek, 2.2 –jadvalda “Bazaviy sikllar sonida normal kuchlanish bo`yicha toliqish chegarasi 𝜎𝐻𝑙𝑖𝑚𝑏” hamda 2.3– jadvalda esa “Egilishdagi chidamlilik chegarasi 𝜎𝑜 va xavfsizlik koeffisienti [𝑆𝐹 ]´ qiymatlari” keltirilgan.