Texnik mexanika



Yüklə 83,61 Kb.
səhifə3/4
tarix14.04.2023
ölçüsü83,61 Kb.
#98104
1   2   3   4
“TEXNIK MEXANIKA” FANIDAN

Po`latlar. Uglerodli po`latlar ishlatilishiga ko`ra konstruksion va asbobsozlik po`latlariga bo`linadi.
Konstruksion po`latlar tarkibida 0,02 dan 0,8 foizgacha uglerod bo`ladi. Bunday po`latlar mashina va agregat detallari, qurilma konstruksiyalari, temir yo`l transporti vositalari, relps, truba, sim va boshqa buyumlar ishlab chiqarish uchun asosiy materiallar hisoblanadi.
Uglerodli po`latlar oddiy va sifatli po`latlarga bo`linadi.
Oddiy sifatli po`latlar uch xil (ГОСТ 360-60) guruhga bo`linadi:



  • • A - guruh po`latlari (Bu guruhdagi po`latlarning mexanik xossalari kafolatlanadi. Ular Ст harfi, 0, 1, 2 va hokazo raqamlar bilan belgilanib, qizdirib ishlov berilmaydigan buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Raqam qanchalik katta bo`lsa, po`latning mustahkamligi yuqori, plastikligi esa kichik bo`ladi);




  • • Б - guruh po`latlari (Bu guruhdagi po`latlarning kimyoviy tarkibi kafolatlanadi. Ular МСм0,MСм1кп, KСт1кп, MСм3, KСм4кп, MСм4, MСм6, MСм7 kabi markalanadi. Marka boshidagi M- marten, K-konvertor usulida po`lat olingani bildiradi. Marka oxiridagi кп-po`lat qaynovchi, сп-chala qaynovchi va hech qanday belgi bo`lmasa qaynamaydigan po`lat bo`ladi. Bu po`latlardan qizdirish yo`li bilan turli buyumlar tayyorlanadi);

  • • В - guruh po`latlari (Bu guruhdagi po`latlarning mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi kafolatlanadi. Ular faqat Marten usulida olinadi va ВМСм1, ВМСм2 kabi markalanadi. ВМСм1 po`latning mexanik xossalari Ст1, kimyoviy tarkibi MСм1 po`latniki kabidir. Bu po`latlardan payvandlash yo`li bilan konstruksiyalar yasaladi).

Sifatli po`latlar: bunday po`latlarning kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari qafolatlanadi.
Tarkibidagi marganets miqdoriga ko`ra sifatli po`latlar ikki guruhga bo`linadi.
Birinchi guruh po`latlarida marganets miqdori 0,8 foizdan oshmaydi. Bu guruh po`latlari raqamlar va tegishli sonlar bilan markalanadi. Masalan 05, 05 кп, 08, 08 кп, 10 кп, 30, 40, 85 va shu kabilar.
Ikkinchi guruh po`latlari raqamlar hamda Г harfi bilan 15Г, 20Г, 70Г kabi ko`rinishlarda markalanadi. Sonlar yuzga bo`linsa, po`lat tarkibidagi o`rtacha uglerod miqdorini, Г harfi esa po`lat tarkibida margenets miqdorining oshirilganini bildiradi. Bu po`latlardan o`q, gayka, truba, biriktirish muftasi, tross, prujina, ressor, prujina va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Asbobsozlik po`latlari tarkibida uglerod miqdori 0.05 foizdan 1,35 foizgacha uglerod bo`ladi. Ular У7, У7A, У8, У13A kabi markalanadi; «У» harfi asbobsozlik po`lati ekanligini anglatadi, raqamlar 10 ga bo`linganda hosil bo`ladigan qiymat uning tarkibidagi o`rtacha uglerod miqdorini bildiradi. Marka oxiridagi A harfi po`lat tarkibidagi oltingugurt va fosfor elementlarining juda ham kam miqdorda ekanligini ko`rsatadi. Bu po`latlar zarb ta’cirida ishlaydigan: zubilo, shtamp, iskana, duradgorlik asboblari, freza, parma, metchik, plashka, egov, o`roq va shu kabi asbob-uskunalar yasashda ishlatiladi. Legirlangan po`latlar: legirlovchi elementning miqdoriga ko`ra po`latlar uch xil:

  • • kam (umumiy legirlovchi elementlar miqdori 2,5 % gacha);

  • • o`rta (umumiy legirlovchi elementlar miqdori 2,5 -10% gacha);

  • • yuqori (umumiy legirlovchi elementlar miqdori 10 % dan ko`p)

ligerlangan po`latlarga bo`linadi.


Legirlovchi elementlar harflar bilan quyidagicha belgilanadi: A-azot, Б-niobiy, В-volpfram, Г-marganets, D-mis, E-selen, K-kobalpt, Н-nikelp, M-molibden, П-fosfor, Р-bor, С-kremniy, T-titan, Ф-vannadiy, X-xrom, Ц-sirkoniy, Ч-kamyob elementlar, Ю-alyuminiy va shu kabilar.
Po`latlarda ko`pincha legirlovchi elementlar sifatida nisbatan arzon va ko`p uchraydigan Mn, Si va Cr elementlari ishlatiladi. Og`ir sharoitlarda ishlaydigan po`latlar qimmabaho va kamyob bo`lgan nikelp, molibden, volpfram, niobiy kabilar bilan legirlanadi.
Kam legirlangan po`latlar qurilishda, o`rta legirlangan po`latlar esa mashinasozlikda ishlatilmoqda.
Legirlangan po`latlar sanoatning mashinasozlik, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik kabi sohalarida keng qo`llaniladi. Legirlangan po`latlardan og`ir, murakkab sharoitlarda ishlovchi metall konstruksiyalar va ularning elementlari, xususan qishloq xo`jalik mashinalari, traktor va avtomobillar, dastgohlar, asbob-uskunalarning detal va qismlari tayyorlanadi.
Avtomobilsozlik, traktorsozlik, dastgohsozlik hamda asbobsozlikda 18XГT, 25XГТ po`latlari ko`p ishlatiladi. Xrommarganetsnikelli (20ХГНM) po`latlarning mustahkamligi va toblanish chuqurligi yaxshi bo`lib, ular avtomobilsozlikda ishlatiladi.
Sanoatda 20XГР, 20XГНР po`latlari ishqalanish sharoitlarida ishlaydigan detallar tayyorlashda ishlatiladi.
Po`latlarni kam miqdorda ko`p elementlar bilan legirlash yo`li bilan nisbatan arzon, juda yaxshi mexanik xossalarga ega bo`lgan 30XГСA, 35XГСA singari po`lat materiallari olish mumkin. Bu po`latlar yaxshi payvandlanadi, kesib ishlanadi va plastik deformatsiyalanadi; toblanish chuqurligi 25-40 mm bo`lib, avtomobilsozlik va qishloq xo`jaligi mashinasozligida ko`p ishlatiladi.
Muhandislik amaliyotida va maxsus tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanadiki, tishlarning kontakt mustahkamligi bo`yicha ruxsat etilgan kuchlanishlar asosan material qattiqligi orqali aniqlanadi. Ma’lumki, yuqori qattiqlik, kichik o`lchamli va massali tishli g`ildiraklarini termik ishlov berilgan po`latlardan tayyorlash orqali olish mumkin. Po`lat hozirgi vaqtda tishli g`ildiraklarni tayyorlash uchun asosiy material hisoblanmoqda.
Qattiqligiga bog`liq ravishda po`lat tishli g`ildiraklar ikki asosiy guruhga bo`linadi: HB350 – tishli g`ildiraklar, termik ishlovi normallashtirilgan yoki yaxshilangan; HB>350 – hajmiy toblash, ЮЧТ (yuqori chastotali tok)da toblash, sementatsiyalash, azotlash va boshqalar. Bu guruhlar texnologiyasi, yuk ko`taruvchanlik va ishlashib ketish xususiyati bo`yicha turlicha bo`ladi. 
Tishli g`ildiraklar tayyorlashda ishlatiladigan po`latlarning asosiy mexanik xossalari 2.1- jadvalda keltirilgan.



Po`lat markasi

Zagatovka diametri, mm

Mustahkamlik chegarasi 𝜎𝑣,
𝑀𝑃𝑎

Oquvchanlik chegarasi
𝜎𝑜, 𝑀𝑃𝑎

Qattiqlik HB
(o`rtacha)

Issiqlik ishlovi

45

100 − 500

570

290

190

Normallangan

45

90 gacha
90 −120
120 dan yuq.

780
730
690

440
390
340

230
210
200

Yaxshilangan



30XГС

140 gacha
140 dan yuq.

1020
930

840
740

260
250

40X

120 gacha
120 −160
160 dan yuq.

930
880
830

690
590
540

270
260
245




40XH

150 gacha
150 −180
180 dan yuq.

930
880
835

690
590
540

280
265
250




40Л
45Л



520
540

290
310

160
180

Normallangan

35ГЛ
35ГСЛ



590
790

340
590

190
220

Yaxshilangan

Po`lat markasi

Qattiqlik HRC

Issiqlik ishlovi

30XГС, 35XM, 40X, 40XН
12XНЗA, 18XНN4MA, 20XM
20ГM, 25XГT, 30XГT, 35X
30X2MЮA, 38X2Ю, 40X
40X, 40XН, 35XM

45 − 55
50 – 63
56 – 63
56 – 63
45 − 63

Toblash Sement., tobl. Nitrotsement. Azotlash ЮЧTda yuzaki
toblash


𝐹𝑙𝑖𝑚𝑏

Shuningdek, 2.2 –jadvalda “Bazaviy sikllar sonida normal kuchlanish bo`yicha toliqish chegarasi 𝜎𝐻𝑙𝑖𝑚𝑏” hamda 2.3– jadvalda esa “Egilishdagi chidamlilik chegarasi 𝜎𝑜 va xavfsizlik koeffisienti [𝑆𝐹 qiymatlari” keltirilgan.

Tishlarga
termohimik ishlov berish usuli

Tish yuzalarining o`rtacha qattiqligi

Po`lat

𝜎Н𝑙𝑖𝑚𝑏, MPa

Normallangan yoki yaxshilangan

HB<350

Uglerodli va legirlangan

2HB+70

Hajmiy toblash

HRC 38−50

18 HRC+150

Yuzaki toblash

HRC 40−50

17 HRC+200

Sementatsiyalash va nitrotsementatsiya

HRC >56

Legirlangan

23 HRC

Azotlash

HН 550−750

1050




Po`lat markalari

Issiqlik ishlovi turi

Tishlar qattiqligi

𝝈𝒐 ,
𝑭𝒍𝒊𝒎𝒃
MPa

[𝑺𝑭

yuzasida

o`zagida







40, 45, 40X,
40XH, 40XФA

Normallangan, yaxshilangan

HB 180-350

1,8HB

1.75

40X, 40XН,
40XФA

Hajmiy toblash

HRC 45-55

500-550

1,8

40X,
40XН2MA

ЮЧT da toblash


Yüklə 83,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin