Texnik reglamentlar va ularni ishlab chiqish


Savdodagi texnik tо‘siqlar



Yüklə 99,5 Kb.
səhifə2/4
tarix22.05.2023
ölçüsü99,5 Kb.
#119695
1   2   3   4
TEXNIK REGLAMENTLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQISH

Savdodagi texnik tо‘siqlar - mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlarda mavjud bо‘lgan tafovutlari yoki о‘zgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan tо‘siqlar.


Texnik jihatdan tartibga solishning mohiyati va ahamiyati
Texnik jihatdan tartibga solish deganda ishlab chiqarish va iste’mol qilish sohalari о‘rtasidagi mahsulotlarning xavfsizligi uchun belgilangan talablarga, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish, qо‘llash, foydalanish faoliyatlariga hamda shu talablar ijrosini tekshirishga aloqador munosabatlarni shakllantirish masalalari majmui nazarda tutiladi. Bunda, bozor bir tarafdan biznes va mahsulot aylanishining erkinligi, boshqa tarafdan mahsulot ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish va muvofiqlikni tasdiqlash jarayonlari va boshqa talablar orqali tartibga solinadi.
Amalda reglament – mahsulotning xavfsizligi va unga tegishli jarayonlar uchun zaruriy talablarni belgilaydigan texnik yо‘nalishdagi meyoriy huquqiy xujjat sifatida shakllanadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda, texnik normalar ma’lum shartlilik ulushi bilan iqtisodiy siyosatni hayotga tadbiq etishning kuchli vositasi. Texnik normalar bilan boshqarish yordamida, bozorlarni tashkil etish yoki aksincha bartaraf etish, rivojlanishning zarurlik darajalarini belgilash, boshqa sohalar rivojlanishini saqlagan holda yangi sanoat yо‘nalishlarini ishga tushirish va shu kabi boshqa tadbirlarni amalga oshirish mumkin.
Texnik jihatdan tartibga solish maxsulotlar raqobatbardoshliligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va mahsulotlar hamda ularni ishlab chiqarish jarayonlarini xavfsizligini ta’minlash va mamlakat tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda muhim ustivor ahamiyatga molik yо‘nalish hisoblanadi.


Texnik jihatdan tartibga solish tizimini joriy etish zarurati
Ma’lumki hozirda Respublikamiz iqtisodiyot infrastrukturasini xalqaro jamiyatga integratsiyalash borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda asosiy vazifa savdodagi mavjud texnik tо‘siqlarning еchilishidir. Shu bois, texnik jihatdan tartibga solish bо‘yicha olib borilayotgan faoliyat о‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, jahon bozoriga tо‘siqlarsiz chiqish, Butunjahon savdo tashkiloti talablariga javob berish uchun texnik talablarning oqilona qо‘llanilishi zarur bо‘ladi. Barcha MDH mamlakatlarida shakllangan tartibotga muvofiq О‘zbekistonda ham majburiy talablarni о‘rnatuvchi juda kо‘plab hujjatlar amalga kiritilgan bо‘lib, bu о‘z navbatida ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatishda, shuningdek tashqi savdo munosabatlarida ma’lum texnik tо‘siqlar tug‘diradi. Bunday hujjatlar jumlasiga standartlar, sanitariya va gigiyena qoidalari, qurilish meyorlari va qoidalari, farmokopeya moddalari, fitosanitariya, ekologik, yong‘in, veterinariya, energetika, transport qoidalari kiradi. Bunday tizim xalqaro tajriba hamda Butunjahon savdo tashkilotining “Savdodagi texnik tо‘siqlar” (STT) va “Sanitariya va fitosanitariya choralari” (SFS) tо‘g‘risidagi Bitimlari talablariga ziddir. Ushbu Bitimlar standartlarni ixtiyoriy qо‘llashga asoslangan bо‘lib, majburiy talablar esa boshqa hujjatda mujassamlangan. Bunday hujjat «Texnik reglament» deb ataladi.
Butun jahon savdo tashkilotiga kirish maqsadida respublikamizda olib borilayotgan siyosat, avvalambor ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar raqobatbardoshligini, eksport salohiyatini oshirishga yо‘naltirilgan.



Yüklə 99,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin