О‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi “Texnik jihatdan tartibga solish tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2009 yilning 23 aprelida kuchga kirgan “Texnik jihatdan tartibga solish tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni 4 bob, 28 moddani о‘z ichiga olgan. Ushbu qonunni qabul qilinishi amalda bо‘lgan meyorlashtirish tizimini halqaro amaliyotga yana bir pog‘ana yaqinlashtirdi.
Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qо‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
О‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish tо‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolar sog‘lig‘i va hayoti, atrof - muhit muhofazasi va mamlakat mudofaa va milliy xavfsizligini ta’minlash mexanizmini yaratishga yо‘naltirilgan.
Qonunni qabul qilishdan maqsad eski texnik iqtisodiy xо‘jalik yuritish tizimidan yangi iqtisodiy boshqaruv tizimiga о‘tish va texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, Butun jahon savdo tashkilotiga (VTO) a’zo bо‘lishda texnik tо‘siqlarning oldini olish hamda ushbu tashkilot Kelishuvlari talablari tо‘liq bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bо‘lib, bu о‘z navbatida mamlaktimizda ishlab chiqaruvchilarning chet el hamkorlari bilan teng raqobatlashishiga imkoniyat yaratadi.
Qonunga asosan texnik reglamentlarni ishlab chiqishda mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizlik mezonlarini belgilovchi milliy va xalqaro normativ xujjatlardan foydalaniladi hamda texnik reglamentlarda daliliy baza sifatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlarning matnlari tо‘liq yoki qisman keltirilishi belgilangan.
О‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish tо‘g‘risida”gi Qonuni texnik reglament qabul qilinishi bilan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga standartlashtirish bо‘yicha normativ xujjatlardan foydalanish ixtiyoriy tus olishini belgilab berdi (22 modda). YA’ni mahsulotlar, ishlar va xizmatlar texnik reglamentlar tasdiqlangan bо‘lsa, standartlashtirish bо‘yicha yangi ishlab chiqiladigan normativ xujjatlar foydalanish uchun ixtiyoriy bо‘ladi.