Davlat xizmatlari. Davlat xizmatlarida ham bir qator qulayliklar vujudga keldi. Yaqinda ishga tushgan my.gov.uz saytini hisobga olsak, birinchi chiqarilgan vaqtda unda asosan jarimalar va boshqa bir qator kategoriyalar asosida xizmat ko’rsatgan bo’lsa hozirda esa FHDYO, ma’lumotnomalar, kommunal to’lovlar va OneID tizimi ham ishlab chiqilgan. Har qanday xizmat oson, tez, qulay va uydan chiqmagan holda bajarilmoqda.