Barcha shahsiy kompyuterlarda: asosiy vinchester va diskovodlar bo’ladi. Shahsiy kompyuter o’chirilganda axborotlar o’chib ketmasligi uchun, ular disklarda saqlanadi. Disklarni hujjatlar saqlanadigan jovonlarga o’hshatish mumkin. Disklarni vinchesterlarga nisbatan bitta yahshi tomoni shuki, ularni shahsiy kompyuter yig’gichidan chiqarib olib yonda olib yurish mumkin. Hozirgi vaqtda asosan 3,5 dyuymli yumshoq disklar ko’proq qo’llanadi. Diskda mahsus o’tkich o’rnatilgan bo’lib, diskga yozishda ruhsat berish va ma’n etish uchun qo’llanadi.
Vinchester
Qattiq disklar (vinchester) esa asosan shahsiy kompyuter qutisi ichida joylashgan va mustahkamlangan bo’ladi. Vinchesterlarni disklarga nisbatan ikkita o’ta zarur imkoniyatlari mavjud; ular ancha katta hajmga hamda ancha tezroq ahborotlarni o’qish va yozish hususiyatlariga ega.
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalariga: printеr (bosmaga chiqarish qurilmasi), skanеr (tasvirlarni kompyuter xotirasiga ko’chirish qurilmasi), modеm (tеlеfon tarmog’i orqali global kompyuter tarmog’iga ulanish qurilmasi) va boshqalar kiradi. Sistеmali blok kompyuterning asosiy qurilmasi hisoblanadi va butun tizimning ishini nazorat qiladi.
Monitor kompyuterda bajarilayotgan amallarni foydalanuvchiga namoyon qilish uchun mo’ljallangan qurilma.