1. Tabiat Qonunlarini -»tabiiy-muvofiQ» tamoyili asosida tushuntirishga asoslanish;
2. Insonni muammolar markazi Qilib olish (antropotsentrizm) – insonga tabiatning toji sifatida Qarash;
3. AQliy tafakkur (Rasionalizm)- inson idrok va zakovat orQali atrof muhitni, o‘z-o‘zini biladi deb hisoblash;
Inson nimasi bilan yerdagi boshQa barcha narsalardan farQ Qilib xudoga yaQinlasha oladi, inson Qanday fazilatlarga ega? Insonparvarlik g‘oyalarining rivojlanishi dunyo va insonning diniy konsepsiyasi buzilishiga va XVIII asrda inson shaxsining o‘zini Qadrlash haQidagi ta’limot paydo bo‘lishiga olib keldi. Gumanistlar o‘z ta’limotining ishonch mezoni deb emprik-tajriba va rasionallikni hisobladi. Bu xulosa ularni cherkovni Reformatsiya Qilish (M. Lyuter, J. Kalvin), utopik sotsializm (T. Mor, T. Kampanella) va ijtimoiy pragmatizm (N. Makkiavelli) kabi g‘oyalarni nazariy asoslashga olib keldi.
Uyg‘onish davri gumanistlari dunyo va inson paydo bo‘lishidagi ilohiy g‘oyalarni butunlay inkor Qilmadi, balki olam doimiy va Qat’iy Qonunlarga muvofiQ ravishda bunyodga kelishini tasdiQladilar. Idrok insonga shuning uchun berilganki, idrok yordamida inson bu Qonunlarni tushunib o‘z jamiyatlarini tuzishlarida Qo‘llashi yerda baxtning Qaror topishiga garov bo‘lib oxiratini ham obod Qilishlari mumkin. Inson tabiat Qonunlariga mos ravishda rivojlanuvchi tabiatan aQlli mavjudot hisoblanib, nafaQat moddiy dunyo markazida turadi, u shuningdek, badiiy tushunish va tasvirlash ob’ektining asosi hamdir.
Antropotsentrizm, rasionalizm, ssientizm
Uyg‘onish davri madaniyati yaratgan asosiy Qadriyatlar keyingi asrlar Yevropa madaniyati asosini belgiladi. Uning keng rivojlanishi natijasida XVII asrda «ilmiy inQilob», XVIII asrda Ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tarQalishi va sanoat inQilobi boshlanishiga, nihoyat, XIX-XX asrlar davomida madaniyatning klassik texnikaviy shaklidagi yutuQlarga olib keldi.
XVII asrda fan Yevropaliklar hayotiga, jamiyat ishlab chiQarishining barcha tizimlarini rivojlantirish va me’yorida faoliyat ko‘rsatishning tabiiy va zaruriy sharti bo‘lib maxsus ijtimoiy institut sifatida jadal kirib keldi. Davlat bu turdagi faoliyatning barcha Qiyinchiliklarini o‘zining zimmasiga oldi. XVII asrda ilmiy inQilob matematika va mexanikada sodir bo‘lib, aniQ fanning ikki yo‘nalishi, ya’ni, aksiomatik va tajribaviy faoliyatlar birlashdi. Zamonaviy fanda eksperiment (tajriba) bilishning usuli va Quroli sifatida nazariy fanning antik va o‘rta asrlar shaklida tubdan farQ Qiladi. Eksperimentga tayanuvchi olim antik davr donishmand-faylasufi yoki o‘rta asrlardagi ilohiyotshunosdan farQli olamga mutlaQo boshQacha munosabatni o‘ziga tanladi. U sodir bo‘layotgan hodisalarni kuzatish va mushohada Qilishdan tabiatni ehtiyojiga mos tarzda o‘zgartiruvchiga aylandi va o‘zining sirlarini namoyon Qildi.