4 – xususiyati: bitta sathdagi bir necha konteynerlar, shu joyning o‘zida ulanishi mumkin va nostandart zarur yuklamani joylashtirish uchun qo‘llanadigan bitta uzluksiz konteyner sifatida qaraladi.
5 – xususiyati: bunda 9 * 9 = 81 bayt o‘lchamli alohida sarlavha maydonining shakllanishi (lokal tarmoqlarda paketlarni qayta ishlash me’yori). U zarur bo‘lgan boshqarishni va nazorat axborotini joylashtirish va zarur bo‘lgan ichki ma’lumotlarni uzatish kanallarini tashkil qilish uchun baytning bir qismini olib borish uchun yetarli darajada katta. Freym tuzilishida uzatiladigan har bir bayt, tezligi 64 kbit/s ga teng bo‘lgan oqimga ekvivalent ekanligini hisobga olgan holda berilgan sarlavhani uzatish 5184 Mbit/s ekvivalent xizmat axborotlari oqimini hosil qilishga mos keladi.