Sinxron raqamli iyerarxiya (SDH)ning tuzilish xususiyatlari
SDH, tarmoqning barcha uchastkalarini o‘z ichiga oladigan, axborot uzatish kabi nazorat va boshqarish funksiyalarini bajaradigan ko‘p kanalli umumiy tizimni hosil qiladi. SDH ni qo‘llash orqali apparatura narxini, foydalanish xarajatlarini, sozlash va payvand qilish muddatini, qo‘llanadigan apparaturalar sonini, hajmini kichraytirish mumkin. Bir vaqtning o‘zida aloqa sifati sezilarli darajada oshadi.
U quyidagi xususiyatlarga ega:
1 – xususiyati: SDH tizimlarining uzatish tezligi, Yevropa va Amerika PDH iyerarxiyasining birlashtirilgan standart qatoriga mos keluvchi 1.5; 2; 6; 8; 34; 45; 140 Mbit/s li tarmoqda kirish kanallarini qo‘llashga mo‘ljallangan terminal multipleksorlar (TM) va kirish-chiqishli multipleksorlar (KChM) orqali tashkil qilinadi. Uzatish tezligi belgilangan qatorga mos keluvchi, imkoniyatli kanallarning raqamli signaliga – PDH triblari (trib - aloqachilar terminalogiyasida komponent signallar), uzatish tezligi SDH tezligiga mos keluvchi standart qator signallariga - SDH triblari deyiladi.
2 – xususiyati: SDH triblari o‘lchami PDH iyerarxiyasining triblari sathi bilan aniqlanadigan, belgilangan standart konteynerlarda joylashgan bo‘lishi zarur. Bunday konteynerlar - virtual konteynerlar deyiladi. Virtual konteynerlar guruhda ikkita har xil usulda birlashishi mumkin. Past sathdagi konteynerlarni yuqori sathli konteynerlarning zarur yuklamasi sifatida qo‘llash va multipleksorlash mumkin. Bu o‘z navbatida eng yuqori sathdagi (eng katta o‘lchamdagi) STM-1 freym konteynerining zarur yuklamasi bo‘lib xizmat qiladi.
3 – xususiyati: bunda virtual konteyner holatini qayta ishlashni sinxronlashtirish dalillari orasidagi qarama-qarshilik va maydon ichidagi kerakli yuklamaga ega bo‘lgan konteyner holatining mumkin bo‘lgan o‘zgarishini, ko‘rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin, hattoki, o‘lchamlari har xil bo‘lgan konteynerlar va yuqori sathli konteynerlarning hajmi ancha yuqori bo‘lganda ham, u baribir yetarli darajada bo‘lmasligi mumkin yoki yuklama ostida o‘lchami kichik bo‘lgan bir nechtasini ajratish mumkin. Buning uchun SDH texnologiyasida konteynerlarni o’zaro ta’sirlashish imkoniyati ko’rib chiqilgan. Hosil bo‘lgan konteynerlar asosiysidan, mos keluvchi indeksi bilan farqlanadi (yuklamaning aralashishi nuqtai nazaridan), xuddi bitta katta konteyner singari ko‘rsatilgan imkoniyat bir tomondan nomlanishga ega bo‘lgan konteynerlarni qo‘llashni optimallashtiradi, boshqa tomondan uni aniq bo‘lmagan qayta ishlash lahzasida yangi turdagi yuklamani texnologiya bilan oson moslashtirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |