Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar
Ishlab chiqarish bunday muammolarni oldini olish, jarohatlanishga qarshi kurashni, baxtsiz hodisalarni oldini oluvchi zamonaviy vositalardan keng foydalanmasdan turib hal qilib bo’lmaydi.
Insonni xavfli ishlab chiqarish omillardan himoyalash usuli: aktiv va passiv bo’ladi.
Aktiv himoya xavfli omil hosil bo’lishini yo’qotishga yoki uning xavflilik darajasini kamaytirishga yo’naltiradi. Passiv himoya xavfli omillarning insonga ta’sirini oldini oluvchi kompleks tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bunga insonni xavfli zonadan chiqarish yoki insonni xavfli zonada bo’lmasligi uchun sharoit yaratish bilan yerishiladi. Passiv himoyalash ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish uskuna va jihozlarni konstruksiyalarini yaxshilash orqali ta’minlanadi. Agar qayd qilingan tadbirlar bilan ishlovchilarning xavfsizligi to’laligicha ta’min etilmasa, individual himoya vositalarini (kaskalar, ko’z oynaklar, respiratorlar va boshqalar) qo’llanilishini taqoza etadi.
Himoya vositalarini ish jarayoniga shunday jihozlashkerakki, aksincha holatda himoya vositalari bilan ish jarayonini bajarish mumkin bo’lmasin. Himoyalovchi qurilma xavf paydo bo’lishi bilan ishga tushishi va xavfli yoki zararli omilining ta’siri to’xtamaguncha o’zini ishchi holatini to’xtatmasligikerak. Himoyalovchi qurilmalarning konstruksiyasi shunday bo’lishikerakki, uning biror alohida elementining ishlamasligi, boshqa himoya vositalarining ishini to’xtamasligi va qo’shimcha xavf tug’dirmasligikerak.
Himoya vositalari unga texnik xizmat ko’rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo’lishikerak. Zarur hollarda himoya vositalari ishini nazorat qilish uchun ular avtomatik qurilmalar bilan ta’minlanishi mumkin. Zamonaviy mexanizmlardan qurilmalarda hamda texnologik liniyalarda ishlarni xavfsizligi to’siq, xavfdan saqlovchi qurilmalari va signal, masofadan boshqarish sistemasi, individual himoya vositalardan foydalanish va himoyalovchi vositalar sozligini muntazam nazorat qilishini ta’minlanadi.
Texnika va xavfsizligi qoidalari
Ma'lumki elektr toki o'tayotgan ochiq simlar, uzgichlar yoki metall qismi yerga ulanmagan elektrotexnika qurilmalariga qo'l bilan tegilsa kishi hayoti uchun havfli hodisa ro'y berishi mumkin. Odam tanasi elektr tokining o'tishiga ma'lum qarshilik ko'rsatadi va uning qiymati odamning ayni vaqtdagi holatiga (tetiklik, asab sistemasining ishi, terining namligi va quruqligi va hokazo) ko'ra har hil bo'ladi.
Agar odam tanasining ustki qismi (terisi) jarohatlanmagan, namlanmagan (quruq) bo'lsa, uning qarshiligi 40000-300000 Om, jarohatlangan nam holatda bo'lsa u keskin kamayadi va bir necha yuz Omga teng bo'ladi. – Kishi tanasidan o'tadigan tok kuchi Ie =U/RG formula bo'yicha ifodalanadi va uning qiymati 0,01-0,015 A bo'lsa hayot uchun havfli, 0,08 A dan ortishi esa o'limga olib keladi. Kishi tanasidan o'tadigan kichik tok ham davomli bo'lsa o'lim havfi sodir bo'lishi mumkin. Shu sababli tok ta'siridagi odamga beriladigan tez yordam uni tokdan ajratish bilan boshlanishi zarur. Bunda ulab - uzgichlardan foydalanish imkoni bo'lmasa, uni tok manbaidan uzish yoki darhol yog’och dastali tesha yoki bolta bilan tokli simni chopib tashlash, bo'lmasa biror matodan izolyaciya sifatida foydalanib, jabrlanuvchini tokdan ajratish kerak. So'ngra 4-5 daqiqa o'tmasdan jarohatlangan kishiga sun'iy nafas berilishi kerak
Odamdan o'tadigan tokning qiymati badan (asosan - teri qatlami) qarshiligidan tashqari, oyoq kiyimi va pol materialining qarshiliklari bilan aniqlanadi. Elektr qurilmalari shartli ravishda yuqori va past kuchlanishlarga bo'linadi. Faza simi bilan er orasidagi kuchlanish 1000 V gacha bo'lgan qurilmalar past kuchlanishlarga kiradi va bunday qurilmalarda ishlashda havfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish kerak. hamda quruq xonalar uchun 36- 40 V, nam honalarda esa 12 V kuchlanish inson hayoti uchun havfsiz hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |