Texnika xavfsizligi haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 42,99 Kb.
səhifə3/6
tarix16.05.2023
ölçüsü42,99 Kb.
#114190
1   2   3   4   5   6
diplom ishi malumotlar

ELEKTR XAVFSIZLIGI

Sanoatda elektr energiyasidan keng ko’lamda foydalanish yo’lga qo‘yilganligi sababli elektr toki' ta’sirida ro‘y berishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o'rnatish nihoyatda muhim. Umuman elektr toki ta’siri faqat birgina biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga boMinadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.


1. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
Elektr tokidan inson organizmida termik (ya’ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi. Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joylarida qo‘yish, qon tomirlari, nerv va hujayralaming qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlaming parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimini kesib o‘tmasdan tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Elektr tokining biologik ta’siri — bu tirik organizm uchun xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik hujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlar buziladi. Ya’ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunda tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holati vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir funksiyalari bajarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va hokozo.
Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, uni ikki gruppaga bo‘lib qarash mumkin: mahalliy elektr ta’siri va tok urishi. Mahalliy elektr ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari hosil boMishi, terming metallashib qolishi hollarini ko'rsatish mumkin. Elektr ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr o'tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir boladi. Elektro‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyishturlicha boMishi mumkin. Yengil kuyish faqat yalliglanish bilan
chegaralanadi, o'rtacha ogMrlikdagi kuyishda pufakchalar hosil
boMadi va ogMr kuyish - hujayra va terilar ko‘mirga aylanib, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari — bu terming ustki qismida aniq kulrang yoki och-sargMsh rangli 1—5 mm diametrdagi belgi paydo boMishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar odatda xavfli emas.
Terming metallashib qolishda, odatda erib mayda zar-
rachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi.Bu
holat ham elektr yoyi hosil boMganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqto'tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qandayasorat qoldirmaydi.
Elektr urishi (yoki tok urishi deb ham yuritiladi) to‘rt darajaga
bolib qaraladi.
1. muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan
chiqib ketadi va hushini yo'qotmaydi.
2. muskullar keskin qisqarishi natijasida > odam hushini
yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi.
III hushini yo'qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi
to'xtab qoladi.
3. klinik olim holati, bunda insonda hech qanday hayot alo-
matlari ko'rinmay qoladi.Klinik o’lim holati bu hayot bilan o’lim oraligi bolib, ma’lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Buvaqtda unda hayot belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish bolmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz boladi, og‘riq sezmaydi, ko‘zqorachigi kengayadi va yoruglikni sezmaydi. Ammo bu davrdahali undagi hayot butunlay so‘nmagan, hujayralarda ma’lummodda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning
minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga yetarli boladi. Shuning uchun tashqi ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo'qotgan organizmning ba’zi bir qismlarini tiklash natijasida, uni hayotga qaytarish imkoniyati bor. Klinik o‘lim holati 5—8 minut davom etadi.
Hech qanday yordam bo'lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig'idagi hujayralar parchalanadi va klinik o‘lim holati biologic ulim holatiga o'tadi.
Biologik o‘lim-qaytarib bo'lmaydigan jarayon bo'lib, or-
ganizmdagi biologik jarayonlar butunlay to‘xtashi bilan xarakterlanadi, shuningdek, organizmdagi oqsil parchalanadi. Bu klinik o‘limvaqti tugagandan keyin ro‘y beradi. Tokning inson organizmiga ta’siri bir necha omillarga bog‘liq. Asosiy omillardan biri insonga tok ta’sirining davomliligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha ko‘p qolib ketsa, u shuncha ko'p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida
odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek, tokning turi va chastotasi katta rol o'ynaydi.
Inson organizmining tok ta’siriga ma’lum qarshiligi, shuning­
dek, tokning kuchlanishi ma’lum ta’sir darajasini belgilaydi, chunki inson organizmining qarshiligi o‘zgarmagan holda, kuchlanish ko'payishi natijasida organizmdan oqib o'tgan tok miqdori oshib ketadi.
Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar
qarshiliklari yig'indisi sifatida olinadi.
Teri, asosan quruq va o'lik hujayralaming qattiq qatlamlaridan
tashkil topganligi sababli katta qarshilikka ega va u umuman inson organizmining qarshiligini ifodalaydi.
Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas.
Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2.000 dan 20.000 Om gacha va undan yuqori qarshilikka ega bo‘lgani holda, namlangan, zarar­ langan teri qarshiligi 40—5000 Om qarshilikka ega bo‘ladi va bu
qarshilik inson ichki a’zolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Aytil-
ganlami hisobga olgan holda umuman texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan.
Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning miqdori uning
asoratini belgilaydi, ya’ni oqib o‘tgan tok qancha katta bo'lsa,
uning asorati ham shuncha katta bo'ladi.
Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6—1,5
mA oqib o'tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi.
Agar inson organizmidan oqib o'tgan tokning miqdori 10—15
mA ga yetsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, insono'z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo'ladi,ya’ni elektr toki bo'lgan simni ushlab turgan bo'lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek, unga ta’sir ko'rsatayotgan elektr simini olib tashlay olmaydi. Bunday tok chegara miqdordagi ushlab qoluv-chi tok deyiladi. Tok miqdori 25—50 mA ga yetsa, unda tok ta’siri ko‘krak qafasiga ta’sir ko'rsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Tok ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ya’ni bir necha minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab qolishi natijasida odam o'lishi mumkin. Tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo'lsa,bunday tok yiirak muskullariga ta’sir ko'rsatadi va yurakning ish­lash ritmi buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o'limga olib keladi. Inson organizmi orqali oqib o'tgan tokning davomliligi ham alohida ahamiyatga ega,
chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson organizmining tok o'tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri organizmda yig‘ila borishi natijasida asorat og‘irlasha boradi. Tokning turi va chastotasi hani zararli ta’sir ko'rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Eng zararli tok 20—lOOGs atrofidagi elektr toki hisoblanadi. Chastotasi20 Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarning ta’sir darajasi kamayadi.
Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo'lmaydi,
lekin kuydirishi mumkin. Agar tok o'zgarmas bo'lsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori 6—7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50—70 mA, 0,5 s davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo'lgan miqdori 300 mA gacha ortadi.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam
ko‘rsatish Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi: tok ta’siridan qutqarish va birinchi yordam ko‘rsatish. Tok ta’siridan qutqarish o'z navbatida bir necha xil bo'lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o'sha qismiga kelayotgan tokni o'chirishdir. Agar buning iloji bo'lmasa (masalan, o'chirish qurilmasi uzoqda bo'lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko'p bo'lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog'ochli bo'lgan boltalar bi­
lan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo'lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr to­kining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo'lsa, unda dielektrik qo'lqop va elektr izolatsiyasi mustahkam bo'lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak. Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish, un­ing holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi hushini yo'qotmagan bo‘lsa, uning tinchligini ta’minlab, shifokor kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan ammo nafas olishi va
yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, unda uni quruq va qulay joyga
yotqizish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishni
ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash,
tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash
holati bo‘lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo'lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish
bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan
qutqazib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas oldirish «ogizdan og‘izga» deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko'rsatuvchi kishi o‘z o'pkasini havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishi og'zi orqali uning o'pkasiga bu havoni haydaydi. Odam o‘pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o'pkasi ishlashi uchun yetarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og'zini ochib begona narsalardan tozalanadi. Havo o'tish yo'lini ochish uchun boshini bir qo‘li bilan peshona aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bi­lan dahanidan tortib, dahanini bo‘yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi. Shundan keyin ko'krak qafasini to‘ldirib nafasolib, kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og‘zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining butunlay berkitishi va yuzi yoki panjalari yordamidauning bumini berkitish kerak.
Shundan keyin yordam ko'rsatuvchi boshini ko'tarib yana
o'pkasini havoga to'ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqaradi. Bir minutda taxminan 10—12 marta puflashni doka, dastro‘mol va trubka orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni uning nafas olishiga bemor o‘ziga kelguncha davom et-
tiriladi.

Ekalogiya



Tabiat o ‘ziga xos murakkab tizim bo'lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o ‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziqovqat, mineral va yonilg'i xomashyolarini oladi va o'zining hayot faoliyati davomida tabiatga o ‘z t a ’sirini k o ‘rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo'lgan yangi obyektlar vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo'llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo'jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiv muhitiga o‘ztasirini ko'rsatmay qolmaydi. Yer yuzida aholi sonining keskin o ‘sib borishi, fan va texnikaning shiddatii taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiv resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko'proq foydalanish va shu yo‘l bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqoeo qiladi. Natijada tabiat va inson o'rtasidagi o'zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning buzilishi esa crtami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi. Hozirgi kunga kelib, butun dunyodagi ekologik holat ko'pchilikni birdek bezovta qilmoqda. Ekologik halokat ko’z o ‘ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik inqirozning sababchisi va o ‘z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli etuvchisi ham Inson ekanligi malum bo‘lib qoldi. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish k o ‘p jihatdan insonlar qaysi jamiyatda yashashlaridan qatiy nazar insonlarning ekologik savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bogiiq. Mustaqil respubiikamizdagi ekologik muammolarni hal qilish uchun aholining ekologik savodxonligini oshirish eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, t a ’lim tizimining barcha bosqichlarida «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari» fanini o'qitish muhim ahamiyatga ega. M a’lumki. hozirgi kunda umumta’lim maktablarida, maxsus litsey va ixlisosiashthilgan o'q uv yurtlarida, shuningdek. oliy o ‘quv yurtlarkia ekoiogiva fani o ‘qitiimoqda. Bu hoi ta’limning har bir hosqichiga mos keladigan darslik va o'quv qo'llanmalarini yaratishni taqozo qiiadi. Ekologiya fani nihoyatda ko ‘p tarmoqlarni o ‘z ichiga oladi. iMasaian, bioekologiya, geoekologiya, ijtimoiy ekologiya, inson ekologiyasi va hokazo. Ekologiyaning barcha sohalarini faqat ayrim soha nnitaxassisi o'zlashtirib olishi qiyin. Shuning uchun hozirga qadar ekologiya bo'yicha yaratilgan darslik yoki o'quv qo'llanmalari uninji muailiflari sohasiga moslab yozilgan. Shuning uchun mavjud darslik va о quv qo'llanmalari aynan shu soha bo'yicha ta ’lim oluvchi yoki shu soha bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun ayni muddao. Ushbu darslik mualliflaming bir necha yillar davomida turli ta’lim yo'naiishlarida bilim oluvchi talabalarga ekologiya fanidan darsberishjarayonlarida to'plagan materiallariasosida tayyorlandi. Uni yozishdavomida respublikamizda chop etilgan ekologiyaga doir barcha darslik va o'quv qo'llamnalaridan, shuningdek, chet el adabiyotlaridan keng foydalanildi. Darslikda ekologiyaning barcha tarmoqlarini qisqacha yoritishga, talabalar maxsus ekologiyani to'la tushunib olishlari uchun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslarini yoiitib berishga harakat qilingan. Darslik 6ta bob va 34ta bo'limdan iborat. Darslikda ekologiyaning umumiy masalalari, havo, suv, yer va biosferaning iOoslanishi. ifloslantiruvchi manba va moddalari, ifloslanish oqibatlari. ularni bartaraf qilish chora-tadbirlari, atrof-muhit muhofazasini tashkil etish va uning huquqiy asoslari, xalqaro ekologik hamkorlik, ekologik tarbiya va ta ’lim masalalari yoritilgan. Har bir mavzu mohiyatini ochib berishda avval dunyo bo'yicha m a ’lumotlar berilib, so'ngra respublikamizdagi ahvol talqin qilingan. Shuningdek, darslikda fransiyalik professor Frar.sua Ramadening «Ekologiya asoslari» nomli kitobidan o'zbek tiliga tarjirna qilingan m a ’lumotlar va turli chizmalardan keng foydaianilgan.
Sinxron raqamli iyerarxiya (SDH).
SDH ni hosil qilishdan maqsad.
1. Kirish oqimlarini yig‘masdan va ajratmasdan kiritish va chiqarish (masalan, Ye1 oqimlarni kiritamiz, bunday oqimlar 63 ta, shundan bittasini osongina ajratib olish mumkin. Bundan tashqari oqimlar, turli sinxronizatsiyalash chastotasiga yega);
2. Har qanday murakkab topologiyali boshqaruv tarmoqlarini marshrutlarini amalgaoshirish uchun freymlarning yangi tuzilishini qayta ishlash zarur (masalan, paketli aloqada aniq manzili va marshruti aniqlangan bo‘lishi lozim);
3. Bir qator uzatish tezliklarini tizimlashtirish va PDH chegarasida davom yettirish (PDHda har birining standart tezligi 64 kbit/s ga teng bo‘lgan, 3ta: Amerika, Yaponiya, Yevropa iyerarxiyasi mavjud yedi. Optik tolaga o‘tgandan keyin barcha tizimlar birlashtirildi va barcha triblar STM-1 deb ataldi). Sinxron raqamli iyerarxiya 5-satxdan iborat va shunga mos holda har safar uzatish tezligi ham osha boradi.
1- sath: STM-1,
2- sath: STM-4 = STM-1 * 4
3- sath: STM-16 = STM-4 * 4
4- sath: STM-64 = STM-16 * 4
5- sath: STM-256 = STM-64 * 4
SDH tizimlarini vujudga keltirish orqali barcha berilgan triblarni (komponent signallarni), har qanday SDH tizimlariga o‘tishda Amerika, Yaponiya, Yevropa standarlariga birlashtirishni (E1 ….. EN) qarab chiqadi.
4.Virtual konteynerlar asosida “bir-birini ichiga joylashtirish” texnologiyasini qo‘llash.
5. SDH tizimlarini qayta ishlashdan oldin optik muxitda uzatishni qo‘llash belgilangan va SDH uchun birlamchi standart tezlik 155 Mbit/s ga teng (barcha zarur narsalar konteynerda joylashadi).
SDH ning afzalligi.
1. Sinxron tarmoqlarda bitta kirish-chiqishli multipleksorlar, E1 boshlang‘ich triblarini STM freymiga o‘zgartirishni amalga oshiradi. PDH iyerarxiyasida yuqorisatxga o‘tish uchun bir necha marta o‘zgartirish zarur bo‘lsa, bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri E1 sathidan SDH (STM-1) sathiga o‘tishni amalga oshirish mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan qurilmalarni tiklashga va ta’minotini tejashga olib keladi;
2. Ishonchlilik va tarmoqni qayta tiklash. Optik tolali uzatish tizimlarida shovqin ta’siri tufayli yemas, balki uning (SDH ning) arxitekturasi va tarmoqni boshqarish hisobiga tarmoq rad yetmasdan ishlaydi;
3. Boshqariladigan tarmoqlarning o‘ta chidamliligi. Bu liniyadagi kanallar sonining juda ko‘pligi va kompyuter iyerarxiyasining yelementi orqali yo tarmoqli sathga yega bo‘lgan boshqarish, bundan tashqari tarmoqni biror markazdan, masofadan turib boshqarish imkonidir (STM-1 sarlavxasi 80 baytdan iborat bo‘lib, shundan 20 tasi axborotli signallar uchun, 60 tasi yesa bo‘sh hisoblanib, ular tarmoqni boshqarish uchun qo‘llaniladi);
4. Boshqa zamonaviy texnologiyalarni o‘ziga biriktirgan holda, har qanday trafikni (yuklamani) uzatish imkoni, masalan, Frame Relay – hozirgi zamonaviy tizimlardan biri (32 baytli ATM paketi) yoki qatorlar orasida bir qonun bo‘lishi lozim. Axborotli yuklamalarga sarlavha maydonini ishlash orqali sinxron transport moduli (STM–1)ning o‘lchovi aniqlanadi: 9x261 + 9x9=9x270=2430 bayt yoki 2430x8=19440 bit, 8 kGs takrorlanish chastotasida SDH iyerarxiyasidagi tezlikni aniqlash imkonini beradi: 19440x8000=155,52 Mbit/s.
Sinxron raqamli iyerarxiya (SRI) (SDH)da liniyalisignallari besh bosqichga yega sinxron raqamli multipleksorlarda (STM) – (Synchronous Dijital Multiplexer) shakllanadi.
Ma’lumotni raqamli trakt orqali yuboruvchi bunday bloklar sinxron transport modullariSTM (Synchronous Transport Module) deyiladi. Multipleksorlar yordamida shakillanadigan transport modullari besh bosqichga bo‘linadi:
Birinchi bosqich – STM-1 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 155 Mbit/s). bunday tezlik 2 Mbit/s tezlikdagi 63 ta raqamli signallar oqimini uzatishni ta’minlaydi. Tovush chastotali kanallarning soni yesa 63x30=1890ga teng bo‘ladi. (Ikki megabitli oqimning ikkita xizmat kanallari asosan hisobga olinmaydi);
Ikkinchi bosqich – STM-4. Sinxron raqamli opik liniya traktidagi uzatish tezligi 622 Mbit/s. Bunday tezlik 4 ta STM-1 transport modullarini 155 Mbit/s tezlikda uzatishni ta’minlaydi. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890x4=7560 ta.
Uchinchi bosqich – STM-16. Sinxron raqamli optik liniya traktdagi uzatish tezligi 2488 Mbit/s. Bu 4 ta 622 Mbit/s tezlikdagi STM-4 transport modullarini birlashmasidir. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890x16=30240ta.To‘rtinchi bosqich – STM-64. Sinxron raqamli optik liniya traktidagi uzatish tezligi 9952 Mbit/s. 4 ta STM-16 transport modullarining birlashmasi. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890x64=120960ta.
Beshinchi bosqich – STM-256. Sinxron raqamli optik liniya traktdagi uzatish tezligi 39808 Mbit/s. 4 ta STM-64 transport modullarining birlashmasi. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890x256=483840ta.
Sinxronraqamliiyerarxiya multipleksorlari.
Sinxron raqamli multipleksorlar SDH tarmog‘ining yeng asosiy qurilmasi hisoblanadi. Multipleksor past tezlikli raqamli oqimlardan yuqori tezlikli raqamli oqimlarni yig‘ish (multipleksorlash) va yuqori tezlikli raqamli oqimlardan past tezlikli raqamli oqimlarni hosil qilish (demultipleksorlash) uchun mo‘ljallangan. SDH multipleksorlari (SMUX)ning oddiy PDH multipleksorlaridan farqi shuki, u o‘zining multipleksorlash funksiyasidan tashqari, ulanuvchi terminal qurilma funksiyasini ham bajaradi. SDH multipleksorlari universal va ulardan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Birgina SDH multipleksorlari faqatgina multipleksorlashdan tashqari kommutatsiyalash, regeneratsiyalash va konsentratsiyalash imkonini ham beradi. Bu SDH multipleksorlarining turli modul konstruksiyaga yega yekanligi hisobiga amalga oshadi. SDH multipleksorlari ikki asosiy turga bo‘linadi: terminal multipleksorlar (TM) va kirish/chiqishli (ADM)multipleksorlar.
Terminal multipleksor (TM)lar, PDH, SDH iyerarxiyasi triblariga mos keluvchi, ulanuvchi kanallarga yega bo‘lgan SDH tarmoqlarining oxirgi qurilmalari hisoblanadi. TM lar kanallarni kiritish, ya’ni liniya chiqishini trib interfeyslari kirishi bilan kommutatsiyalash yoki kanallarni chiqarish, ya’ni trib interfeyslari chiqishini liniya kirishi bilan kommutatsiyalashi mumkin, shuningdek birorta trib interfeysi chiqishi bilan lokal kommutatsiyalanishi ham mumkin.SDH multipleksorlarining yeng asosiy xususiyatlaridan biri ikkita optik liniya chiqishlariga

Yüklə 42,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin