2. Ishlab chiqarish amaliyotning maqsadi va vazifalari Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi – bu olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va real ishlab chiqarish sharoitlarida tegishli ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarini naqadar ob`ektiv ekanligini baholash va asoslab berish. Zarur bo‘lganda, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qo‘llashni o‘rganishdir.
Amaliyotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korxonada tеxnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining umumiy tavsiflarini o‘rganish;
ishlab chiqarish sharoitidagi tеxnik ob'еktlarni boshqarish tizimlarining ishlash xususiyatlarini o‘rganish;
korxonadagi avtomatik (avtomatlashtirilgan) boshqarish tizimining asosiy elеmеntlarini va qurilmalari tasiflarini taxlil qilish;
korxonaning konstruktorlik-tеxnologik xujjatlari, tеxnik adabiyotlari, ilmiy-tеxnik xisobotlari va boshqa axborot manbalari taxlil qilish;
3. Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish Nazariy o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlab, fanlardan yakuny reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan talabalargagina ga yo‘llanma beriladi. Talabalarni amaliyotga yo‘llash uchun asos bo‘lib, institut va korxona ma'muriyati bilan tuzilgan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash maqsadida rasmiylashtirilgan shartnoma hisoblanadi. Amaliyot boshlanishi oldidan talabalar bilan yig’ilish o‘tkazilib, unda amaliyotning maqsadi, vazifalari, tartibi va muddati tushuntiriladi, ularga dastur, kundalik va korxonaga yo‘llanma beriladi.
Amaliyotga rahbarlik qilish bir tomonidan kafedra o‘qituvchilariga, ikkinchi tomondan korxonaning iqtisodiy bo‘limlarining eng tajribali rahbarlaridan biriga buyruq bilan yuklatiladi.
Kafedra va ishlab shiqarishdan tayinlangan rahbarlar amaliyotni o‘tash jarayoni bo‘ycha talabalarning faolyotini to‘liq nazorat qiladi (kundalikni olib borishni, davomadi, institut va korxona ichki tartib qoidalariga, texnika havfsizligi qoidalariga amal qilishi, grafikka binoan bajarilgan topshiriqning hajmi va sifatini tekshirishni), uslubiy yordam ko‘rsatadi va maslahatlar beradi.
Korxona tomonidan tayinlangan rahbar amaliyotchining kundalik ishini tashkil etadi, talabaga o‘zining ish joyini tashkil etishda, amaliy materiallarni tanlash, o‘rganish va tahlil etishga ko‘maklashadi. Amaliyot tamom bo‘lishi bilan har ikki rahbar ham hisobot bo‘yicha yozma taqriz beradi. Unda amaliyotchining ishchanligi bilan birga, amalga oshirilgan hisob-kitoblar va keltirilgan raqamlar, ma'lumotlarning ob'ektivligi va aniqligi tavsiflanadi.