Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari


Тalabalar majburiyat va vazifalari



Yüklə 197 Kb.
səhifə3/6
tarix25.04.2023
ölçüsü197 Kb.
#102252
1   2   3   4   5   6
3 курс Ишлаб чикариш амалиётидан

4.Тalabalar majburiyat va vazifalari
Amaliyotga kirishish bilan talaba shuni ko‘zda tutishi kerakki, amaliyot joylaridagi vazifalarga bo‘lgan munosabat nafaqat amaliyot dasturini bajarilishiga, balki hisobotni muvaffaqiyatli himoya qilishga bevosita bog’liqdir.
Amaliyotchining majbiriyatlariga quyidagilar kiradi:

  • amaliyotni o‘z vaqtida boshlash va tugallash muddatlariga qat'iy amal qilish;

  • belgilangan amaliyot davrida korxonada ish kunlari davomida to‘la qatnashish;

  • korxonada belgilangan ichki tartib va qoidalarga rioya qilish;

  • hisobot uchun zaruriy ma'lumotlar va ilmiy manbalarni to‘plash va tahlil qilish;

  • kafedradan tayinlangan rahbar, professor-o‘qituvchi bilan amaliyot davrida kelishilgan muddatlarda uchrashib, tegishli ko‘rsatmalarni bajarib borish.

Yuqoridagi vazifalarni talab darajasida bajarilmasligi kafedra tomonidan talabani amaliyot bo‘yicha hisobotni himoyaga qo‘yilmasligiga asos bo‘lishi mumkin.

5. Ishlab chiqarish amaliyoti mazmuni
Ishlab chiqarish amaliyoti 3-kurs talabalari uchun 5 haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, uni o‘tish tartibi quyidagi jadvalda berilgan:



Bajariladigan ishlar

Ish kuni soni, kunlarda

1

Amaliyotni rejalashtirish va texnika xavfsizligi xaqida ko‘rsatmalar olish

1

2.

Korxona bilan umumiy tanishish (Tarixi, nizomi, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish xususiyatlari, tarmoqqa mansubligi bozordagi mavqei bilan tanishish)

2

3

Korxonada tеxnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining umumiy tavsiflarini o‘rganish

5

4

Ishlab chiqarish sharoitidagi tеxnik ob'еktlarni boshqarish tizimlarining ishlash xususiyatlarini o‘rganish

5

5

Korxonadagi avtomatik (avtomatlashtirilgan) boshqarish tizimining asosiy elеmеntlarini va qurilmalari tavsiflarini taxlil qilish

5

6

Korxonaning konstruktorlik-tеxnologik xujjatlari, tеxnik adabiyotlari, ilmiy-tеxnik hisobotlari va boshqa axborot manbalarini taxlil qilish

5

7

Hisobot uchun ma’lumotlar to‘plash

5

8

Amaliyot natijalarini rasmiylashtirish

2




Jami

30




Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin