Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari


Amaliyot natijalari bo‘yicha «Hisobot» tayyorlash tartibi



Yüklə 197 Kb.
səhifə5/6
tarix25.04.2023
ölçüsü197 Kb.
#102252
1   2   3   4   5   6
3 курс Ишлаб чикариш амалиётидан

7. Amaliyot natijalari bo‘yicha «Hisobot» tayyorlash tartibi.
Kirish qismida ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi va vazifalari (3 bet).
1. Korxonada tеxnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining umumiy tavsiflari (10-12 bеt).
2. Ishlab chiqarish sharoitidagi tеxnik ob'еktlarni boshqarish tizimlarining ishlash xususiyatlari (10-12 bеt).
3. Korxonadagi avtomatik (avtomatlashtirilgan) boshqarish tizimining asosiy elеmеntlarini va qurilmalari tasiflari (10-12 bеt).
4. Korxonaning konstruktorlik-tеxnologik xujjatlari, tеxnik adabiyotlari, ilmiy-tеxnik hisobotlari va boshqa axborot manbalari taxlili (5-7 bеt).
Xulosa va takliflar qismida korxonani boshqarish tartibi va uning ishlab chiqarish samaradorligi bo‘yicha erishilgan darajasini, fan-texnika yutuqlarini, innovatsion loyixalarni joriy etish imkoniyatlari va uni istiqbollari ko‘rsatiladi (3-5 bet)
Kundalik daftar, amaliyot ob'ektining ushbu talabaning ob'ektga amaliyotchi sifatida tayinlanganligi haqidagi buyrug`idan ko‘chirma, hisobotga qo‘shib kafedraga himoya uchun belgilangan muddatda topshiriladi.
Amaliyot davrida bajarilgan ishlar kundalik daftarda yuritilib, undagi ishlab chiqilgan reja asosida hisobot rasmiylashtiriladi. Hisobotning xajmi kamida 35-40 betdan iborat bo‘lishi lozim.
8. Adabiyotlardan foydalanish tartiblari
Hisobotni yozish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbaalar albatta «Adabiyotlar ro‘yxati» qismida keltirilishi shart.
Har bir manba bo‘yicha:

  1. foydalanilgan adabiyotning ro‘yxat bo‘yicha tartib raqami;

  2. muallifning familiyasi hamda ismi, sharifining bosh harfi;

  3. adabiyotning nomi;

  4. nashr qilingan joyning nomi;

  5. nashriyot nomi;

  6. chop etilgan yili ko‘rsatilishi shart.

Adabiyot deyilganda, odatda, Qonunlar, Prezident Farmonlari va hukumat qarorlarining to‘plamlari, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, broshyura, ma'ruza matnlari, hamda davriy nashrlar (gazeta, jurnallar) tushuniladi.
Adabiyotlar ro‘yxatiga gazeta va jurnallar kiritilganda gazeta yoki jurnalning nomi, nashr sanasi, nomeri va albatta sahifasi raqami (bet) keltiraladi.



Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin