Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 9,11 Kb.
səhifə1/2
tarix20.06.2023
ölçüsü9,11 Kb.
#133004
  1   2
taqriz-ichki-Dilshod


Namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti 5311000 -"Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish" bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha bitiruvchi Odiljonov Dilshod Damin o'g'lining “Suv sathini avtomatik nazorat qiluvchi labaratoriya stendi va uning optimal yechimlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
1. Bitiruv malaka ishining bo’limlari bo’yicha masalalarni hal etishning to’g’riligi va to’laligi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, iqtisodiy qism, mehnat muhofazasi va ekologik qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining hajmi 62 betni tashkil etgan. Bitiruv malakaviy ishida olingan natijalarning ilmiy ahamiyati ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarishda sanoat korxonalarining rivojlantirish jarayonlarida qo’llash mumkinligi bilan asoslanadi.
2. Tushuntirish hisоbоt yozuvlarining sifati va ta`riflash. Hozirgi vaqtda rеspublikamizda avtomatlashtirish va boshqarish yo’nalishiga, xususan, turli tеxnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarishda enеrgiya va rеsurs tеjamkorlikni ta`minlovchi, takomillashgan boshqarish sistеmalarini yaratishga katta e`tibor qaratilmoqda. Sanoatdagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot texnologiyani takomillashtirish, shuningdek poyapzallar tayyorlash texnologiyasini avtomatlashtirish, prinsipial yangi texnologik jarayonlarni joriy etish, asbob-uskunalarni, birinchi navbatda, avtomatlashtirilgan, mikroprotsessorli va kompyuterli boshqaruv va boshqaruv tizimlari bilan modernizatsiya qilish darajasi bilan belgilanadi; texnologik uchastkalar, ustaxonalar, korxonalar va boshqalarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini keng qo'llash muhim vazifalardan biri bo’lib kelmoqda.
Ehtiyot qismlardan poyabzal ishlab chiqarish an'anaviy ravishda qo'l mehnatidan foydalanishga yo'naltirilgan uskunalarda ko'plab turli xil operatsiyalarni o'z ichiga oladi. Poyafzal dastgohlarini avtomatlashtirish asosan ishchining jismoniy mehnatini engillashtirish maqsadida isitish, presslash va boshqa operatsiyalarni avtomatik tartibga solishni ta'minlaydi, lekin umuman olganda, qo'l mehnatining ulushi hali ham juda katta.

Yüklə 9,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin