M e’yordagi to‘xtatish. Umumiy mulohazalar. „M e’yordagi to ‘xtatish“
mashqining maqsadi — qurilmani to ‘g‘ri va xavfsiz o ‘chirish uchun zarur
harakatlar ketma-ketligini o ‘rganib olishdir.
Suyuqlikni haydash uzelini to ‘la to ‘xtatish, odatda, asosiy qurilmani reja
b o ‘yicha ta ’mirlashni o ‘tkazish uchun yoki rahbariyatning ko ‘rsatmasi
bo‘yicha ishlab chiqarish zaruratiga ko‘ra amalga oshiriladi. Barcha tegishli
xizmatchilar bo‘lajak to ‘xtatish to ‘g‘risida xabardor qilingan b o ‘lishlari
kerak.
Tadbir: 1. HV-001 ajratkichini berkitib, E -l ga suv uzatishni to ‘xtatish.
2. E -l dagi sath 5—10% gacha pasayib ketganda, FIR C -110 sarf
rostlagichini qo ‘lda rostlashga o ‘tkazish va klapanni berkitish. FIRC-110
asbobining klapanli yig‘masida rostlovchi klapan yaqinidagi BV-110
ajratkichlarni berkitish.
3. N -1A nasosini o‘chirish.
4. E -l idishidan qolgani suyuqlikni chiqarib tashlash (drenaj qilish).
Buning uchun E -l dan drenaj qilish chizig‘ida HV-003 ajratkichini oching.
Idish b o ‘shagandan so‘ng ajratkichni berkiting.
5. PIRC-210 bosim rostlagichini dastaki rejimga o ‘tkazing. E -l idishi
dagi bosimni pasaytirish uchun ,,V“ klapanini berkitib, ,,A“ klapanini
oching.
6. E-2 dagi suyuqlik sathi 5% gacha pasayganda, HV-002 ajratkichini
berkiting.
7. E -l idishidagi qolgan suyuqlikni drenaj qiling. E-2 dan drenaj
chizig‘ida HV-004 ajratkichini oching. Idish bo ‘shatilgandan keyin ajrat
kichni berkiting.
8. PIRC-230 bosim rostlagichini dastaki rejimga o ‘tkazing. E-2 idishi
dagi bosimni pasaytirish uchun ,,B“ klapanni berkiting va ,,A“ klapanini
oching.
9. E -l va E-2 idishlaridagi bosim 0 kg/sm 2 ga yaqin qiymatlarga
pasayganda, ikkala ,,A“ klapanni berkiting.
Amalda ishlab chiqarishda shundan keyin tizim xodimlarini ta ’mirlash
yoki qurilmaga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida — xavfsiz ishlashi uchun
tayyorlash lozim bo ‘ladi. Bu amallar modellashtirilmaydi va korxonada amal
qiluvchi yo‘riqnomalarga muvofiq bajarilishi kerak.