Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish



Yüklə 3,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/75
tarix22.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
zp6Vzds4FdXKYeEqe9TPL1EXuvanELsf1Mh24SpG

Egamberdiyev X.Z. 
— Toshkent Davlat texnika universitetining 
„Avtomatlashtirish va boshqarish" kafedrasi mudiri, 
t.f.d., prof.,
Ismoilov M. 
A. — 0 ‘zRFA Informatika instituti direktori 
muovini, t.f.d., prof.
ISBN 978-9943-02-455-7
© , , 0 ‘qituvchi“ N M IU , 2011


S O ‘Z B O S H I
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligida olib 
borilayotgan tadbirlarning asosiy m aqsadi — ta ’lim tizim i islohotlarini 
hayotga tadbiq etish, zam on talablariga javob beradigan yuqori malakali, 
raqobatbardosh m utaxassislar tayyorlashga qaratilgan. M am lakatim izda 
K adrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi (1997—2001 -yillar) va ikkin­
chi (2001—2005-yillar) bosqichi ham da uchinchi — sifat bosqichi (2005— 
2009-yillar) yakunlandi. O 'tgan vaqt mobaynida barcha oliy ta ’lim muas- 
sasalarida yangi davlat ta ’lim standartlari ishlab chiqilib, o ‘quv jarayoniga 
tatbiq qilinmoqda.
2005—2006-o‘quv yilidan boshlab talabalarning bosqichm a-bosqich 
lotin alifbosida o 4qishga o 4tishlari m unosabati bilan Toshkent davlat texnika 
universiteti professorlari (mualliflar) hamkorlikda ushbu darslikni yaratishga 
alohida ahamiyat berdilar.
„Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtom atlashtirish
44
fani 
texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, m ah­
sulot sifatini yuqori darajaga ko ‘tarish, xarajatlarni kamaytirish, m ehnat 
sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda xavfsizlik texnikasini ta ’minlash, 
atrof-m uhitni muhofaza qilish va boshqa dolzarb m uam m olarni hal qilishda 
m uhim ahamiyatga ega bo ‘lib, talabalarga o ‘z ixtisoslarini nazariy ham da 
amaliy jihatdan chuqur egallashlariga yordam beradi.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish — texnika 
taraqqiyotining asosiy y o ‘nalishlaridan biri b o ‘lib, ilm iy tadqiqotlarga 
to b o ra kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi 
im k o n iy a tla r o ch ib b e ra d i, sh u n in g d ek , in so n b o sh q arish g a q o d ir 
b o im a g a n yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirish, tabiatda 
m a’lum b o ‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratish imkonini beradi.
„Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtom atlashtirish
44
fanini 
o 4qitish oldingi o 4quv kurslarida egallangan „Oliy m atem atika44, „Infor- 
m atika va axborot texnologiyalari44, „Elektrotexnika, elektronika va elektr 
yuritm alar44, „Texnik tizim larni boshqarish44, „Ishlab chiqarishning asosiy 
jarayonlari va uskunalari
44
ham da ta ’lim yo4nalishlari bo ‘yicha tarm oq 
texnologiyasi va uskunalari kabi bilimlar bilan uzviy bog4langan holda tashkil 
qilingan.
M azkur darslik bakalavriat ta iim yo‘nalishlari: 5520100 — Issiqlik 
energetikasi; 5520400 — Metallurgiya; 5520700 — Texnologik mashinalar 
va jihozlar; 5521500 — Asbobsozlik; 5521800 — A vtom atlashtirish va 
boshqaruv; 5522300 — T o
4
qimachilik, yengil va qog‘oz sanoati buyumlari 
kim yoviy texnologiyasi; 5523800 — Texnologik ja ra y o n lar va ishlab


chiqarishni avtom atlashtirish; 5522400 — Kimyoviy texnologiya (ishlab 
chiqarish turlari b o ‘yicha); 5522500 — N eft va neft-gazni qayta ishlash 
texnologiyasi; 5522600 — Yog‘ochsozlik sanoati texnologiyasi, m ashinalari 
va jihozlari; 5522900 — Biotexnologiya; 5540300 — N eft va gaz ishi; 
5541100 — Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha); 5850100 — 
A trof-m uhit muhofazasi (tarm oqlar b o ‘yicha); 5140900 — Kasb ta ’limi 
(bakalavriat ta ’lim yo‘nalishlari b o ‘yicha) talabalari uchun tuzilgan yangi 
namunaviy dastur asosida yozildi.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish — uzluksiz 
rivojlanuvchi tizim bo ‘lib, u ishlab chiqarishning o ‘ziga xos xususiyatlari va 
fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqa­
rishni avtom atlashtirishda yuqori sam aradorlikka erishishning bevosita 
sharti — asosiy va yordam chi ishlab chiqarish jarayonlarini m exanizatsi- 
yalash hisoblanadi. Avtom atlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi 
ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta ’sir ko‘rsatadi: texnologiya va 
qurilm aning holati ham da avtom atlashtirishga tayyorgarligi, xom ashyo, 
yarim tayyor m ahsulotlar va energetik resurslarning sifati ham da barqa- 
rorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil 
etish va hokazo.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish faqat ishlab 
chiqarish texnikasini takom illashtirish ham da m ehnat sharoitlarini yax- 
shilash bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik 
m ahsulotga ketadigan moddiy va m ehnat xarajatlarini pasaytirib, uning 
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirish bilan bog‘liq.
Iqtisodiy omillar avtomatlashtirish obyektini tanlab olishda asosiy omil 
hisoblanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligini o rt­
tirish omillari juda ko‘p. Hozirgi sharoitda avtom atlashtirishning iqtisodiy 
samaradorligiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini kam aytirish hisobi- 
gagina erishishga k o ‘p hollarda im kon b o ‘lm aydi, chu n k i zam onaviy 
zavodlar, korxonalar, bo ‘linmalarga nisbatan kam miqdordagi odam lar bilan 
xizm at k o ‘rsatiladi. Shuning u ch u n iqtisodiy sam arad o rlik n i oshirish 
omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: m ahsulot sifatini oshirish, xom ­
ashyo va turli xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini kam ay­
tirish, ishlab chiqarish ritm ini oshirish, m ehnat unum dorligini va chiqa­
rilayotgan mahsulot hajm ini oshirish, xizm at ko‘rsatuvchi xodim larning 
m ehnat sharoitini ishlab chiqarishning kishilar hayoti va sog‘ligi uchun 
xavfli b o ‘lgan hududlardagi zararli ishlarni yo‘qotish hisobiga yaxshilash.
Loyihalanayotgan va qurilayotgan yangi ishlab chiqarish korxonalarida 
avtomatlashtirish texnologiya bilan uzviy ravishda bog‘lanishi kerak. Jadal 
texnik taraqqiyot tufayli ,,yosh“ ishlab chiqarish m a’lum davrdan so‘ng 
eskiradi va yangilashni talab qiladi, shu jum ladan, amaldagi texnologik 
jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish tizimlarini yanada zamonaviy 
ham da takomillashganlari bilan almashtirishni talab qiladi. Amaldagi ishlab


chiqarish korxonalaridagi avtomatlashtirish tizim larini takomillashtirishda, 
sh u n in g d ek , texnologiya va jih o z la rn i yangilashda m ustaqil iqtisodiy 
baholashlar b o ‘lishi mumkin.
Texnologik jarayonlarning m urakkablashuvi va jadallashuvi tufayli 
zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni mikroprotses­
sor texnikasi va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo ‘llab, keng avto­
matlashtirish asosidagina samarali b o ‘lishiga erishiladi. Avtomatlashtirish 
talablari texnologik jaray o n lar loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga 
olinganda — avtomatlashtirish katta samara beradi.
Y uqorida aytilganlardan, texnologik jaray o n larn i nazorat qilish va 
avtom atlashtirishning ilmiy-texnik, iqtisodiy jihatlari sanoat taraqqiyotini, 
mehnatkashlarning m adaniyatini va turm ush darajasini ko‘tarishni ta ’m in- 
lashda katta ahamiyatga ega b o iish i kelib chiqadi. Biroq, sanoatni avto- 
m atlashtirishda muvaffaqiyatga erishishning m uhim sharti — oliy ta iim
muassasalarida, loyiha institutlarida va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 
m asalalarini yuqori ilmiy-texnik darajada hal qilishga qodir korxonalarda 
avtom atika b o ‘yicha ko‘p sonli malakali kadrlar, mutaxassislar yetishtirish- 
dan iborat.
Hozirgi kunda respublikamizdagi oliy o ‘quv yurtlarida olib borilayotgan 
tadbirlarning asosiy m aqsadi — m utaxassislar tayyorlash sifatini tubdan 
yaxshilashdir. Bu ishlarni jadallashtirishda ta iim , fan va ishlab chiqarishning 
uzviy aloqada b o iish i asosiy omildir.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish b o ‘yicha 
m uhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun yuqori malakali kadrlar 
kerak. Bunday kadrlar tubdan yangi ilmiy g‘oyalarga va yuksak texnik 
yechim larni hal etish, o ‘z ona tili — davlat texnologik jarayonlar haqida 
texnika tilida tushunarli gaplasha olish va yuksak saviyada yozishmalar olib 
bora olish qobiliyatiga ega b o iish lari zarur. Xalq xo‘jaligini fan-texnika 
taraqqiyoti asosida jadallashtirish — bozor iqtisodiyoti sharoitidagi m uhim
vazifalardan hisoblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga 
bogiiqdir.
Xalq xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda „Texnologik 
jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
41
fani katta ahamiyatga ega. 
Bu fan talabalarga o ‘z ixtisosliklarini nazariy jihatdan chuqur egallashga, 
ularning bilimlarini m ustahkamlashga, ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish va texnologik jarayonlardan unumli foydalanish yoilarini o ‘rgatadi. 
Avtomatlashtirish borasida eng m as’uliyatli ishlar esa, shubhasiz, kadrlar 
zimmasiga tushadi. Bugungi kun kadrlari yangi texnika va texnologiyadan 
foydalanishga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etish- 
ga, ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash va uni jadallashtirishga, o ‘z ona 
tili — Davlat tilini yuksak texnika va texnologiya saviyasi darajasida bilishga 
q o d ir b o iis h la ri kerak. X ususan, yosh kad rlar oldida fan-tex n ik a 
taraqqiyotining y o i boshlovchisi b o iish d ek m as’uliyatli vazifa turadi.


Shuning uchun texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish 
asoslarini shu soha mutaxassislarigina emas, balki texnolog-konstruktorlar, 
iqtisodchilar va boshqalar ham bilishlari muhim.
„Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtom atlashtirish“ fani 
bo‘yicha o ‘zbek tilida darsliklar 1982, 1997-yillarda ham nashr qilingan 
(N. R. Yusupbekov. В. E. Muhamedov, SH. M. G ‘ulomov: 1) Avtomatika 
va ishlab chiqarish protsesslarining avtomatlashtirilishi; 2) Texnologik ja ra ­
yonlarni boshqarish sistemalari. Toshkent, ,, 0 ‘qituvchi“ ).
Hozirgi vaqtga kelib ushbu fan sohasida bir qator yangiliklar yuz 
berdi. Ana shu yangiliklar asosida fanni o ‘qitishda ham o ‘zgartirishlar 
qilindi.
M azkur darslik mualliflarning Toshkent davlat texnika universitetida 
„Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish“ fani b o ‘yicha 
olib borgan ko‘p yillik ilmiy-pedagogik tajribalari asosida yozildi. Darslikda 
texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtom atlashtirishning asosiy 
bo ‘limlari, ya’ni texnologik param etrlarni nazorat qilish usullari va vosita­
lari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, boshqarish, loyihalash va 
zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bayon etilgan.
Mualliflar ushbu darslikni yozish jarayonida o ‘zlarining qim m atli fikr- 
mulohazalari bilan yaqindan yordam bergan Toshkent davlat texnika 
universitetining professor-o‘qituvchilariga chuqur m innatdorchiliklarini 
izhor etadilar. Shuningdek, darslik q o ‘lyozmasi bilan tanishib, uning 
sifatini yaxshilashga qaratilgan maslahatlari uchun texnika fanlari dok- 
to rlari, professorlar X.Z. Igam berdiyev va M.A. Ism oilovga sam im iy 
tashakkur bildiradilar.
Darslikning sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha taklif va m ulo- 
hazalarni mualliflar m am nuniyat bilan qabul qiladilar.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin