Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish


-rasm. Boshqarish  obyekti sifatida texnologik  jarayon. 21.2-rasm



Yüklə 3,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/75
tarix22.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
zp6Vzds4FdXKYeEqe9TPL1EXuvanELsf1Mh24SpG

21.1-rasm.
Boshqarish 
obyekti sifatida texnologik 
jarayon.


21.2-rasm.
 Avtomatlashtirish tizimlarining struktura sxemalari:
a
— markazlashtirilmagan; 
b
— markazlashtirilgan, bir pog‘onali; 
d
— markazlashtirilgan, ikki pog'onali.
BTOning joriy holatini (2 1 .1 -rasm) quyidagi kattaliklar belgilaydi:
dastlabki m ahsulotlar (xomashyo yoki oldingi texnologik jarayon 
mahsuloti) va energetik oqimlarning sifati ham da miqdorini ifodalovchi 
X v
X,,
..., 
X
kirish kattaliklari;
23 

П 
7
qaralayotgan jarayonning holatini (harorat, sarf, bosim) va xos- 
salarini (zichlik, qovushqoqlik, pH ) ifodalovchi 
Yv Y2, . . . Yn
chiqish 
kattaliklari;
Up U2,
... . 
Un
rostlovchi ta ’sirlar, ular yordam ida texnologik rejim 
tutib turiladi.
BTO tahlili natijalari avtomatlashtirish tizimining samarali tuzilma- 
sining aniq masalalarini oydinlashtirib olishdir. Avtomatlashtirish tizimining 
eng oddiy tuzilmalari bir tenglamali markazlashtirilgan tizimlar bo ‘ladi 
(21.2-rasm, 
a).
Bunday tizim lar texnologik jarayonlar (TJ) funksional 
bog‘lanm agan yoki o ‘zaro kuchsiz bog‘langan ishlab chiqarishlarda qo‘l- 
laniladi. Bu tizimlarda har bir uchastka uchun yoki ishlab chiqarish 
b o ‘linmasi uchun individual (shaxsiy) boshqarish punktlari (BP) yarati- 
ladi, ular avtomatlashtirish uchun zarur barcha vositalar bilan jihozlanadi. 
Ularda quyidagi vazifalar hal qilinadi: texnologik kattaliklarni o‘lchash va 
nazorat qilish, ularning chegara qiymatlari haqida signal berish, texnologik 
reglament bilan aniqlanadigan param etrlarni ushlab turish. Bu tizimlarda 
bir turdagi TJ lar uchun (masalan, isitish jarayoni uchun apparatura) 
rasmiylashtirish va qayta ishlanayotgan mahsulotning xossalaridagi farqqa 
qaram asdan avtomatlashtirish bo ‘yicha umumiy yechimlardan foydalaniladi. 
Avtomatlashtirish tizimini zarur va yetarlicha aniq m a’lumot bilan ta ’m in­
lovchi rostlanuvchi kattalikni va nazorat nuqtalarini to ‘g‘ri tanlashdadir.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish avtomat­
lashtirish tizimlarining jihozlanishining turli darajada bo ‘lishi bilan ifoda- 
lanadi. Texnologik boshqarish obyektlari — agregatlar, qurilmalar, ishlab 
chiqarish tizimlari va sexlari — markazlashgan avtomatlashtirish tizimlari


bilan borgan sari ko‘proq jihozlanm oqda (21.2-rasm, 
b).
Bu tizimlardan 
markaziy boshqaruv pulti (M BP) ga obyekt to ‘g‘risidagi barcha axborot 
chiqariladi. Markazlashtirilgan tizim lardan ishlab chiqarishlarda foydalanish 
tajribasi quyidagi ko‘rinishdagi bir qator kamchiliklarni aniqladi: avtom at­
lashtirish tizim ining ishlashi ishonchliligi M B P id a xatolarni tuzatish 
mumkin boim aganligi tufayli pasaydi; MPB ni va aloqa liniyalarini texnik 
jihozlashga ketadigan xarajatlar oshdi, bu M BP dagi barcha operativ 
axborotning to ‘planishiga bog‘liq M BP da ta ’mirlash va profilaktik ishlami 
bajarish kunu-tun ishlovchi uzluksiz TJ li korxonalar uchun murak- 
kablashdi.
Sanab o ‘tilgan kamchiliklar markazlashgan ikki sathli (ikki pog‘onali) 
avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish uchun asos boiadi (21.2-rasm, 
d),
ularda M BP markazlashmagan tizimlardagi kabi ana shu vazifalarni amalga 
oshiruvchi individual (shaxsiy) boshqarish punktlarini to id irad i. M BP da 
(yuqori daraja) BTO (boshqarishning texnologik obyektlari) haqidagi 
axborotga ishlov beriladi va BTO ning ayrim agregatlari ish rejimini 
o ‘zgartiruvchi kom andalar shakllanadi.
K o‘pgina zamonaviy korxonalarni kiritish m umkin b o ‘lgan murakkab 
obyektlarni markazlashgan avtomatlashtirish tizimlari M BPga kelayotgan 
katta hajmdagi axborotga ishlov berish va tahlil qilish uchun hisoblash 
texnikasi (HT) vositalaridan foydalanish darajasiga qarab keng tarqalmoqda. 
BTO haqidagi axborotning MBP da to ‘planishi undan obyektni optimal 
boshqarishni amalga oshirish uchun operativ foydalanishga im kon beradi, 
bu faqat texnologik qurilmaning unumdorligini va ishlab chiqarilayotgan 
m ahsulotning sifatini oshirib ham da xomashyo isrofini kamaytiribgina 
qolmay, balki boshqaruvni yangicha tashkil etish — texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni operativ hisoblashni, ayrim ishlab chiqarish agregatla- 
rining va, um um an, korxonaning ishini muvofiqlashtirishni ham ta ’m in­
laydi. Tuzilish sxemasida avtomatlashtirish tizimlariga ega b o ‘lgan HT 
vositalari texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizim lari 
deyiladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash bir va 
ikki bosqichda bajariladi. Ikki bosqichli loyihalashda texnikaviy loyiha (TL) 
tuzilib, ikkinchi bosqichda ishchi chizm alar (ICH ) yaratiladi. Bir bosqichli 
loyihalashda ikkala bosqich birlashtirilgan bo ‘lib, buni texnik ishchi loyiha 
(TIL) deyiladi. Bir bosqichli loyihalash ancha qulaydir. Bu holda sodda 
obyektlarning avtomatlashgan tizimlari loyihalarini tuzish va murakkab 
b o im ag an tipaviy loyihalarni joriy etish yoki iqtisodiy jihatdan tejamli 
individual loyihalarni qayta ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish tizimlarini hisoblash ma- 
shinalarini ishlatib loyihalashtirishda, shuningdek, yangi o'zlashtirilm agan, 
yoki juda murakkab texnologiyali ishlab chiqarish, yoxud yangi uskunalar 
ishlatilgan obyektlarni avtomatlashtirishda yuqorida ko‘rsatilgan loyiha- 
lashtirish bosqichlaridan aw al ilmiy-tekshirish yoki tajriba-konstruktorlik


ishlari am alga oshiriladi, ularning natijalaridan esa loyiha tuzishda 
foydalaniladi.
Texnikaviy loyihani yaratish jarayonida avtomatlashtirish tizimlarining 
hajm i, tuzish asoslari va ularni amalga oshiruvchi texnikaviy vositalarning 
kom plekslarini tanlashni asoslab berish, shuningdek, avtom atlashtirish 
tizim larining smeta narxlarini aniqlash lozim. Bundan tashqari, texnikaviy 
loyiha bosqichlarida texnologik jarayonlar va asosiy texnologik uskunalarning 
avtomatlashtirish shartlariga muvofiqlik masalalari ko‘riladi va lozim topilsa, 
avtom atlashtirishga mos sharoit yaratish m aqsadida ularni m oderni- 
zatsiyalash yoki qayta qurish uchun tadbirlar ko‘riladi.
Ishchi chizm alarni yaratishda shchit va pultlam i tayyorlash, avtom at­
lashtirish vositalari va asboblarini tanlash ham da buyurtma, shuningdek, 
qurilish va m ontaj ishlarini am alga oshirish uchun yetarli b o ‘lgan 
texnikaviy loyihaning vazifalari aniqlanadi va detallashtiriladi. Avtomat­
lashtirish tizimlari ishchi chizmalarining hajmi va tarkibi qurilish va montaj 
ishlarini zamonaviy usullarda amalga oshirish imkonini berishi va montaj 
m aydonidan tashqarida tayyorlangan bloklardan foydalanishni qamrab olishi 
lozim.
Texnik loyihada quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi: texnologik jarayon­
larni avtomatlashtirish sxemalari, shchitlar, pultlar va H T vositalarini 
joylashtirish rejalari; avtomatlashtirish asboblari va vositalari, H T vosita­
lari, shchitlar, pultlar, elektroapparaturalar, montaj qilish buyumlari va 
boshqalarning buyurtm a hujjatlari, tushuntirish xati.
Ishchi chizm alarni bajarish bosqichida qarorlar aniqlashtiriladi. Bu 
bosqichda nazorat, avtom atik rostlash, boshqarish, signalizatsiya va 
m anbaning prinsipial elektr va pnevmatik sxemalari ishlab chiqiladi; shchit 
va pultlarning um um iy ko‘rinishlari; shchit va pultlarning montaj qilish 
sxemalari; tashqi elektr va quvurli o ‘tkazgichlarning sxemalari; asboblar- 
ning, avtomatlashtirish vositalarining, H T vositalarining, elektroappara- 
turaning, shchitlar va pultlarning, kabellar va o ‘tkazgichlarning, montaj 
qilish m ateriallari va buyum larning buyurtm a spetsifikatsiyalari ishlab 
chiqiladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashda loyiha 
hujjatlarining sifatini oshirish, ularning hajmini va muddatini qisqartirish 
uchun avtomatlashtirish sohasida ilg'or sanoat tajribalarini o‘zida mujassam- 
lashtirgan instruktiv va norm ativ materiallarga asoslanish, shuningdek, 
um um sanoat va tarm oq xarakteriga ega bo ‘lgan normativ materiallardan 
foydalanish kerak. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarining 
loyihalarini yaratishda tipaviy loyihalar, yechimlar, konstruksiyalar va shu 
kabilardan maksimal darajada foydalanish kerak.
Avtomatlashtirish tizim larini loyihalash murakkab va sermehnat talab 
jarayon bo ‘lsa, unda ijodiy ish (muhandislik tahlili, yechim lar variantlarini 
tayyorlash) tipaviy-loyihaviy yechim lardan foydalanish bilan qo‘shib olib


borilgani uchun k o ‘pchilik jam oalarning kuchi avtom atik loyihalash 
tizimlarini (ALT), avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish bilan bogiiq 
masalalarni hal etishga qaratilgan. Bunda ALT deganda loyihalashning turli 
bosqichlarida masalalarni bosqichm a-bosqich hal etishni ta ’m inlovchi 
EH M lar uchun hisoblash dasturlari to ‘plami tushuniladi. Bu ishlarni 
bajarishning birinchi bosqichi tarm oq loyiha tashkilotlarida tarm oqda foy- 
dalaniladigan avtomatlashtirishning texnik vositalari nom enklaturasini aks 
ettiruvchi axborot hisoblash bazasini yaratish hisoblanadi.
Hozirgi paytda avtomatlashtirish tizim larini loyihalashning noijodiy 
qismi m a’lum darajada rasmiylashtirilgan va zamonaviy H T vositalaridan 
foydalanib hal qilinmoqda, avtomatlashtirish elem entlari va vositalarini 
hisoblash, AHV ini tahlil va sintez qilish, loyihalashning m atn va chizma 
q ism larini rasm iylashtirish (bezash). L oyihalashni av to m atlash tirish , 
loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish m uddatlarini kam aytiradi va uning 
sifatini oshiradi.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin