ALT ni ta’minlash vositalari. ALT ta ’m inot vositalari yig‘indisi asosida
am alga oshiriladi. Bunday vositalarga tashkiliy, uslubiy, m atem atik,
lingvistik, dasturiy, informatsion va texnik ta ’m inot kiradi.
Tashkiliy ta ’m inot — loyiha tashkiloti va uning bo'linm alari tarkibini,
ular orasidagi bog‘lanishni, ularning vazifalarini, shuningdek loyihalash
natijalarini ko‘rsatish shaklini belgilovchi hujjatlar to ‘plamidir.
M etodik (uslubiy) ta ’m inot — ALT ta ’m inot vositalarini tanlab olish
va ishlatish qoidalarini, tarkibini belgilovchi hujjatlar to ‘plami. Uslubiy
ta ’m inot loyihalashni avtomatlashtirish bo ‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishni
belgilaydi.
M atem atik ta ’m inot — m atem atik usullar, m atem atik modellar va
loyihalash algoritmlari to ‘plami.
Lingvistik ta ’m inot — loyihalash tillari to ‘plami b o ‘lib, unga atam alar
va ta ’riflar, tabiiy tilni farmallashtirish qoidalari, ALT da m atnlarni
qisqartirish va kengaytirish uslublari kiradi.
Dasturviy ta ’m inot — amaliy dasturlar paketi (ADP) ko‘rinishida
rasmiylashtirilishi m um kin b o ‘lgan m ashina dasturlari to ‘plami.
Inform atsion ta ’m inot — LAS uchun talab qilinayotgan m a’lum otlar
to ‘plami.
Texnik ta ’m inot — o ‘zaro bog‘!iq va o ‘zaro ta ’sirlanuvchi texnik
vositalar to ‘plami. ALT texnik ta ’m inoti dastaw al EH M ni o ‘z ichiga
oladi. ALTda EHM sifatida turli oiladagi (tipdagi) mashinalar foydalanilishi
m um kin. EH M ning aniq turi ALT iyerarxiyasidagi tegishli bo ‘linmaning
d arajasi b ilan , shuningdek, hal qilinayotgan m asalalar sinfi bilan
belgilanadi.
EH M dan ALTda foydalanishning samaradorligi atrofdagi qurilmalar-
ning tarkibi bilan belgilanadi. Tashqi (atrofdagi) qurilmalarni minimal
E H M kompleksi qurilmalariga va maxsus qurilmalarga ajratish mumkin.
Qurilmalarning birinchi guruhiga an ’anaviy tashqi qurilmalar kiradi: magnit
lenta (tasma)laridagi, magnit disklaridagi tashqi XQ (xotirlash qurilmalari);
perfolenta va perfokartalardan kiritish-chiqarish qurilmalari; alfavit-raqamli
bosish qurilmasi; perfolenta va perfokartalarda m a’lumotlarni tayyorlash
qurilmalari.
Maxsus qurilmalarga ekranda matnli, raqamli va grafik axborotni aks
etish uchun alfavit-raqamli va grafik displeylar, chizm achilik avtomatlari,
dastlabki grafik m ateriallarni EH M ga kiritish uchun grafik axborotni
kodlash qurilmalari kiradi.