Texnologik jarayonni avtomatlashtirish



Yüklə 33,55 Mb.
səhifə8/11
tarix26.08.2023
ölçüsü33,55 Mb.
#140655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Texnologik jarayonni avtomatlashtirish

Menedjer

  • Muxandis

  • Operator

    Operator – boshqarish huquqining pastki darajasi, о‘zining uchastkasidagi boshqarish tizimini amalga oshirish huquqiga ega (ishga tushirish/ma’lum bir texnologik siklni tо‘xtatish, retsepturaga rioya etish, texnologik jarayonning tо‘g‘ri kechishini nazorat qilish).
    Muxandis (muxandis-texnolog) – boshqarish huquqining о‘rta darajasi, operatorning huquqlari bilan bir qatorda jarayonni optimallashtirish algoritmini amalga oshirish huquqiga ega, shuningdek ishlab chiqarish jarayonining har qanday uchastkasida operator vazifasini bajarish huquqiga ega, ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga keng nazar bilan qaraydi.
    Menedjer – ham operator, ham muxandis xuquqiga egal bо‘lishi bilan birga jarayonning mantiqiy dasturiga kirish, dasturga tuzatishlar va о‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
    Analog-son qiymatli (ASQ), son-analogli (SA) о‘zgartirgichlar- о‘zgartiruvchi bloklar bо‘lib, boshqaruchi kompyuter bilan axborot alamashinish imkoniyatini beradi.
    Kirish/ chiqish modullari – texnologik maydondan kontroller bо‘yicha keladigan axborotni taqsimlaydi.
    Modul axborotni tezroq qayta ishlash va kontrollerda taqsimlash uchun shartli ravishda kartalar va kanallarga bо‘linadi.
    Tarmoq ta’minoti.
    Tizimning elementlari bilan ishonchli va uzluksiz aloqani о‘rnatish uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi:
    Jarayon serveri
    • Global ma’lumotlar bazasi
    • Samarali kommunikatsiyalar
    • Honeywell tomonidan ishlab chiqilgan rezervlashgan serverlar
    Nastoyasheye rezervirovaniye razrabotannoye
    • Rezervlashgan serverlarning standart va boshqa jihozlari rasmda TJABT ishining umumlashtirilgan blok-sxemasi berilgan, bunda, -kirishda nazorat qilinayotgan boshqaruvchi ta’sirlar; -kirishda nazorat qilinayotgan parametrlar; - kirishda nazorat qilinayotgan parametrlar, lekin boshqarilmaydigan parametrlar;; -texnologik jarayonning chiqishdagi о‘zgaruvchisi.
    Texnologik jarayonning kirish va chiqish parametrlari haqidagi axborot о‘lchov asboblarining datchigi va axborotni kiritish-chiqarish kompleksi orqali raqamli hisoblash mashinasiga (RHM) boradi. Bu axborotni (yoki uning bir qismini) operator ham aloqa qurilmasi orqali RHM ga kiritishi mumkin. Bu holda operator nazorat qurilmasidagi kо‘rsatkichlardan foydalanadi. Boshqaruvchi RHM oldindan belgilangan algoritmlar va boshqaruv dasturi, boshqarish maqsadi, tanlangan optimallash simvoli, cheklashlar asosida ma’lum bir tartib bilan kirgan axborotni qayta ishlaydi. Tizim texnologik jarayonini avtomatik rejimda bosharishi mumkin yoki boshqarish rejimi shunday bо‘lish mumkinki, unda boshqaruvchi raqamli hisoblash mashinasi (RHM) aloqa qurilmasi orqali operatorga texnologik jarayonni ijro etuvchi organlar yoki topshiriq bergichlarni masofadan turib boshqarish uchun ma’lum tavsiyalar beradi (ya’ni, «maslahat rejimi»). TJABT larni loyihalash shunday tashkil qilinishi kerakki, unda operatorlar va texnik vositalarning imkoniyatlari tо‘la foydalanib, kelajakka avtomatik boshqarish tizimlari (ABT) keng о‘rin egallasin, inson esa faqat texnologik uskunalar va boshqarish tizimlarining aniq buzilmasdan ishlashini nazorat qilish hamda yordamchi amallarni bajaradi.


    3.3.1. TJABT faoliyatining umumlashtirilgan tizimi



    3.3.2. O`lchov sboblari va ijrochi mexanizimlar

    Server xonasi –avtomatlashtirishning dasturiy vositalari \hamda axborotlar saqlanadigan joy.


    Server (ing. Server, to serve inglizchadan— xizmat qilish) — axborot texnologiyalarida hisoblash sistemasining dasturining komponenti, mijozning sо‘roviga kо‘ra servis (xizmat kо‘rsatish) funksiyalarini bajaradi, mijozga ma’lum bir resurs yoki xizmat kо‘rsatishdan foydalanishiga yordam kо‘rsatadi.
    Server apparatlari (apparatli ta’minot) odatda ishlatish uchun sodda va foydalanish uchun ishonchli, kam energiya iste’mol qiladi, ba’zi holatlarda arzon. Shu bilan bir qatorda uncha moslashuvchan emas.
    Server experion PKS rezerv serveri bо‘lishi mumkin. Asosiy server ishdan chiqqan holatda uning barcha funksional vazifalarini rezerv server о‘z zimmasiga oladi.
    Quyidagi holatlardan biri sodir etilganda rezerv server asosiy serverdan boshqarishni oladi:
    - Asosiy serverning apparat qismi ishdan chiqqan va rezer server bilan asosiy server aloqasi uzilgan holatda
    - Asosiy server bilan rezerv serverning tarmoq kanallari uzilgan holatda
    - Asosiy serverning kontroller S300 bilan aloqasi uzilganda
    - foydalanuvchi serverlarni qо‘lda о‘chirganda
    Stansiya
    • Foydaluvchining Interfeysi HTML
    – Web grafik tili
    – Loyihaning soddaligi
    – Brauzerda sxemalarni kо‘rish
    • Ochiq apparat ta’minoti
    – PK standart apparat ta’minoti
    – Konsol Icon
    – ma’lumotlarni ishonchli, xavfsiz qayta ishlash
    • Stansiya turlari
    – Flex – Moslashuvchan Stansiya
    – Console – Konsol Stansiya
    Stansiya
    Operator stansiyalari (xonalar) OS (operator station) shaxsiy kompyuterlarni о‘z ichiga oladi. Operator stansiyalari о‘nlab bо‘lishi mumkin.
    Operator stansiyalari texnologik ma’lumotlarni interaktiv grafik mnemosxemalar tarzida ifodalash, shuningdek jarayonni samarali boshqarish uchun xizmat qiladi.
    Mnemosxemalarda aniq ma’lumotlar: kirish va chiqish parametrlari, о‘zgaruchilarning qiymatlari, avariyali signallash, grafiklar, hiobotlar va shu kabilar kо‘rsatiladi.
    Stansiyada operator har qanday datchikning kо‘rsatishini kо‘rishi, klapanni qо‘lda yopishi, nasosni ishga tushirishi yoki qurilmaning temperaturasini о‘zgartirishi mumkin.
    Ekologiya qismi
    Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni optimallashtirish tub ma’noda xar bir davlatning tabiat muxofazasi soxasida tutayotgan ekologik siyosatiga boglik. Aslida ekologik siyosat iqtisodiy rivojlanishni belgilaydi, ishlab chikarish jarayonida tabiiy resurslardan qanchalik oqilona foydalanilsa, tayyor moddiy mahsulot miqdor jihatdan mo‘l-ko‘l, sifat jixatdan oliy navli yoki darajaligi bilan ajralib turadi. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni optimallashtirish tub ma’noda xar bir davlatning tabiat muxofazasi soxasida tutayotgan ekologik siyosatiga boglik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining:
    - 2017 yil 21 apreldagi PQ-2915 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
    - 2017 yil 21 apreldagi PQ-2916 - sonli “2017 – 2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
    - 2017 yil 20 iyundagi PQ-3075 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699 - sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi” qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari;
    Vazirlar Mahkamasining:
    - 2017 yil 23 maydagi 310 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”; qarorlari qabul qilindi. Ekologik siyosatning negizlari, tartib-koidalari, ilmiy asoslangan konsepsiyalari, taktika va strategiyasi olim va mutaxascislar, davlat va jamoat tashkilotlarining yo‘l-yo‘riqlari asosida ishlab chiqiladi. Ular ma’lum tartibga keltirilgan tarzda davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekistonda ekologik siyosat davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilgan. Respublika Konstitutsiyasining 47-, 48-, 50-, 51- va 55- moddalarida ekologik qonunlar anik va ravshan tarzda ifodalangan. Shuningdek, O‘zbekistonda atrof-muxitni muxofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning xukukiy, «Atmosfera havosini muhofaza qilish» .(27-dekabr 1996 y.), «Davlat kadastri to‘g‘risida»gi (39-avgust 2000 y.), «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi (15-dekabr 2000 y. ) qonunlar, shuningdek, Vazirlar Maxkamasi kabul kilgan ko‘plab qarorlar asosida amalga oshiriladi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan PQ-3151 qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, bitiruv malakaviy ishi Muborak neftni qayta ishlash zavodida Tabiiy gaz tarkibidan gazkondensatni ajratib olish mavzusida ilmiy va amaliy ishlar olib borildi.
    Ma’lumki, organik birikmalarni adsorbsiya usuli bilan tozalash yaxshi samara beradi. Shuning uchun korxonada organik moddalarni atmosferaga ko‘p miqdorda tashlanmasligi uchun adsorbsiya usulidan foydalaniladi.
    Quyida korxonani suv bilan ta’minlanishi va chiqarib yuboriladigan oqava suv miqdori va ularni tozalash usullari aks ettirilgan jadval keltirilgan (1-jadval va 2-jadval).

    1-jadval
    KORXONANING SUV BILAN TA’MINLANISHI

    Suv bilan ta’minlash manbasi

    Suvdan foydalanish me’yori
    m3/soat

    Aylanma harakatdagi suvning hajmi m3/soat

    Toza suvni tejash

    Loyixa bo‘yicha

    Aslida

    1

    2

    3

    4

    5

    Shaxar suv ta’minoti

    2.8

    3.0

    1.2

    1.0

    Artezian quduq

    10.2

    11.6

    6.5

    2.2



    2-jadval
    OQOVA SUVLAR VA ULARNI TOZALASH

    Oqova suvlarning turlari

    Oqova suvning
    hajmi m3/soat

    Ifloslik-larning tarkibi g/l

    Tozalash usullari

    Tozalagich moslamalar va uskunalar

    Tozalangan suvning ishlatilish yo‘llari

    Tozalanayotgan

    Tashlab yuborilayotgan

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    Tarkibida organik moddalar bo‘lgan oqova suvlar

    0,8

    0,1

    25 mg/l formaldegid

    Adsorbsiya

    Adsorber

    Korxonada texnik suv sifatida ishlatiladi





    3-jadval
    Atmosferaga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarning chegaraviy mumkin bo‘lgan miqdorlarini hisoblash
    1. m koeffitsienti quyidagi formuladan aniqlanadi

    2. f parametri quyidagi formula orqali hisoblanadi

    f≤100 bo‘lganligi uchun chiqindi issiq hisoblanadi.
    D - chiqindilar manbasining diametri, m.
    w - gaz-havo aralashmasi manbadan chiqishining o‘rtacha tezligi, m/s
    N - manbannng er sathidan balandligi, m
    ∆T- gaz-xavo aralashmasi temperaturasi Tg bilan atrof muhitdagi
    xavo temperaturasi Tx lar farqi.

    3. V1 - gaz-xavo aralashmasining xajmi, m3/s, quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

    4. n-koeffitsient Vm parametriga bog‘liq bo‘lib, quyidagi formulalardan aniqlanadi:
    Vm≥2 bo‘lganligi uchun n=1
    5. Vm quyidagi formulaga binoan topiladi:

    6. YAkka manbadan tashlanayotgan zaxarli moddaning miqdorini CHMM dan oshib ketmasligini ta’minlaydigan chegaraviy mumkin bo‘lgan chiqindilar miqdori quyidagi formuladan aniklanadi:


    Sf - zaxarli moddaning fon miqdori, mg/m3.
    ATMOSFERAGA TASHLANAYOTGAN GAZ-CHANG CHIQINDILARI VA ULARNI TOZALASH USULLARI

    Atmosferaga tashlanayotan gaz yoki chang chiqindilarining manbalari

    Gaz-chang chiqindi-larning tarkibi

    CHiqindilarning miqdori m3/soat

    Gaz-chang chiqindilarning miqdori m3/soat

    CHMCH

    Qo‘llanila-yotgan tozalash usullari, tozalagich jihozlar

    Gaz-chang chiqindilarning rekuperatsiyasi

    gazsimon

    CHang

    Atmosferaga tozalanmasdan tashlanayotgan

    Tozalashga berila-yotgan

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    Formalde-gid ishlab chiqarish jarayoni

    formaldegid

    0,001

    -

    -

    0,001

    0.344

    Adsorbsiya, adsorber

    Jarayonga qayta beriladi

    Mexnatni muxofaza qilish


    Insonni ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy kuch ekanligini hisobga olib, uning xavfsizligi va sog‘lig‘ini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘z mehnat faoliyatlari jarayonida jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablarini bilish, shuningdek ish faoliyatida inson uchun charchash, toliqish va kasallanish manbai bo‘lmasdan, quvonch va zavq beruvchi faoliyat bo‘lishini ta’minlashga harakat qilish zarur. Mamlakatimizda mehnat muhofazasiga doir qonun va hujjatlar o‘ziga mos ravishda ishlab chiqildi. Jumladan:
    SHGKM da ishlash zavodi qurilishi iste'mol joyida o'z xususiy gazni qayta ishlash tarmog'ini yaratish va qolaversa butun O'rta Osiyo hududi bo'ylab sanoat va transport rivojini davom ettirish zaruriyatidan kelib chiqdi. Zavodning uzluksiz faoliyati O'rta Osiyo va Qozog'iston rayonlarining (ilgari chetdan keltiriladigan) gaz mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirdi, ularni chetdan keltirish va shu bilan bog'liq foydalanuv va kapital sarflarini to'xtatdi.
    Mehnat muhofazasining negizi besh qismdan iborat:
    1. Mehnat muhofazasining umumiy masalalari: mehnatni muhofaza qilish qonunlari asoslari, xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini tashkil qilish, mehnat sharoitini tahlil qilish;
    2. Mehnat tarbiyasi, mehnat samaradorligi, mehnat bandligi.
    3. Mehnat sharoiti sanitariyasi va ishlab chiqarish gigienasi;
    4. Xavfsizlik texnikasining umummuhandislik masalalari;
    5. Sanoatda yong‘inga qarshi kurash chora-tadbirlari.
    Korxona ma’muriyati mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy vositalarini joriy etishi va kasb kasalliklarining oldini oladigan sanitariya-gigiena sharoitlari ta’minlanishi uchun mas’ul hisoblanib, Xodim salomatligi yoki hayotiga xavf tug‘diruvchi vaziyat paydo bo‘lish hollarida javobgar hisoblanadi.
    Har bir korxona o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda mehnatni muhofaza qilish bo‘limini yoki xavfsizlik texnikasi muhandisi lavozimidagi shtat birligini tashkil qilishi shart. Uning asosiy vazifasi korxonada mehnat qilayotgan xodimlarning mehnatni muhofaza qilish qoidasi talablarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat.
    O‘zbekistonda mehnatni muhofaza qilish borasida bir qancha qonuniyatlar qabul qilingan. Bu qonunlar faqat ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi qoidalarini nazorat qilib qolmay, balki mehnat muhofazasi qonunlari buzulmasligi uchun javobgardir.
    O‘tni o‘chirish birlamchi vositalaridan xarakatlanadigan, qo‘lda ishlataligan o‘t o‘chirgichlar, gidropulpalar, chelak, suvli bochka, belkurak, qumli yashik, asbest yopgich, namat va boshqa yonmaydigan buyumlari mavjud.

    Yong‘in haqida tez xabar berish uchun yuqori havfli hisoblangan texnologik uskunalarda, ishlab chiqarish binolarida, omborlarda darakchi vositalari SNIP-2.04.02-84, GOST 12.2.2002.89 ga asosan o‘rnatilgan. Bu vositalar yonayotgan manba, joyini o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi.
    Korxonada ”Mehnatni muhofaza qilish” borasidagi tadbirlar ishlab chiqiladi, ular mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi uslubiy qo‘llanmalar, instruksiya ko‘rsatmalar, tavsiyalar kabi umumiy qoidalarni o‘z ichiga oladi.
    Mehnatni muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi 2009 y. 47-son 59 moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2009 y 16 noyabrda 2042 soni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2000 y 267- sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlar to‘plami, 2000 y 7-son 39 modda bilan tasdiqlangan.
    Korxonada xodimlar xavfli va zararli ishlab chikarish omillari ularning tavsifi, yuzaga kelish ma’nbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavfli darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoning xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risida ma’lumotlar, ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek og‘irligi ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilinishi bilan tasdiqlanadi.
    Korxona o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar xisobga olingan.
    Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarishdan oldin, mexnat muxofazasi bo‘yicha yo‘l - yo‘riq olish va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirib olganlar.
    Korxona chiqindi tashlash bo‘yicha SN-245-71 ga asosan V kategoriyaga kiradi. Sanitar ximoya zonasi SNiP-2.01.03-96 ga asosan 100 m. Belgilangan.
    Korxona shamol yo‘nalishi bo‘yicha SNiP 2.01.01.83 ga asosan joylashgan. Bunda zaxarli gaz va changlarni chiqishi xisobga olinib korxona axoli punktiga teskari qilib joylashtirilgan. Bu esa zaxarli gaz va changlarni axoli punkitiga etib kelmasligini ta’minlaydi.
    Texnologik jarayon uzluksiz tarzda davom etadi. Ish ikki smenada olib boriladi. GOST 12-2.03.91 KMK-3-05-98 ga asosan “Texnologik jarayonlarni tashkilashtirish sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish jihozlariga gigenik talablar” ga muvofiq tashkil qilingan. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash texnologik uskunaning pasportida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
    Korxonada SaNPiN-0120-01, SaNPiN 122-01 ga asosan shovqin, tebranishdan ximoya choralari ko‘rilgan. SHovqin, tebranishdan ximoyalash maqsadida, desorbsiya sexini ishlab chiqarish maydonidan tashqariga joylashtirilgan. Sex, bo‘limlarni eshik, derazalari maxsus tovush o‘tkazmaydigan materiallardan tayyorlangan.
    Korxona bo‘limlarini yoritish asosan tabiiy va sun’iy ravishda amalga oshiriladi. Kunduz kuni asosan tabiiy yorug‘likdan foydalaniladi. Tabiiy yoritilish SNiP 2-01-05.98 ga asosan qabul qilingan. Kechki smenalarda esa, sun’iy yoritishdan foydalaniladi, yoritilish uchun lyumenissent lampalardan foydalaniladi.
    Korxonada sexlarini havosi mo‘‘tadillashtirilib turiladi. SHamollatash qurilmalaridan foydalaniladi. Isitish SanPiN -0058-96 ga asosan amalga oshiriladi. SHamollatish qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish, uni to‘liq ishlaydigan holatda bo‘lishi uchun javobgarlik, mexanik zimmasiga, sexda esa sex boshlig‘i va mexanik zimmasiga yuklatilgan.
    Elektr uskunalarining nosozligi yoki ularning ishlatish qoida talablariga amal qilmaslik ishchi-xizmatchilarning shkastlanishiga olib keladi. Insonlarni elektr toki ta’sirida shkastlanishidan himoya qilish uchun ishlab chiqarish sharoitlarida xavfsiz tok usti qoplangan simlar, erga ulangan va neytrallovchi ximoya tizimlarilan foydalanilgan. SHuningdek, elektr uskunalarni tanlash, o‘rnatishda mavjud bo‘lgan qonun-qoidalar normalariga amal qilingan.
    Ishchilar va xizmatchilarni shaxsiy ximoya vostalari bilan ta’minlash.
    Ta’sir etuvchi zaxarli gaz va chang bilan ishlovchi sexlarda, ishchi va xizmatchilar ob’ekt fuqaro muhofazasi bo‘limi (FM shtab) xodimlari tomonidan shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlanganlar.
    Nafas olish organlarini muxofazalash maqsadida shaxsiy ximoya vositalaridangazniqoblar nazarda tutilgan.
    Gazniqoblar ikki turga bo‘linadi:
    1. Filtirlovchi gazniqolar ( GP 5, GP 7, GP 9, PDF 2SH);
    2. Ajratuvchi gazniqoblar (IP 46 IP 48).

    Nafas olish organlarining eng oddiy himoya vositalari:
    1. Respirator;
    2. Changga qarshi matoli niqoblar;
    3. Paxta dokali bog‘gich.
    Korxonada SNiP- 2.08.12.98 ga asosan ishchi-xizmatchilar uchun dam olish, ovqatlanish, uy va ish kiyimlarini saqlash xonasi, zararsizlantirish, yuvish-yuvinish va boshqa madaniy-sanitariya xizmatlari uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha binolar qurilgan.
    Korxonada yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish SNiP-2.01.02-04 ga asosan, “Yong‘in xavfsizligi” umumiy talablariga ONTP 24/86 ga asosan “Portlash xavfi” umumiy talablariga va ushbu qoidalarga muvofiq ta’minlangan. Ishlab chiqarishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega bo‘lgan modda va materiallar qo‘llanilmaydi.
    Korxona binolarining yong‘in xavfsizligi ularning o‘tga chilamlilik darajasi bilan aniqlangan. SNiP 2.09.12-98 ga asosan qurilish materiallari bo‘yicha yonmaydigan, qiyin yonadigan xillari mavjud.
    Yong‘in yoki avariya sodir bo‘lishida odmlrni xavfsiz boshqa joyga chiqish yo‘llari binolarni loyihalash va qurish vaqtida hisobga olingan. YOng‘in havfsizligi norma qodalariga asosan evakuatsiya yo‘llari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo‘lida hech qanday to‘siqlar yo‘q. Korxona binosida 2 ta chiqish evakuatsiya yo‘llari mavjud.
    Barcha ishlab chiqarish sexlarida, xom ashyo va tayyor maxsulot omborxonalari ma’muriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan.
    Ventilyasiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan va (SNIP 2.04.02 84., GOST 12.2.2002.89, SNiP 2.04.09.07) bo‘yicha o‘rnatilgan.
    Bino va yong‘in suv ma’nbalari yo‘lkalari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘lkalar doimo bo‘sh bo‘lishi ta’minlangan, binolar oralig‘idagi yong‘inga qarshi masofa uzulmalarida materiallar, uskunalar, bo‘sh idishlar taxlashga ruxsat etilmaydi.
    Korxonada yong‘inga qarshi suv ta’minoti SNIP-2.04.02.86 ga asosan belgilangan. Katta miqdorda suv saqlaydigan suv havzasi mavjud.
    O‘tni o‘chirish birlamchi vositalaridan xarakatlanadigan, qo‘lda ishlataligan o‘t o‘chirgichlar, gilropulpalar, chelak, suvli bochka, belkurak, qumli yashik, asbest yopgich, namat va boshqa yonmaydigan buyumlari mavjud.
    Yong‘in haqida tez xabar berish uchun yuqori havfli hisoblangan texnologik uskunalarda, ishlab chiqarish binolarida, omborlarda darakchi vositalari SNIP-2.04.02-84, GOST 12.2.2002.89 ga asosan o‘rnatilgan. Bu vositalar yonayotgan manba, joyini o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi.
    Korxonada ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasi tashkil qilinadi.
    Yashinning er ustidagi inshoot, qurilmalarga to‘g‘ri urilishi buzilishga, yonuvchi modda va materiallarni alangalanishiga olib keladi. Yashinni ikkilamchi ta’siri, ximoyalanuvchi bino va inshootlarni metall konturiga yashin urilish vaqtida, zaryadlarni elektrostatik va elektromagnitli induksiyalanishi bilan boradi. Natijada, uchqunlanish bilan bog‘liq xavfli vaziyat vujudga keladi. SHu sababli yashinda ximoya choralari SNIP 2 .01.03 96, SNIP 2.01.02.85 ga asosan ko‘rilgan.

    Fuqoro muxofazasi


    O‘zbekiston Respublikasi xududida quyidagi tabiiy ofatlar sodir bo‘lishi mumkin: er va tog‘ ko‘chkilari; sellar, zilzila, bo‘ronlar va boshqalar.
    Bulardan tashqari turli texnogen tusdagi falokatlar va avariyalar sodir bo‘lishi mumkinki, bulardan ham e’tiborni qochirmaslik, ogoh bo‘lish, texnika havfsiziligi qoidalariga rioya etish zarur.
    SHGKM majmuasida quyidagi turdagi favqulotda vaziyatlar sodir bo‘lishi mumkin:
    - Tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlar;
    - Texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlar;
    - Ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlar.
    Atrofdagi tabiiy muhit va potensial xavfli ob’ektlarning, favqulodda vaziyat manbalari paydo bo‘lishini oldindan prognoz qilish va profilaktika qilishning ahvolini kuzatish va nazorat qilishni tashkil etilishiga, shuningdek favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, muxandislik-texnikaviy, ekologiya-muhofaza, sanitariya-gigiena, sanitariya-epidemiologik va maxsus tadbirlar kompleksidir.
    O‘zbekiston Respublikasida Fuqaro muhofazasiga oid quyidagi xuquqiy me’yoriy hujjatlar va Vazirlar mahkamasining qarorlari kuchga kiritilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 143-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Vazirligini” tashkil etish to‘g‘risidagi qarori 11 aprel 1996y.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Aholi va hududlarning tabiy hamda texnogen xususiyatli Favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida” 20 avgust 1999y.
    Korxona SN 245-71 ga asosan IV sinfga talluqli. SHuning uchun korxonada sanitar himoya zonasi 300 m belgilanadi va ushbu maydon ko‘kalamzorlashtiriladi.
    Korxonada fuqaro muhofazasini tashkil etish.
    Fuqoro himoyasining asosiy vazifalari:
    1.Aholini umumqirg‘in qurollardan saqlash.
    2. Xalq xo‘jaligi korxonalarining urush sharoitida ishlash turg‘unligini oshirish.
    3. Qutqaruv va tiklovchi ishlarini olib borish.
    Korxonada fuqoro muhofazasini tashkil qilish omillari yuqoridagilardan iborat.

    Korxonada fuqaro muxofazasi tashkil etish sxemasi
    
    Korxona territoriyasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xavfli xodisalarga: zilzila, yong‘in, portlash, kimyoviy zaharlanishlar kiradi.
    Ob’ektda chang va aerozollar mavjudligi, ularning miqdori, saqlanish qoidalari deganda, asosan atrof muhitga kuchli ta’sir qiluvchi va odamlar hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tushuniladi. Korxonadagi avariyalar, yong‘in va portlash kabi favqulotda vaziyatlari yuzaga kelgan vaqtida sodir bo‘lgan xavf darajasini ko‘rsatadigan ikkita bildirish rejimini belgilanadi.
    1. Yuqori tayyorgarlik rejimi;
    2. Favqulotda rejim.
    Bunday xollar yuzaga kelgan vaqtida xokimiyatlarga, tuzilmalarga, tibbiy xizmatga, yong‘in xavsizligi xizmatiga xabar berish kerak.
    Korxonada mavjud kuchli ta’sir qiluvchi modda. Uning miqdori saqlanish tartibi.
    Favqulotda Vaziyat yuz berganda “Diqqat Xammaga” ovozli signal orqali ishchi-xizmatchilarga xabar qilinadi.
    Kuchli ta’sir etuvchi zaxarli modda va chang bilan ishlovchi sexlarda ishchi va xizmatchilar ob’ekt fuqaro muhofazasi bo‘limi (FM shtab) xodimlari tomonidan shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak.
    Nafas olish organlarini muxofazalovchi shaxsiy ximoya vositalari – gazniqoblar, nafas olish organlarini turli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblardan va toksinlardan muhofaza qiladi.
    Gazniqoblar ikki turga bo‘linadi:
    1. Filtrlovchi gazniqoblar ( GP 5, GP 7, GP 9);
    2. Ajratuvchi gazniqoblar (IP 46, IP 48).
    Nafas olish organlarning eng oddiy himoya vositalari:
    1. Respirator;
    2. Changga qarshi matoli niqoblar;
    3. Paxta dokali bog‘gich.
    Avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarini rejalashtirish va amalga oshirishdan maqsad, aholini turli favqulotda vaziyatlardan himoyalash, shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish, avariya oqibatlarini qisqartirish hamda vayronalardan insonlarni olib chiqishga qaratilgandir.
    Avariya qutqaruv ishlari quydagi vazifalarni amalga oshirish orqali olib boriladi.
    1. FV ro‘y bergan xududlarida razvedka ishlarini olib borish hamda xarakatlanish yo‘nalishlarini rejalashtirish.
    2. Bino qismlari, vayrona uyumlari orasidan shuningdek yonayotgan binolar ichidan insonlarni qidirish va olib chiqish.
    3. Jabrlangan insonlarni, guruxlarga ajratgan xolda birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda yaqin ambulatoriyalarga etkazish.
    Boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga quydagilar kiradi:
    1. Insonlarni ommoviy piyoda yoki transportda xarakatlanish yo‘llarini ochish hamda xavfli jismlardan tozalash.
    2. Gaz, elektr, suv quvur tiqimlari va boshqa tizimlarda yuz bergan avariyalarni to‘xtatish, qutqaruv ishlarini o‘tkazish.
    Korxonada yong‘in sodir bo‘lganda xarakatlanish quydagi tartibda amalga oshiriladi. Sexda germetiklik buzilib yoki boshqa sabab bilan yong‘in chiqqanda OPD turidagi signalizator ishga tushadi. Bu signalizator ishga tushishi bilan sexdagi navbatchi korxonaning yong‘in xavfsizligi bo‘limiga xabar beriladi va ishchilarning tartibli evakuatsiyasini ta’minlashni nazorat qilinadi. Yong‘in ixavfsizligi bo‘limi etib kelguncha ishchilar o‘zlari OU 2, OU 9,OU 8 birlamchi o‘t o‘chirgichlar yordamida yong‘inni boshqa ob’ektga o‘tib ketmasligini nazorat qiladi.
    Yong‘in xizmat xodimlari bilan bir vaqtda tibbiy tez yordam ko‘rsatish xizmati ham etib keladi. FV oqibatlari tugatilishi bilan qutqaruv ishlari boshlanadi. Tartibni saqlashga e’tibor beriladi. Yong‘in yoki avariya sodir bo‘lishida odamlrni xavfsiz boshqa joyga chiqish yo‘llari bo‘lishi binolarni loyihalash va qurish vaqtida hisobga olingan. Yong‘in havfsizligi norma qodalariga asosan evakuatsiya yo‘llari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo‘lida hech qanday to‘siqlar yo‘q. Korxona binosida 2 ta chiqish evakuatsiya yo‘llari mavjud.
    Ishlatiladigan xom-ashyolar ma’lum talab asosida omborlarda saqlanadi. Quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaydigan, yopiq, quruq joyda, xarorat 30o S dan yuqori bo‘lmagan, namlik 80% dan ko‘p bo‘lmagan joyda saqlanadi.
    • Texnik-iqtisodiy hisoblardan kelib chiqqan xolda gazdan foydalanishning mavsumiy notekislikni qoplashda, yer osti gaz omborlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sababi yer ustida bir necha mln. m3 li gaz saqlaydigan gazgolderlarni qurish kо‘p mablag‘ talab etishi bilan birga kо‘p metall sarfini ham talab qiladi. Shu bilan birga aholi yashash punktlari yaqinida xavfli bо‘lgan yong‘in о‘choqlari hosil qilinadi.
    Gazdan foydalanishning mavsumiy notekisligini qoplashda quyidagi yer osti gaz omborlaridan foydalaniladi. Ishdan chiqqan neft va gaz konlari asosida, suv va tuz qatlamlari hamda sun’iy qazilmalar asosida hosil qilingan yer osti omborlari.
    Keltirilgan omborlar ichida ishdan chiqqan neft-gaz konlari asosida hosil qilingan gaz omborlari kо‘proq ishlatiladi. Chet ellarda umumiy saqlanadigan gazning 90 foizi ana shunday yer osti gaz omborlarida saqlanadi.
    Bu turdagi gaz omborlarida oldindan mavjud bо‘lgan yer usti va yer osti kommunikatsiya va qurilmalarining mavjudligi va ulardan tо‘liq foydalanish omborlarning yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
    Respublikamizda bunday omborlardan 3 tasi mavjud. Bular Shimoliy Sо‘x, Gazli va Xо‘jaobod yer osti gaz omborlaridir. Keyingi paytlarda, suv qatlami asosida hosil qilingan gaz omborlaridan ham foydalanilmoqda. Bunday omborlarni hosil qilishda gazni yer ostiga haydash va undan olish uchun yer usti va yer osti kommunikatsiya va qurilmalarini qurish kerak bо‘ladi. Bunday gaz omboriga «Poltoratskiy» yer osti gaz ombori misol bо‘ladi.
    Mustaqillik davrigacha «Poltoratskiy» yer osti gaz ombori respublikamiz qaramog‘ida bо‘lib, undan Toshkent va Janubiy Qozog‘iston viloyatlarini gaz bilan ta’minlashda foydalanilgan. U 1965 yili ishga tushirilgan, umumiy hajmi 1,1 mlrd. m3 ga teng. Gaz saqlaydigan xududining uzunligi 7 km, eni 2 km. 1995-96 yillarda, undan olib ishlatilgan gazning hajmi 345 mln. m3 ni tashkil qilgan.

    IQTISODIY QISM


    Texnolog bakalarlar bitiruv ishlarining iqtisodiy qismida quyidagi kо‘rsatkichlar hisoblanadi:
    ISHLAB CHIQARISH DASTURI – MAHSULOTNING YILLIK ISHLAB CHIQARISH HAJMI
    (NATURAL VA QIYMAT IFODASIDA)



    Mahsulot nomi

    О‘lcham

    Bir о‘lcham narxi sum

    Natural ifodasi

    Qiymat ifodasi m.sо‘m.

    1

    2

    3

    4

    5

    6





    Sintez-gaz




    1000 m2


    440000


    1200000


    528000000




















    Ushbu jadvalda loyixa bо‘yicha ishlab chiqarishga rejalashtirilgan mahsulot turi, uning о‘lchami, natural ifodadagi va qiymati bо‘yicha mahsulotning hajmi va 1 о‘lcham mahsulotning sotiladigan narxi qayd etiladi.

    1. Korxona i/ch sarflari va ularning guruxlanishi


    Umumiy kо‘rinishda ishlab chiqarish sarf xarajatlar (maxsulot, ishlar, xizmatlar tannarxi) ishlab chiqarish jarayonida qо‘llanilgan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, quvvat, asosiy fondlar, mexnat resurslari, xamda ishlab chiqarish va maxsulotni sotishga sarflangan boshqa qolgan xarajatlarning qiymatlarni aks ettiradi.


    Yüklə 33,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin