Texnologik o‘lchashlarda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari. O‘lchov xatoliklari. Absolyut va nisbiy xatoliklar va ularni aniqlash. O‘lchov asboblarining o‘zgartirish koeffitsientini aniqlash. O‘lchov asboblarining xatoliklari va keltirilgan xatolikni



Yüklə 37,74 Kb.
səhifə4/4
tarix05.04.2023
ölçüsü37,74 Kb.
#93448
1   2   3   4
1-amaliyot (1)

Tasodifiy xatoliklar ma’lum bo’lgan har qanday qonuniyatga bo’ysunmaydi.
Qo’pol xatoliklari bo’lgan o’lchov natijalari noto’g’ri xatoliklar deb hisoblanmaydi.
Tasodifiy xatoliklar o’zining kattaligi va tabiati bo’yicha oldindan aniqlanmagan hisoblanadi. Takroriy o’lchashlarda ular o’zgarmas bo’lib qolmaydi, chunki ular o’lchash jarayoniga o’zini har xil namoyon qiladigan va mustaqil bo’lgan ko’pgina sabablar bilan birgalikda ta’siri natijasida vujudga keladilar.
Ba’zi o’lchashlarda tasodifiy xatoliklar hisobga olinmaydi, ammo bitta doimiy kattalikning bir xil sinchiklik bilan takroriy o’tkazilgan o’lchashlarda, muntazam va qo’pol xatoliklarni mustasno qilganda, olingan natijaga ularning ta’siri bo’lgan deb baholash mumkin.
O‘lchash vositalari o‘lchashlarda ishlatiladi va ular normallashgan metrologik xossalarga, ya'ni kattaliklarning ma'lum sonli qiymatlariga hamda o‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ifodalovchi xossalariga ega bo‘ladi.
O‘lchash vositalarining asosiy turlariga o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash qurilmalari kiradi.
O‘lchov — berilgan o‘lchamdagi fizik kattalikni qayta o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. Masalan, qadoqtosh — massa o‘lchovi; o‘lchov rezistori — elektr qarshilik o‘lchovi; yoritish lampasi — yorug‘lik o‘lchovi va hokazo.
Bir xil o‘lchamli turli fizik kattalikni kayta o‘lchaydigan bir qiymatli hamda turli o‘lchamdagi qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchaydigan ko‘p qiymatli o‘lchovlar bor. Ko‘p qiymatli o‘lchovlarga bo‘linmali chizg‘ichlar, induktivlik variometri va boshqalar misol bo‘la oladi. Maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o‘lchamli qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchash maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchovlar komplekti o‘lchovlar to‘plamini tashk
Ko‘pchilik hollarda o‘lchashlar o‘lchanayotgan fizik kattalikni oldindan o‘zgartirish bilan bog‘lik..
O‘lchash o‘zgartirishi - bitta fizik kattalikning o‘lchamini boshqa fizik kattalikning o‘lchamiga o‘zgartirishdan iboratdir. Misol tariqasida P bosimni deformatsion manometr yordamida o‘lchashni qarab chiqamiz. Bosim ta’sirida naychasimon prujina buraladi (uning erkin uchi biroz siljiydi) — bu o‘zgartirishning birinchi bosqichi: ∆P→∆l. Naychasimon prujina uchining siljishi o‘qning burilish burchagiga o‘zgaradi: ∆ l →∆φ — bu o‘zgartirishning ikkinchi bosqichidir. O‘qda strelka mavjud bo‘lib, uning uchi bo‘linmali shkala bo‘yicha siljiydi — bu o‘zgartirishning uchinchi bosqichidir ∆φ→∆a, u o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini olishga imkon beradi. Umumiy holda hamma o‘zgartirishlarni bunday yozish mumkin:
O‘lchash o‘zgartkichi — o‘lchashlar vositasi sifatida o‘lchash o‘zgartirishi ∆P→∆a ni amalga oshirishga imkon berdi. Kattalikning ketma-ket o‘zgartirishlar qatoridan bittasi yuz beradigan o‘lchash vositalari elementi o‘zgartirish elementi deb ataladi. O‘zgartirish elementi har doim ham konstruktiv ajralib turmaydi, ya’ni o‘lchash vositasi tuzilishining ayni bitta elementi ikki va undan ortiq o‘zgartirish elementiga ega bo‘lishi mumkin.
O‘lchash axboroti signali hamma o‘zgarishlarining amalga oshishini ta’minlovchi o‘zgartirish elementlari to‘plami o‘lchash vositasining o‘lchash maqsadi deyiladi. O‘lchash zanjirida bevosita o‘lchanayotgan kattalikning ta’sirida bo‘lgan birinchi o‘zgartirish elementining qismi sezgir element deyiladi. Sezgir elementning o‘lchash vositasini aniqlashda e’tiborli bo‘lish va uni ximoya armaturasi bilan chalkashtirmaslik kerak, chunki bu armatura o‘lchanayotgan kattalikka bevosita tegib turadi. «O‘lchash o‘zgartirishi» tushunchasi «o‘lchov o‘zgartkichi» tushunchasiga qaraganda ancha keng ma’noga ega, chunki ayni bir o‘lchov o‘zgartirishi o‘lchov o‘zgartkichlarning ish (ta’sir) prinsipi turlicha bo‘lgan ketma ketlik bilan bajarilishi mumkin. 1.1-rasmda ayni bir xil .harorat o‘lchash o‘zgartirishini mexanik ∆l siljishga o‘zgartiradigan turli o‘zgartkichlarga misollar keltirilgan. Birinchi holda bu simob ustunining harorat ko‘tarilishi natijasida kengayishidagi siljishi bo‘lsa, ikkinchi holda — qatlamlari turlicha bo‘lgan harorat kengayish koeffitsientiga ega bo‘lgan bimetall plastinkalarning siljishi; uchinchi holda — harorat o‘lchanadigan muhit bilan bevosita aloqada bo‘lgan sezgir element bilan bog‘liq asbob ko‘rsatkichining (strelkasining) siljishi. SHunday qilib, o‘lchash o‘zgartirishining ko‘rsatmasi nimani va nimaga aylantirish kerak, degan savolgagina javob beradi, aniq o‘lchash o‘zgartkichlarining ko‘rsatishi esa buni tabiatan qanday bajarish mumkin, degan savolga javob beradi. Aslida o‘lchash o‘zgartkichi bir xususiy o‘lchash o‘zgartirishini bajaruvchi ma’lum amal prinsipida yasalgan texnik qurilmani ifodalaydi.
O‘lchash o‘zgartkichining asosiy xarakteristikalaridan biri o‘zgartirish koeffitsienti bo‘lib, u o‘lchanayotgan kattalikni akslantiruvchi o‘zgartkichning chiqishidagi signalning o‘zgartkich kirishidagi signalga nisbatini ifodalaydi.
Funksional vazifasiga ko‘ra o‘lchash o‘zgartkichlarini quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan: birlamchi, oralik, masshtabli, uzatuvchi va boshqalar.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi — o‘lchash o‘zgartkichi birinchi bosqichi bo‘lib, unda o‘lchanayotgan fizik kattalik qiymatini boshqa fizik kattalik qiymatiga o‘zgartiradi, masalan, deformatsion manometrning naysimon prujinasi. Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi yordamida o‘lchanadigan kattalik yoki o‘zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o‘lchash asbobiga uzatilishi mumkin.
Oraliq o‘lchash o‘zgartkichi — o‘lchash zanjirida birlamchi o‘zgartkichdan keyingi o‘rinni egallagan o‘lchash o‘zgartkich bo‘lib o‘lchanayotgan fizik kattalikni unifikatsiya (bir xil) signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan o‘zgartkichdir.
Uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichi — o‘lchash axboroti signallarini masofadan turib uzatish uchun mo‘ljallangan o‘zgartkichdir.
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi — kattalikni berilgan marta o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘zgartkich.
Istagan vazifani bajaruvchi o‘lchash o‘zgartkichi o‘lchash asbobi bilan konstruktiv birlashtirilgan bo‘lishi yoki o‘zi alohida qurilmani tashkil etishi mumkin. O‘lchash ob’ektiga o‘rnatilgan va o‘lchamlari, massasi hamda ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga javob beruvchi, zarur yordamchi elementlar bilan birga o‘lchov o‘zgartkichlarining bir qator konstruktiv to‘plamini datchik deb atash qabul qilingan.
CHiqish signalining turiga qarab bir xillashtirilgan, tabiiy yoki diskret (kontaktli) signallar farq qilinadi.
Chiqish signallari bir xillashtirilgan o‘lchash o‘zgartkichlari chiqishda o‘lchanayotgan fizik kattalikning turiga bog‘liq bo‘lmagan holda maxsus qurilmalar yordamida shakllanadigan signallarga ega (ular tegishli davlat andozalarida ko‘zda tutilgan).
Chiqish signallari tabiiy bo‘lgan o‘lchov o‘zgartkichlari shunday qurilmalarki, ularda chiqishdagi signallar tabiiy yo‘l bilan shakllanadi, ya’ni o‘lchanayotgan kattalikni birlamchi almashtirish uchun eng oddiy va samarali yo‘l bilan shakllanadi. O‘lchanayotgan kattaliklarning juda xilma-xilligiga qaramay tabiiy chiqish signallarining turlari, odatda, o‘nta bilan chegaraladi: siljish, burish burchagi, kuchlanishi, vaqt oralig‘i, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanish, aktiv va kompleks qarshilik, elektr sig‘im, chastota (takroriylik). Tabiiy signalli o‘lchov o‘zgartkichlarining ba’zi hollarda qo‘llanishi asosan lokal nazorat qurilmalarida va uncha murakkab bo‘lmagan ob’ektlarni avtomatlashtirishda iqtisodiy va texnik jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy signallarni bir xillashtirilgan signallarga aylantirish uchun maxsus me’yorlovchi o‘zgartkichlar ko‘zda tutilgan.
Diskret chiqish signalli o‘lchash o‘zgartkichlari (releli o‘zgartkichlar) chiqishda o‘lchanayotgan kattalik ma’lum qiymatga erishganda o‘z holatini o‘lchovchi kontaktga ega. Ular asosan texnologik signalizatsiya uchun qo‘llanadi.
O‘lchov qurilmalarida axborotni uzatish vositasi energiya yoki modda oqimlari hisoblanadi. O‘lchov o‘zgartkichining yoki asbobning kirishiga energiya kirmasa (o‘lchash ob’ektidan yoki oldingi o‘zgartkichdan), o‘lchash axborotini uzatish mumkin bo‘lmaydi. Buni xisobga olib, barcha
Birlamchi o‘zgartkichlar ikki guruhga bo‘linadi: generatorli va parametrik o‘zgartkichlar.
Generatorli o‘zgartkichlar — shunday o‘zgartkichki, ularda axborot oqimini shakllantirish uchun qo‘shimcha manbadan energiya talab qilinmaydi. Masalan, termojuft haroratni termoEYUK ga aylantirib, energiyani faqat o‘lchash ob’ektidangina oladi. SHunday qilib, generatorli o‘zgartkichlarda energiya va axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘ladi.
Parametrik o‘zgartkichlar — shunday o‘zgartkichlarki, ularda energiya va axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘lmaydi. Jumladan, agar ob’ektda qarshiligi haroratga bog‘liq bo‘lgan termorezistor o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda axborot olish uchun asbobdan yoki o‘zgartkichdan termorezistorga tok o‘tkazish zarur. Tokning o‘zgarishi o‘lchanayotgan haroratning o‘zgarishi haqidagi axborot bo‘ladi. Axborot signalining intensivligi manba signali intensivligiga bog‘lik bo‘lib, bu parametrik o‘zgartkichlarning o‘ziga xos xususiyatidir.il etadi.
Nazorat savollar:

  1. O‘lchash nima?. O‘lchashlarning asosiy usullari va ularning farqlari?

  2. Xatoliklar va ularning turlarini sanab bering?

  3. Bevosita o‘lchashlar bilvosita o‘lchashlardan nimasi bilan farq qiladi?

  4. Bevosita o‘lchash usuli bilan solishtirganda differensial va kompensatsion o‘lchash usullarining afzalliklari nimadan iborat?

Yüklə 37,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin