Texnologik o‘lchashlarda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari. O‘lchov xatoliklari. Absolyut va nisbiy xatoliklar va ularni aniqlash. O‘lchov asboblarining o‘zgartirish koeffitsientini aniqlash. O‘lchov asboblarining xatoliklari va keltirilgan xatolikni
1-Amaliyot. Texnologik o‘lchashlarda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari. O‘lchov xatoliklari. Absolyut va nisbiy xatoliklar va ularni aniqlash. O‘lchov asboblarining o‘zgartirish koeffitsientini aniqlash. O‘lchov asboblarining xatoliklari va keltirilgan xatolikni aniqlash. Haroratni o‘lchash bo‘yicha masalalar yechish.
Ish maqsadi: Asosiy o’lchash usullarini, o’lchash asboblari va o’zgartirgichlarning tuzilishini o’rganish. O’lchash va o’lchash asboblarning xatoliklari turlarini o’rganish.
Nazariy ma’lumotlar O’lchash (o’lchov) deb - berilgan kattalikni o’lchov birligi deb olingan boshqa kattalik bilan qiyoslashdan iborat bilish jarayoniga aytiladi.
Q=U*g Bunda, Q -o’lchanayotgan kattalik;
U – o’lchanayotgan kattalikda nechta birlik borligini ko’rsatuvchi son;
g – o’lchov birligi.
O’lchanayotgan kattalikni o’lchov birligi bilan qiyoslash uchun qo’llaniladigan moslama o’lchash asbobi deyiladi.
Texnologik jarayonning barcha parametrlari (ko’rsatgichlari) Xalqaro birliklar tizimi bo’yicha o’z o’lchov birligiga ega ( OK, OS, M, kg/sek, m2/sek, n/m2, kg/sm2 va h.z.).
O’lchash asbobini qiyoslash deb asbob ko’rsatishini aniqroq bo’lgan asbob bilan qiyoslashga aytiladi (qiyoslash o’lchash xatoligini aniqlash uchun o’tkaziladi).
O’lchanayotgan kattalikning son qiymatini aniqlash uchun o’lchashning bevosita va bilvosita usullari qo’llaniladi.
Bevosita o’lchashlar o’lchanayotgan kattalikni o’lchash asboblarning o’lchovlari yoki ko’rsatishlari bilan bevosita qiyoslashga asoslangan(tarozi, bo’rtma hisoblagich(schyotchik) va h.z.). Misol uchun bevosita o’lchash usuliga uzunlikni – metrlarda, bosimni- manometrlarda o’lchash va h.z. kiradi.
Bevosita o’lchashning quyidagi asosiy usullari mavjud: bevosita aniqlash, kompensatsiyalash (nol) va differentsial usullar.
Bevosita aniqlash usuli bilan o’lchanayotgan kattalik qiymati bevosita asbobning chiqish qiymatiga o’zgartiriladi va asbob bevosita o’lchanayotgan kattalik qiymatini ko’rsatadi.
Kompensatsiyalash usuli noma’lum o’lchash kattaligini ma’lumi bilan muvozanatlashtirishdan iborat. O’lchanayotgan kattalik qiymati ma’lum kattalik qiymati bo’yicha muvozanatga erishgandan so’ng topiladi. Bunday asboblar qatoriga potentsiometr, muvozanatlashgan ko’priklar, kuch bilan kompensatsiyalovchi asboblar va shayinli tarozilarni kiritish mumkin.
Differentsial usul quyidagidan iborat: asbob yordamida o’lchanayotgan va ba’zi bir ma’lum kattalik orasidagi farq(ayrilma) aniqlanadi, undan keyin ma’lum kattalikni va olingan farq(ayrilma)ni algebraik qo’shish yo’li bilan o’lchanayotgan kattalik topiladi(masalan: gastronomiya tarozisi).