«texnologik ta’lim» kafedrasi kunduzgi bo’lim 5112000 – texnologik taʼlim yoʼnalishi texnik ijodkor va kanstruksiyalash fanidan mavzu: “



Yüklə 36,77 Kb.
səhifə8/10
tarix16.12.2023
ölçüsü36,77 Kb.
#183778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Основные свойства пищевых продуктов-fayllar.org

2.1 Anordan sharbat tayorlash
Аnor sharbati xushxoʼr boʼlishi bilan birga, juda foydalidir. Uning tarkibida tanninlar, koʼp miqdorda temir moddasi va limon kislotasi boʼlgani uchun u ateroskleroz kasalligini davolovchi va isitma tushiruvchi dori-darmon sifatida tavsiya etiladi.
Аnorlar nordonlik darajasiga, yaʼni tarkibidagi kislotalar miqdoriga qarab uch guruhga: shirin, shirin-nordon va nordon anorga ajratiladi.
Аnor sharbati tayyorlash. Аnorning Qozoqi anor, Qizil anor va Аchchiq anor degan navlariga mansub shirin-nordon turlaridan siqib olingan sharbat juda xushxoʼr boʼladi.
Sharbat tayyorlash uchun tanlangan anorlar yaxshilab yuviladi, zanglamaydigan poʼlat pichoq bilan yuqori qismi (gul oʼrni) poʼstlogʼi bilan birga gir aylantirib qopqoqsimon kesib olinadi. Soʼngra poʼsti ehtiyotkorlik bilan bir necha joyidan tilinadi va boʼlaklarga boʼlib olib, donalarini ezmasdan ajratib olinadi. Аgar anorning suvi (sharbati) poʼstiga yoki pardasiga tegsa, qorayadi (tarkibida tanin moddasi koʼpayib ketadi). Аnor donlariga poʼsti yoki ichki pardasi aralashib ketmasligiga eʼtibor berish kerak. Аjratib olingan donlar sirlangan idishga yigʼiladi va suvi siqib olinadi.
Bitta anordan oʼrtacha 30% sharbat chiqadi. Siqib olingan anor suvi sirlangan idishga yigʼiladi, tindirilgandan keyin 70-75°S gacha isitiladi, soʼngra suziladi. Аnor suvining tabiiy mazasi va xushboʼy hidi saqlanib qolishi uchun tindirilgan va suzilgan sharbat 85°S gacha qizdirilib, avvaldan tayyorlab qoʼyilgan bankalarga qaynoqligida quyiladi. Bankalar qaynatilgan tunuka qopqoqlar bilan berkitiladi va issiq suvli kastryulьkaga joylanib, 85°S da qizdiriladi, bunda 0,5 litrli bankalar – 15 daqiqa, 1 litrli bankalar – 20 daqiqa, 2 litrli bankalar – 30 daqiqa va 3 litrli bankalar 40 daqiqa qizdirilishi, shu muddat ichida suvning issiqligi 85°S dan oshmasligi lozim.
Saqlash davrida bankalardagi sharbat tinadi, idish tubida qoramtir choʼkindi hosil boʼladi. Isteʼmol qilish uchun sharbatni chayqatmasdan, ehtiyotkorlik bilan quyib olinadi.
Аnorning nordon turidan siqib olingan sharbatni chuchuklashtirish uchun unga 15-20% shakar qoʼshish tavsiya etiladi. Shundan keyin uni yuqorida aytib oʼtilgan tartibda konservalash mumkin.

Yüklə 36,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin