Texnologik ta’lim yo`nalishi 202-guruh talabasi Ibodullayeva Donoxon Ixtiyor qizining


Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə12/13
tarix06.07.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#62674
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1 kurs ishi

3.2 Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari.
Bilimlarni to’g’ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo’llashlari, zarur ko'nikma va malakalami egallashlari uchun didaktik printsiplar va o’rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng samarali metodlaridan foydalanishi kerak. Ma'lumki, ta'lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalaming texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng mahquli o'zaro bog’liq ikkita jarayonpedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo’ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo’yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir.
Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari. Texnik ijodkorligidyangi yechimlami ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo'lgan davmi amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatiga bog'liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o'rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko'rsatkichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o'tish va nazariy tajriba-sinov ishlarini bajarish bilan bog'liq bo'ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko'nikmalarni reproduktiv, reproduktiv-ijodiy, ijodiyreproduktiv va ijodiy darajalarga bo’lib ko’rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g'oyalarini amalga oshirishning flkrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatiari almashinuviga bog’liq.


3.3. Oshxona fartugini konstruksiyalash va badiiy modellashtirish mavzusiga dars ishlanma
Fan: to’garak masg’uloti dars ishlanmasi.

  1. Darsning mavzusi: Oshxona fartugini konstruksiyalash, bichish va tikish.

(90 daqiqalik)
Darsning maqsadi:
1. Ta’limiy: O’quvchilarga oshxona fartugini tikishni o’rgatish. Texnikaviy ijodkorlik ishlariga qiziqtirish va modellarni loyihalashtirish hamda yasash bo’yicha bilim, malakalarni shakllantirish.
2. Tarbiyaviy: O’quvchilarda o’zaro hamkorlik, mehnatsevarlik va intizomlilik sifatlarini tarbiyalash, shuningdek darsdan vaqtlarida foydali va mazmunli ishlar bilan shug’ullanishga undash.
3. Rivojlantiruvchi: Texnikaviy ijodkrlik ishlarini bajarish orqali o’quvchilarda mustaqil fikrlash, yaratuvchilik va tikuvchilikda tafakkur qilish fazilatlarini rivojlantirish.

Darsning turi: Yangi bilim va ko’nikma hosil qiluvchi.


Darsning uslubi: Amaliy-ko’rgazmali.
Darsning usullari: Savol javob, mustaqil ish, amaliy mashq, yo’riqnoma berish.
Darsning jihozlari: oshxona fartuguni bichish uchun kerakli bo’ladi bizga tikuv aparati va tikish uchun isghlatiladigan qurollar
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash.
II. Uyga berilgan vazifani tekshirish.
III. Yangi mavzuni boahlashga hozirlik ko’rish.
Yangi mavzu bilan bog’liq o’tgan mavzularni takrorlash
Yangi dars maqsadini yoritish uchun dars rejasini e’lon qilish.

Dars rejasi:


1. Oshxona fartugini konstruksiyalash, bichish va tikish.
2. Mustaqil ish: oshxona fartugini yaqqol tasvirini xotiradan chizish.
3. fartugni modelining oldindan yasalgan namunasini namoyish qilish (yasalishini ko’zdan kechirish).
4. Modelni yasash uchun kerakli material va jihozlarning ro’xatini tuzish
5. Amaliy mashq. Modelni konstruksiyalash va yasash uchun texnik chizmalarini tayyorlash. Texnologik xarita tayyorlash.
6. Modelni yasash bo’yicha qo’shimcha tavsiyalar berish.
7. Tikuv Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo’yicha yo’riqnoma berish.
IV. Yangi mavzuning tavsiloti:
1. Fartug turlari, vazifasi va tuzulishini o’rganish.
Turlari:
a) qishki fartuglar) yozgi fartuglar
v) baxorgi fartuglar d) kuzgi fartuglar
O’quvchilarni faollashtiruvchi savollar:
a) Fartugni qanday tikilish turlarini bilasiz?
b) chiroyli oshxona fartuglari deganda nimani tushunasiz?
c) oshxona kiyimlari tuzilishidagi bir-biridan farqni ayting?
Qismlari:

Хulоsa
Xulosa o’rnida aytish kerakki hozirgi paytda Respublikamiz sanoat korxonalari oldida turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: uskunalarni zamonaviylashtirish, yuqori sifatli, chiroyli kiyimlarni ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish, tezda moslanuvchi yangi o`qim liniyalarini qurish, tikuvchilik tarmog`ini jadal rivojlantirish hisobiga ishlabchiqarish samaradorligini oshirishdir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun korxonalarni qayta qurish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologiyani takomillashtirish talab qilinadi. Yangi kam operasiyali texnologiyalar yaratish tikuvchilik buyumlariga ishlov berishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo`nalish hisoblanadi. Kiyimning (umuman tikuvchilik buyumlarining), kiyim detallariga va uzellarining konstruksiyasida choklarni iloji boricha ko`proq kamaytirish, namlab-isitib ishlov berish uskunalarining vibromaneken singari bir jarayonli turlarida materiallarga ularning termoplastik xususiyati hisobiga shakl berish, biriktirish va bezash jarayonlarini birlashtirish (masalan, mag`iz, tasma qo`yishda), yelim materiallardan keng foydalanish va h.k. ana shunday kam operasiyali texnologiyaga kiradi. Kiyim sifatini yaxshilash uchun kimyoviy materiallarning yangi turlaridan foydalanish kerak bo`ladi. To`qima va trikotaj, sun`iy mo`yna, sun`iy teri va sun`iy zamsha, sun`iy gazlama va sun`iy trikotaj, plyonka qoplangan materiallar, noto`qima materiallar, yelim qoplamali maxsus qotirmalar, xilma-xil furnituralar va h.k. ana shunday material turlaridan hisoblanadi. Hozirgi vaqtda tikuvchilik sanoatida kiyimni modellash bosqichida ham, uni tikish bosqichida ham qo`l mehnatining salmog`i katta bo`lib, bu mehnat unumdorligini o`sishini sekinlashtiradi. Shuning uchun ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish borasida ko`pgina ishlar amalga oshirilayapti. Bular tezyurar mashinalar, tikuvchilik yarim avtomatlari va namlabisitib ishlash jihozlarini yaratish, ish o`rinlarini robotlashtirishdir.
Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» tushunchalarining farqini aniq bilib olish zarur. Model haqiqiy obyektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u harakatlanadigan va o‘z namunasi (haqiqiy obyekt) ning funksiyalarini ixcham holda bajaradigan ham bo‘lishi kerak. Masalan, avtomobilning, traktorning modellari kiradi.
Maket - obyektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmli tasvirdir. Masalan, binolar, inshootlar va hokazolarning maketlari shular jumlasiga kiradi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o‘quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni ham quyidagi jihatlarini tashkil qiladi: texnik maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruksiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: texnik maqsadga, texnik talablar qo‘yish: konstruksiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo‘ljallangan buyum detallarini tayyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumlarga yig‘ish, buyumni ishlatib sinash va rostlas

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin