Texnologik xarita



Yüklə 73,69 Kb.
səhifə3/5
tarix15.11.2022
ölçüsü73,69 Kb.
#69265
1   2   3   4   5
2 5305381472192954880

Texnologik xarita

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: suhbat, tushuntirish, noan`anaviy usullardan foydalanish.
Shakl: jamoa, guruhda ishlash
Jihoz: darslik, multimedialiilovali disk, ko‘rgazma va tarqatma materiallar.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:
Ta`limiy: Tilshunoslik qoidalari bilan tanishtirish.Til birliklari haqida ma`lumot berish.O`quvchilar savodxonligini oshirish.Tinish belgilarini ishlatish ko`nikmalarini hosil qilish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarda mehnatga muhabbat tuyg’ularini uyg’otish, kasb egalariga nisbatan hurmat hissini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, imlo malakalarini takomillashtirish.
Tayanch kompetensiya elementlari: axborot bilan ishlash kompententsiyasi, o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi
Nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish,yozish):
O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiroqlarini tinglab tushuna oladi: gapda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanishi va ma’lum bir vazifani bajarishini bilib oladi.
Lingvistik kompetensiya elementlari: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

metod

Vaqt

I-bosqich
Tashkiliy qism

O‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o‘quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

kayfiyat mashqi

2 daqiqa

2-bosqich
Ehtiyoj
(refleksiyalarni aniqlash)

Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim bo‘lgan qoidalar belgilanadi.

suhbat

2 daqiqa

3-bosqich
Darsning borishi

1. O‘tgan darsni so‘rab baholash, uy vazifasini tekshirish.
2. Darslik bilan ishlash.
3. Darslikdagi qoida ustida ishlash
4. Savol-javob
5. Multimedia ilovasidagi topshiqni bajarish

suhbat

mustaqil ish


qoidalarni eslab qolish
izlanish

4 dаqiqa

7 daqiqa
3 daqiqa


5 daqiqa
6 daqiqa

4-bosqich
Mustahkamlash

1. Darslik bilan ishlash.
2. Multimedia ilovasidagi topshiqni bajarish

mustaqil ish
namoyish suhbat

5 daqiqa
7 daqiqa

5-bosqich
Dars yakuni va baholash

O‘quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytingi e`lon qilinadi. Dars yakunlanadi.

baholash


2 daqiqa


6-bosqich
Uyga vazifa berish

Uyga topshiriq qilib berilgan mashqni bajarib kelish

tushuntirish

2 daqiqa

Darsning maqsadi: o'quvchilarga ot so'z turkumi haqida tushuncha berish, shaxslami bildirgan otlarga kirn?, narsalarni bildirgan otlarga nima? so'roqlarini berishga o'rgatish, o'simlik va hayvonlarga, tabiat hodisalari, qushlar, o'quv qurollariga to’g'ri so'roq berish va ularni guruhlab yozish malakalarini rivojlantirish.


Darsning turi: yangi bilim berish
Darsning metodi: tahlil va tarkib.
Darsning jihozi: o'simliklar, o'quv qurollari, hayvonlar, qushlarning rasmlari.
Darsning borishi:
1. Darsni tashkil etish. O'quvchilarning darsga hozirliklarini kuzatish.
2. Yangi mavzuni bayon etish. Mavzu 190- mashqni bajarish orqali tushuntiriladi. Mashqda berilgan so'zlar o'qitiladi. Ularning har biriga so'roq berib, nimani anglatishi aniqlanadi.
— Birinchi so'zni o'qing. (Televizor.)
— Televizor so'ziga so'roq bering. (Nima?)
— Nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar nimani bildiradi? (Narsalarni bildiradi.)
— Televizor so'zi nimani bildiryapti? (Narsani.)
— Ikkinchi so'zni o'qing. (Bola.)
— Bola so'ziga qanday so'roq beriladi? (Kim?)
— Kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'z nimani bildiradi? (Shaxsni.)
So'zlar doskaga namunada ko'rsatilganidek, shaxs va narsalar-ga ajratib yozib boriladi. Mashqda berilgan boshqa so'zlar bilan ham shunday savol-javob o'tkaziladi. Javoblar umumlashtiriladi.
Narsa va shaxsni bildirib, Kim? yoki nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar ot deyiladi.
O'quvchilar bu qoidani darslikdan o'qiydilar, doskaga yozilganlarni ko'chiradilar.
Namuna: Shaxslar: kim? bola, ...
Narsalar: nima? kitob, ...
3. Didaktik o‘yin. O'quvchilar o'rinlaridan turadilar. Koptokcha bilan zanjirli so'z o'yini o'tkaziladi: o'quvchi kim? yoki nima? so'rog'iga javob bo'lgan biror so'zni aytib, koptokni o'rtog'iga irg'itadi, o'rtog'i koptokni ilib oladi va aytilgan so'zning oxirgi harfi bilan boshlanuvchi so'z aytib, koptokni boshqa o'rtog'iga irg'itadi. (Masalan: o'qituvchi — ilon — nok — kosib — bola — anor— ...)
O'yin shunday davom etadi.
4. Darslik bilan ishlash. 199- mashqdagi so'zlar o'qiladi. Ular qaysi so'z turkumiga kirishi aniqlanadi. Har bir guruhdagi so'zlarga o'quvchilar yana ikkitadan so'z qo'shadilar.
Mashq og'zaki bajariladi. Har bir guruhdagi so'zlar tahlil qilinadi.

3, 4, 5- qatordagi so'zlar ham xuddi shunday tahlil qilinib, uchinchi qatorda hayvonlar, to'rtinchi qatorda qushlar, beshinchi qatorda ish qurollariga tegishli so'zlar berilgani, ular ham nima? so'rog'iga javob bo'lishini o'quvchilar bilib oladilar.
O'qituvchi javoblarni umumlashtiradi.
— Shaxslarni bildirgan otlar kim?, o'simlik, hayvonlar, qushlar, ish qurollarini bildirgan otlar nima? so'rog'iga javob bo'ladi,
5. Husnixat mashqlari.
Doskaga 8 ta narsaning rasmi qo'yiladi, Rasmlar o'quvchilar bilan birgalikda kuzatib chiqiladi. O'quvehilarga ularning nomlari ayttiriladi. Bular kundalik hayotda, ro'zg'orda ishlatilishi aniqlanadi. So'ngra rasmlar doskadan olib qo'yilib, o'quvchilar navbat bilan doskaga chiqib, rasmdagi narsalarning nomini yozadilar: qalam, tulki, daftar, kosa, ayiq, piyola, chizg'ich, qoshiq. Bu so'zlar guruhlarga ajratiladi.
— Qaysi so'zlar o'quv qurollariga kiradi? (Qalam, daftar, chizg'ich.)
— Qaysi so'zlar idishlarga kiradi? (Kosa, piyola, qoshiq.)
— Qolgan so'zlarni ayting. (Tulki, ayiq.)
— Bular nimalarga kiradi? (Yovvoyi hayvonlarga kiradi.)
— Bu so'zlarga qanday so'roq beriladi? (Nima?)
O'qituvchi so'zlarni guruhlarga ajratib yozib boradi.
0‘quv qurollari: qalam, daftar, chizg'ich.
Idishlar: kosa, piyola, qoshiq.
Yovvoyi hayvonlar: tulki, ayiq.
O'quvchilar bularni husnixat qoidalariga rioya qilib, ko'chirib yozadilar.
6. 200- mashqni bajarish. Bu mashq ham 200- mashqdagidek bajariladi. Har bir so'z o'qilib, tahlil qilingach, guruhlarga ajratib yoziladi. O'qituvchi ulardan xulosa chiqaradi.
— Shaxslarni bildirgan otlar kim? so'rog'iga javob bo'ladi. Kishilardan boshqa narsalarni (narsalarni, hayvonlarni, turli hodisalarni) bildirgan otlar nima? so'rog'iga javob bo'ladi.
O'quvchilar bu qoidani darslikdan topib o'qiydilar. Doska-dagilarni ko'chirib yozadilar.
7. Lug'at so'zlar bilan ishlash.
Piyola, poyezd, javon, farzand, karam so'zlarining talaffuzi va imlosiga o'quvchilar diqqati qaratilib, piyola — pela, poyezd — poyez, javon — jovon, farzand — farzan, karam — karom tarzida talaffuz etilsa ham, asliga ko'ra yozilishi uqtiriladi. Bu so'zlarning imlosini yodda saqlash tushuntiriladi.
8. O'tilgan mavzuni mustahkamlash.
— „Ot" deb nimaga aytiladi?
— „Ot“lar qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
— Qanday otlarga kim? so'rog'i beriladi?
— Nima? so'rog'i qanday otlarga beriladi?
9. Uyga vazifa: 201- mashq.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _________________________

3-sinf Ona tili


Sinf: ______________________ Sana : ______________________

82-dars
Mavzu: Otlarning yasalishi (202-203-mashq)



Yüklə 73,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin