TEXNOLOGIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
Ro'zmetova Dildora Tangirberganovna
Xorazm viloyati, Shovot tumani, 29-maktab
Jumaniyozova Iroda Shanazarovna
Xorazm viloyati, Qo’shko’pir tumani, 21-maktab
Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologiya darslari haqida umumiy
tushunchalar haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, texnologiya darslarini hayotimiz
tutgan o'rni va texnologiya darslarida zamonaviy texnologiylardan foydalanish
maqolaning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Kalit so'zlar: texnologiya darslari, innovatsion texnologiya, pedagogik
texnologiya,dizayn
USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN TECHNOLOGY LESSONS
Ruzmetova Dildora Tangirberganovna
Khorezm region, Shovot district, School №29
Jumaniyozova Iroda Shanazarovna
Khorezm region, Koshkopir district, School №21
Abstract: This article discusses general concepts about technology lessons. In
addition, the role of technology lessons in our lives and the use of modern technology
in technology lessons are the main content of the article.
Keywords: technology lessons, innovative technology, pedagogical technology,
design.
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat
faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni
egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz
Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
“Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va
ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uy-
ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz.
Bu maqolada o’quvchilarning turli materiallarga ishlov berish usullarini
egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga doir jihatlar keltirib
o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq umummehnat ko‘nikmalari
har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
338
va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining
rivojlanib borayotganligi bu ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda.
Ijodkorlik – bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni
yaratishdir. Ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarli bo‘lib
bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar ijodkor
insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli
hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar,
katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli boshqa ne’matlar
yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib, tanlagan kasbingizni mukammal egallab,
bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz. Bu vazifalarni
uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Asosiy qism: Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va
axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy bo'limlari «Texnologiya va dizayn»,
«Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz
ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, «Texnologiya va
dizayn» yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or
buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik
asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar. Siz
mashg‘ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab sohalarga oid kasb-
hunar turlari bilan tanishasiz. Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini
egallab, o‘z sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz
ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shasiz.
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic
texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik
tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi.
Menimcha, avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq.
«Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish
maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo
va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi.
Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» - fan
deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida
e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan
Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta’limi» o’quv predmetini
«Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim» deb yuritilishi maqsadga muvofiq
hisoblayman.
Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni,
qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va
metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali
kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari,
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
339
ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish
layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning
asosiy maqsadi - o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon
davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va
umuminsoniy
qadriyatlar
asosida
ijtimoiy
munosabatlarga
kirisha
olish
kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning
asosiy vazifalari:
materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va
texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;
texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat
operatsiyalarini bilish;
texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini
amaliyotda qo‘llay olish;
texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;
texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda
mahsulot sifatini tahlil qila olish;
buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat
operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;
ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va
texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan
iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis
xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
Dostları ilə paylaş: |