Mundarija kirish I. Bob maktabgacha ta’lim tizimida pedagogic jarayonlarni loyhalashtirishning dolzarbligi



Yüklə 62,81 Kb.
səhifə1/12
tarix18.12.2023
ölçüsü62,81 Kb.
#183936
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi fotima 1112


MUNDARIJA
KIRISH
I. BOB Maktabgacha ta’lim tizimida pedagogic jarayonlarni loyhalashtirishning dolzarbligi
1.1. M.T.T. lardagi pedagogik jarayonlarni loyihalashtirishning umumiy mohiyati.
1.2 M.T.T da pedagogik jarayonlarni loyihalashtirishning maqsad va vazifalari.
2-BOB Asoyiy qisim.
2.1 M.T.T larda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirishning metod,usul va vositalari.
2.2 M.T.T larda ta’lim jarayonlarini loyhalashtirish bosqichlari, qonunyatlari va tamoyillari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar
Kirish.
Dunyo va respublikamiz miqyosida yoshlarning qobiliyatlari, iste’dodlari, ichki imkoniyatlarini, o’ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish tendentsiyalari kuzatilmoqda. Yosh avlodning shaxs va sub’ekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasini yuksaltirish maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlanadi. Ushbu jarayonning samarali tashkil etilishi va boshqarilishi ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlash sharti bo’lib xizmat qiladi, chunki yosh va murg’ak qalblar bilan olib boriladigan pedagogik jarayon ularningRespublikamizda 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish” kontseptsiyasini ishlab chiqildi. Kontseptsiya O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo’nalishlari, o’rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo’ladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodning aqliy-intellektual, estetik, jismoniy, ma’naviy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish alohida dolzarblik kasb emoqda. Bu borada pedagog rahbar–jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisiga aylanishi muqarrar. Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida maktabgacha ta’limni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, ularga zamonaviy ta’lim berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo’lgan muammo hisoblanadi. Aynan, maktabgacha ta’limni isloh qilishda bolaning maktabga tayyorgarligi bilan belgilanuvchi ta’lim sifatini oshirish muhim va zaruriy bo’lib hisoblanadi. Shu jihatdan olganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar, boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda rahbarlik layoqatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifani amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar xodimlarining har biridan yuksak kasbiy salohiyat va insoniy sifatlarga ega bo’lish talab etiladi. «Avvalambor, uning vatanparvar va yurtparvarlik fazilatlariga ega bo’lishi, ona yurtini chin qalbidan sevishi va ardoqlashi, el-yurti uchun o’zini ayamasligi, kerak bulsa, bu yo’lda jonini ham fido qilishiga tayyor bo’lishini, o’z kasbkorining ustasi, shu ishning chinakam bilimdoni, bu borada boshqalarga o’rnak bo’lishini kutadi. Jamoatchilik, halq rahbar shaxsning mustaqil dunyoqarashi, keng fikrlashi, uzoqni ko’ra bilish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turishini, iymone’tiqodi mustahkam, irodasi baquvvat, or-nomusli, harom-xarish ishlardan hazar qiladigan, izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkorlik fazilatiga ega bo’lishini, tashkilotchi, talabchan va qat’iyatli bo’lishini istaydi» O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oldiga - yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek muhim vazifani qo’ydi. Bu esa hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim tizimida davr talabiga javob beradigan mutaxassislarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda jahon andozalariga mos holatda tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. SHu bilan birga maktabgacha ta’limni isloh qilishning asosiy shartlaridan biri - buyuk ma’naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o’zida mo’jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar avlodini yetishtirishni talab etadi. Hozirgi davrning bu talabi – matabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini axloqan va ma’nan yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalash vazifalarini bajarishni talab etadi. MTT rahbarlari va pedagog kadrlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri – erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasidir. Boshqacha aytganda, o’z xaq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlarini anglagan, atrofda sodir bo’layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashgan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un xolda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash lozim. Shu jihatdan olganda, barkamol insonni tarbiyalash avvalo, pedagoglardan ulkan mahorat va mas’uliyatni talab qiladi. Ustozlik mahorati va tarbiyachilik san’atining tayyor andozasi yoki qolipi mavjud emas. Ushbu san’atni egallash uchun insondan katta kuch, ijodkorlik va ko’p yillik tajriba talab etiladi. O’zbekistonda maktabgacha ta’limni isloh qilishning asosiy omillaridan biri komil inson tarbiyasida “shaxs manfaatlari va ta’lim ustuvorligi” masalalari borasida bir qator olimlar izlanish olib bormoqdalar. Bular R.H. Djuraev, J.G’. Yo’ldoshev, S.Turg’unov, R.Safarova, M. Yuldashev, SH.A. Abdullaeva, Y. M. Asadovlardir.

Yüklə 62,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin