Mundarija kirish I. Bob maktabgacha ta’lim tizimida pedagogic jarayonlarni loyhalashtirishning dolzarbligi



Yüklə 62,81 Kb.
səhifə8/12
tarix18.12.2023
ölçüsü62,81 Kb.
#183936
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi fotima 1112

«BBB» usuli. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. «FSMU» usuli. O‘tilgan mavzuni umumlashtirish. Pedagogik texnologiyalarni mukammal bilishimiz va ulardan amaliyotda maromiga yetkazib qo‘llay olishimiz juda muhim.
Masalan, bolalar individual psixologik xususiyatlariga ko‘ra har xil bo‘ladi, lekin ta‘lim-tarbiya bitta dastur asosida olib boriladi, bitta dasturhttp://hozir.org/sharq-rivoyatlari.htmlasosida olibhttp://hozir.org/sharq-rivoyatlari.htmlborilar ekan deb, hamma boladan bir xil natijani talab qilishimiz to‘g‘ri emas, qaysidir bola ba‘zi narsalarni oldinroq o‘rgansa, ba‘zilari keyinroq o‘rganadi, kimdir amaliy bajarib tez o‘rgansa, kimdir boshqaning bajarganini ko‘rib tez o‘rganib oladi. Shu sababli bolalar bilan ishlayotganimizda ularga individual tarzda munosabatda bo‘lishimiz, har bir bolaning yutug‘ini ko‘ra olishimiz va rag‘batlantirishimiz, ularning yanada kuchli ishtiyoq bilan o‘z ustida ishlashiga turtki bo‘ladi. Pedagogik texnologiyalarda didaktik o‘yinlar texnologiyalari bolalar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular bolalar shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtiroklarida aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta‘lim-tarbiya jarayonida asosan bolalarda ta‘lim olish motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o‘yinlar alohida o‘ringa ega bo‘lib bormoqda.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o‘rgatish, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarga ajratiladi.
Didaktik o‘yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo‘lgan ta‘lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Turli o‘quv fanlariga oid didaktik o‘yinlar mavjud bo‘lib, ular shu fanlarni sifatli o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.
Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni funktsional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlarga ajratiladi. Bularning orasida didaktik o‘yinlar ta‘lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o‘ringa ega. O‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o‘yinlarning ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish va yanada oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo‘ldi. Natijada, oldingi asrning 60-yillari boshidan AQShda so‘ngra boshqa g‘arb mamlakatlarida ishchanlik o‘yinlari qo‘llanila boshlandi. Ishchanlik o‘yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta‘lim metodlaridan iborat deb ta‘kidlaganlar.
Didaktik o‘yinlarning yana bir turi-aqliy hujum usulini birinchi marta 1939- yilda A.F.Osborn qo‘llagan. Bu usulni g‘oyalar banki deb ham nomlangan. U muammolarni qo‘yidagicha yechishga asoslanadi;
-muammoli vaziyat yaratish;
-g‘oyalarni shakllantirish;
-eng yaxshi g‘oyalarni tekshirish, baholash va tanlash. Guruh ishtirokchilariga muammoni aniqlash va uni echish bo‘yicha iloji boricha ko‘p, ba‘zan, batamom kutilmagan g‘oyalarni berish uchun eng qulay sharoit yaratilishi aqliy hujum mashg‘uloti samaradorligini belgilaydi. Bunda pedagogning mahorati hamda o‘quvchilarning belgilaydi. Bunda pedagogning mahorati hamda o‘quvchilarning tayyorgarliklari qanchalik yuqori ekanligi asosiy omil hisoblanadi. Didaktik o’yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy mashg’ulot shakllari:Ishchanlik o’yini darsi-mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha masalalarni hal etish jarayonida bolalarning faol ishtirok etishini ta‘minlash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish mashqi.

Yüklə 62,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin